Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Sel. Selarabcha so‗z bo‗lib, tog‗lik hududlardagi suv toshqini ma‘nosini 
anglatadi. Suvning mexanik faoliyatidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo‗lib, 
turli: iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va boshqa omillarning o‗zaro ta‘siri 
natijasida vujudga keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o‗rin egallaydi.
Sel vujudga keladigan yoki sodir bo‗lish ehtimoli yuqori bo‗lgan joylar sel o‗chog‗i 
deb yuritiladi. Sel o‗chog‗i paydo bo‗lishining asosiy ko‗rsatkichi gidrometeorologik 
sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog‗ishi va muzliklarning qisqa muddatda 
kuchli erishi oqibatida daryo o‗zanlaridagi suv miqdori keskin ko‗payib ketadi. 
Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag‗al, dag‗al bo‗lakli jinslar) oqim paqdo 
bo‗lib, ko‗pgina qo‗poruvchilik ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababdan sellar ikki guruhga bo‗linadi: gdyastial - muzlik va qorlarning 
jadal erishi va jatt - ko‗p miqdorda yomg‗ir yog‗ishi natijasida paydo bo‗ladi. 
Ularning paydo bo‗lishida joyning geomorfologik tuzilishi va cho‗kindi jinslar 
miqdori ham alohida o‗rin egallaydi. Respublikamizning tog‗ oldi hududlari va unga 
tutash tekisliklarda ko‗p yomg‗ir yog‗ishi natijasida paydo bo‗ladigan sellar keng 
tarqalgan. Yirik qor va muzlik qatlamlari tarqalgan tog‗li zonada esa glyastial turi 
ko‗proq uchraydi. Sellarning jalali turi aholi va hududlarga katta xavf solib, ko‗p 
miqdorda iqtisodiy zarar yetkazadi.
Sel oqimlari harakat xususiyati bo‗yicha turbulent va strukturali turlarga 
bo‗linadi. Turbulent sellar o‗zan bo‗ylab, daryo va soylardagi suv miqdori ortib 
ketishi natijasida oqim harakati qonuniga muvofiq vodiy yo‗nalishi bo‗yicha bo‗ladi. 
Strukturali sellar maydon bo‗ylab, turli tosh bo‗laklarining butun yonbag‗ir bo‗yicha 
yoppasiga bostirib kelishi natijasida bo‗ladi. 
Har ikkala xususiyatga ega sellar daryo o‗zanlari va yonbag‗irlarni buzishi 
bilan birga keng ekin maydonlariga katta miqdordagi oqova oqimini olib keladi. 
Vatanimizni o‗rab turgan tog‗lar va tog‗ oldi hududlari selga xavfli hududlarga 
kiradi. Sel ayniqsa, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Farg‗ona, Surxondaryo va 
Toshkent viloyatlarida ko‗proq uchraydi. Respublikamizning sel xavfiga ega 
joylaridan aholini xavfsiz joylarga ko‗chirish bo‗yicha FVVligi, ―O‗zgidromet‖ 
hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi xodimlari joylardagi mahalliy hukumat 
organlari rahbarlari bilan maxsus dasturlar asosida harakat qilmoqdalar.
Xavfli joylarda joylashgan aholining to‗g‗ri harakat qilishi, ayniqsa ko‗chki va 
sel oqimlari bo‗ladigan hududlarda xavf yuzaga keladigan omillarni o‗z vaqtida 
aniqlash, qayd etish va bundan aholini xabardor qilish tadbirlari muhim o‗rinda ega. 
Sel hodisasini oldindan aytib berish ancha mushkul, odatda sel xavfiga ega joylardagi 
aholi o‗n daqiqa, ko‗pi bilan 1-2 soat avval ogohlantiriladi. 


52 
Sel oqimi ko„rinishlari 

Download 6,38 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish