Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

2.4. Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda
vaziyatlar 
Gidrotexnika inshootlari 
xavfsizligini 
ta‘minlash uchun O‗zbekiston 
Respublikamizda 1999-yil 20-avgustda ―Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi
to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi.
Markaziy Osiyoda gidrotexnik inshootlarning ishonchli va uzluksiz, umuman, 
xavfsiz faoliyat yuritishini ta‘minlash o‗ta muhim hisoblanadi. 
Dunyo miqyosida suv omborlarining to‗g‗onlari va boshqa gidrotexnik 
inshootlarni ishlatish tajribasiga ko‗ra, inshootlar 30-40 yildan ortiq ishlayotgan 
bo‗lsa, u inshootlar avariya (buzilish) holatiga tushib, katta maydonlarda favqulodda 
holatlarga olib kelishi mumkin va natijada insonlar hayotiga, mamlakat iqtisodiyatiga 
og‗ir musibat keltirishi mumkin. 
Gidrotexnika inshootlari avariyalarining oldini olish bo‗yicha o‗z vaqtida
ko‗rilgan choralar, ular sodir bo‗lgandan keyin ko‗rilgan choralarga nisbatan ham 
samarali ham kam chiqimdir. 
Gidrotexnik inshootlar: to‗g‗onlar, suv tashlash, suv bo‗shatish, suv o‗tkazish, 
nasos stansiyalari, suv chiqarish inshootlari, tonnellar, gidroelektr stansiya binolari
kanallar, suv omborlari qirg‗oqlari, daryo va kanallar o‗zanlari va tubini toshqin 
hamda yemirishlardan muhofaza qilish uchun mo‗ljallangan inshootlarga aytiladi.
Gidrotexnika inshootlari turlari: suv – energetika inshootlari; suv ta‘minoti 
inshootlari; sug‗orish inshootlari; suv oqava chiqarish inshootlari; suv – transport
inshootlari; baliq xo‗jaligi inshootlari; sport inshootlari; bezak inshootlari va hokazo.
O‗zbekiston Respublikasida 53 ta suv ombori, daryo suvlarini viloyat va 
tumanlarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv to‗g‗onlari, magistral kanallar va 
boshqa suv inshootlari mavjud.
100 m dan baland to‗g‗onlar jumladan , Chorvoq-168m, Andijon-121m, 
Xisorak-139m, To‗palong-180m, Oxangaron-100 m ni tashkil etadi,
50 m dan -100m gacha - 6 ta to‗g‗on 
25 m dan -50 m gacha – 26 ta to‗g‗on 
15 m dan -25 m gacha - 8 ta to‗g‗on 
15 m dan kichik – 8 ta to‗g‗on mavjud. 
O‗zbekiston Respublikasida quyidagi suv omborlari bor: 
Andijon viloyatida; Andijon, Asaka – adir, Otchopar.
Buxoro viloyatida; Quyimozor, To‗dako‗l, Sho‗rko‗l.
 Jizzax 
viloyatida; 
Arnasoy, 
Jizzax, 
Zomin, 
Qorovultepa, 
Novka, 
Xo‗jamushkent, Sarmishsoy. 
 Namangan viloyatida; Varzik, Rezaksoy, Jiydalisoy, Zarkent, Qorasuv, 
Qoramurod, Kosonsoy, Kuksereksoy, Chortoq, Eskiyer. 
 Samarqand viloyatida; Oqdaryo, Qorasuv, Qoratepa, Kattaqo‗rg‗on, 


55 
To‗sinsoy.
 Surxondaryo viloyatida; Oqtepa, Degrez, To‗polong, Uchqizil, Janubiy surxon. 
Toshkent viloyatida; Oxangaron, Toshkent, Chorvoq.
 Farg„ona viloyatida; Karkidon, Qo‗rg‗ontepa, Sho‗rsuv, Oqbilol, Qizilbel.
 Qashqadaryo viloyatida; Xisorak, Dehqonobod, Qalqama, Qamashi, Qarabog‗, 
Qizilsuv, Langar, Pachkamar, Talimarjon, Chimqo‗rg‗on, Shurobsoy, Toshloqsoy, 
Yangiqo‗rg‗on, Nug‗ayli.
 Transchegara suv omborlari; Chordara, Nurek, To‗xtagul, Qayroqqum. 
Gidrotexnika avariyalari - gidrotexnik ishootlar yoki ularning bir qismi izdan 
chiqishi va katta hududlarning boshqarib bo‗lmaydigan suv massasi ostida qolishi va 
insonlarning nobud bo‗lishi bilan bog‗liq favqulodda hodisadir. 
 
Sayana Shushenskiy GESi 
Bunday holatni 2009-yil 17-avgust kuni Rossiyaning jahonda qiyosi
topilmaydigan arkasimon, mahobatli to‗g‗on Sayana Shushenskiy GES yuz bergan
fojia misolida ko‗rish mumkin.
Uzunligi 1 km dan ko‗proq, balandligi 244 metr, 
maydoni 621 kv.km, kengligi 110 m, to‗g‗onning eng yuqori qismining uzunligi 1066 
m tashkil etadi, suv omborining hajmi 31, 34 kub .km. U yerda turbinalar haddan 
tashqari katta og‗irlikka dosh berolmadi; elektr quvvatini kunlik ishlab chiqarish
iyul- avgust oylarida oxirgi o‗ttiz yillik foydalanish davrida maksimal darajaga
ko‗tarilib, 105 foizga etdi.
Ishlash tartibidagi har qanday o‗zgarish konstruksiya, asbob-uskunalar va
avtomatikaga ta‘sir etadi. 2700 tonnali agregatning o‗qi mikronlar darajasida
markazlashuvi talab etiladi. Siljishlar oqibatida esa unda urilish va tebranishlar 
boshlangan, buni avariya boshlanishidan faqat bir kecha kunduz oldin payqashgan 
xolos. Ammo shunda ham avariya holatidagi agregatni to‗xtatishmagan. Agregat 
sochilib ketgan, bu esa muvozanat buzilishiga va o‗qning og‗ishiga olib kelgan va 
halokat ro‗y bergan. Natijada 74 kishi halok bo‗lgan. 
Gidrotexnik inshootlarning buzilishi tabiat kuchlarining harakati: zilzila, dovul, 
to‗g‗onlarning yuvilib ketishi yoki inson ta‘siri, terrorizm, shuningdek, loyhalashdagi 
xatolar yoki qurilishdagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.  


56 
Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan FVlar katta talafotlar keltiradigan
aholini og‗ir tahlikaga soladigan va qisqa vaqt ichida shiddatli bo‗ladigani suv 
toshqinlaridir. Suv toshqin - gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan FVlar bilan 
birga, daryolar, soylar, dengizlar, ko‗llarda suv sathining keskin ko‗tarilishi oqibatida 
yuzaga kelib, yer yuzasining katta maydonlarini vaqtincha suv toshqiniga aytiladi. 
Toshqinlar ko‗p holatlarda kuchli jala, harorat ko‗tarilishi bilan qor va muzliklarning 
keskin erishi natijasida havzalardagi suv miqdorining ko‗payishidan ham paydo 
bo‗ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag‗irlarda ko‗chki sodir 
bo‗lishi qoyalardan tog‗ jinslari o‗pirilishi bilan havzadagi suv toshib chiqishi va 
to‗g‗onlarning bexosdan buzilib ketishi oqibatida ham sodir bo‗lishi mumkin. Odatda 
bunday toshqinlar juda xavfli bo‗ladi.
Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bog‗liq bo‗lib, 
dengiz suvining qirg‗oqlarga ma‘lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo‗ladi. 
Lekin toshqinning bu turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi. 
Vatanimizning tabiiy tuzilishi, gidrometeorologik sharoiti, muhandis-
gidrogeologik inshootlari boshqa tabiiy ofatlar kabi toshqin bo‗lib turishi va uning 
xavfi yuqoriligidan dalolat beradi. Ayniqsa bu hodisa suv tarmoqlari atroflarida juda 
ko‗p tarqalgan. Toshqinlarning hosil bo‗lishi, garchi bir xil sababdan bo‗lsa-da, ya‘ni 
ob-havo sharoitining keskin o‗zgarishi natijasida me‘yoridan ko‗p yog‗ingarchilik 
bo‗lishi, aholi yashash joylari va hududlarga turli ta‘sir ko‗rsatadi. Bular ichida eng 
kuchlisi halokatli toshqinlar hisoblanib, ular uzoq muddat yoqqan yomg‗ir natijasida 
yuzaga keladi. 
Mamlakatimiz sharoitida toshqinlar bilan birga sellar doimiy kuzatiladi. Selli 
toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo‗lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan 
suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofi, qirg‗oqlar, ba‘zan to‗g‗on va ko‗priklarni 
yuvib ketadi. Natijada suv sathining ko‗tarilishidan katta-katta maydonlarga suv 
bostirib yuborishi oqibatida shu joydagi ekinlar, muhandislik inshootlari katta zarar 
ko‗radi. Bunday noxush holatlarning oldini olish bo‗yicha ilmiy muassasalar 
muammoning yechimiga katta e‘tibor berib, keng miqyosdagi izlanishlar olib 
borayotgan bo‗lsa, hukumat, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari esa joylarda 
mavsum sharoitida tayyorgarlik ko‗rish va tadbirlarni uyushqoqlik bilan qisqa 
muddatda o‗tkazish yo‗llarini ishlab chiqmoqdalar. 
Ayniqsa daryolar, soylar va turli gidroinshootlar atroflarida sohillarni 
mustahkamlash, obod maskanlarga aylantirish vazifalari hukumat qarorlarida o‗z 
aksini topgan. Shu bois, turli suv inshootlari atrofidagi maydonlarni go‗zal go‗shaga 
aylantirib odamlar hordiq chiqaradigan kichik-kichik dam olish shoxobchalari tashkil 
etish mahalla qo‗mitasi faollarining diqqat-e‘tiborida bo‗lishi kerak. Lekin yuqorida 
ta‘kidlaganimizdek, tabiiy ofatlar to‗satdan paydo bo‗lib, hayotimizga katta xavf 
solishi bilan birga chegara tanlamaydi. Yerning zaif va pastqam joylarini butkul 
buzib yuboradi.
Respublikamizda ro‗y beradigan toshqinlarning yana bir xususiyati, ular 
qo‗shni davlatlar hududlarida paydo bo‗lib, butun talafotni aholi va hududlarga 
yetkazadi. Chunki, Vatanimizning sharqiy, janubi-sharqiy hududlari baland tog‗liklar 
bilan o‗ralgani uchun suv tarmoqlarining boshlanish qismi qo‗shni davlatlarda 
bo‗lgan, shu tog‗lardagi buloqlardan to‗planadi. Shu bilan birga ko‗pgina 


57 
daryolarning boshlanish joyida muzliklar, ko‗llar bo‗lgani uchun ob-havo harorati 
ko‗tarilib ketishi oqibatida ulardagi suv miqdorining oshishi ham ma‘lum xavf 
tug‗diradi. Mazkur muammoning oldini olish va doimiy kuzatish bo‗yicha 
―O‗zgidromet‖ tasarrufidagi tarmoq kuzatish xizmati xodimlari mavsumiy vaqtlarda 
tunukun ish olib boradilar. Shu kabi tashkilotlar qo‗shni davlat hududlarida ham 
mavjud. Hozirgi davrning talabi bo‗yicha olib borilayotgan tadbirlar amaliy jihatdan 
samarali bo‗lishi uchun Markaziy Osiyo davlatlarining kuzatish xizmatlari orasida 
ma‘lumot ayirboshlash ishlarini yo‗lga qo‗yish, doimo ishonchli ma‘lumot bilan 
hamkorlikda ish olib borishni taqozo etmoqda.
XX asrning oxirida ―Shohimardon fojiasi‖ nomi bilan tarixga muhrlangan 
Farg‗ona vodiysidagi fojiani bunga yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, mazkur fojia qo‗shni Qirg‗iziston mamlakati hududida 
boshlanib, Shohimardonsoy bo‗yiga juda katta talafotlar keltirdi. Fojianing asosiy 
sababi yoz oylarida harorat keskin ko‗tarilishi bilan Qirg‗izistonning O‗sh viloyati 
tog‗liklaridagi Oqsuv Daryosining yuqori qismida joylashgan qor va muzlar erishi 
oqibatida suv miqdori birdaniga oshib ketib, soatiga 200 m/soniya tezlikda harakat 
qilishi natijasida Shohimardonsoy va uning quyi oqimlarida sel oqovalariga aylandi.
Natijada ko‗pgina insonlar nobudgarchiligi bilan (100 dan ortiq), shu joydagi 
kommunikatisya inshootlari, yo‗llar, maishiy xizmat maskanlariga katta talafot 
yetkazdi. Jumladan, 52 ta xo‗jalik, 36 ta dam olish maskani, 4 ta bolalar oromgohi va 
boshqa yirik miqyosda olib borilgan tadbirlar natijasida aholi xavfsiz joylarga 
ko‗chirildi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf egashda respublikadagi barcha 
tashkilotlar o‗z hissasini qo‗shdi. 
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi 
daryo, soy o‗zanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. Shunday tadbirlar Oqsuv va 
Shohimardonsoy atroflarida olib borilib, qirg‗oqlar qum-shag‗al, temir-beton 
mahsulotlari bilan mustahkamlandi. 
Albatta, respublikamizda bunday joylar ko‗plab uchrab turadi va hayotimiz 
xavfli jarayonlardan kafolatlanmagan. Shuning uchun aholi yashaydigan hududlarda 
ma‘lum xavfsizlik choralarini oldindan ko‗rib qo‗yish, hushyorlikni oshirishi zamon 
talabidir. Bunday holatlarda birinchi galda amalga oshiriladigan ishlardan yana biri 
aholini o‗z vaqtida ogohlantirishdir. Lekin ogohlantirishdan avval aholini tabiiy 
ofatga tayyorlash zarur. Buning uchun tushuntirish ishlari bilan bir qatorda tabiiy 
ofatlarning sababi, tarqalishi to‗g‗risida ma‘lumot berib, ro‗y bergan taqdirda avvalo 
xotirjamlikni saqlash, ortiqcha vahimaga berilmaslik alomatlarini har birimizning 
qalbimizga singdirishimiz kerak. Shundagina holatni tez baholay olish va harakatni 
to‗g‗ri olib boorish mumkin. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish