|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasiBog'liq Fuqaro muhofazasi1-guruhga taalluqli chora-tadbirlarga dengiz va daryo qirg‗oqlarining
namlanishi va yuvilishining olidini olish kiradi. Buning uchun ko‗chish ehtimoli
mavjud qirg‗oqlarga beton plitalar yotqiziladi, to‗lqinlarni qaytaradigan va
so‗ndiradigan qurilmalar o‗rnatiladi. Yer usti suvlarining ko‗chuvchan jinslarga
singishining oldini olish uchun har xil qurilmalar yasab, ularni boshqa yo‗nalishda
oqizish, yer yuzasidan filtrastiyani kamaytirish uchun uni nishiablash, gel-beton,
shlak, asfalt yotqazish lozim.
2-guruhga kiradigan chora-tadbirlarga tirgovich devorlar, ustun qoziqlar
qurish kiradi. Ko‗chadigan massani tutib turish uchun ko‗chish tekisligiga nisbatan
chuqurroq qilib tirgovich devorlar o‗rnatiladi. Yer osti suvlari chiqib ketishi uchun
devorlar tagidan zovur qaziladi. Ustun qoziqlar temir-beton, temir va yog‗ochlardan
tayyorlangan bo‗lib, oldindan qazilgan burg‗u quduqlariga tushiriladi, qoziqlarning
pastki uchi yonbag‗irning turg‗un qismigacha tushiriladi va u ko‗chadigan massani
ushlab turadi.
3-guruhga kiradiga chora-tadbirlar ko‗chadigan jinslarning mustahkamligi va
yopishqoqligini sun‘iy yo‗l bilan oshirish kiradi. Buning uchun tog‗ jinslariga
silikatlanadi, sementlanadi va kimiyoviy ishlov beriladi.
4-guruhga kiruvchi tadbirlar ko‗chadigan massani yonbag‗irdan butunlay olib
tashlashdan iborat. Bunday tadbirlar katta kuch va mablag‗ talab etishiga qaramay,
GES qurilishida keng qo‗llaniladi.
O‗zbekiston hududlarida tarqalgan yer ko‗chki jarayonlarini ilmiy o‗rganish,
baholash, doimiy kuzatish qanchalik ahamiyatga ega bo‗lsa, bunday jarayonlar sodir
bo‗lish ehtimoliga ega joylarda istiqomat qiladigan aholi o‗rtasida ma‘lum
tushuntirish ishlarini olib borish, ayniqsa qishloq xo‗jaligi siyosatini yuritish mutlaqo
yangi g‗oya asosida bo‗lishi shart. Bu g‗oyaning asosini har bir qarich yerni
51
e‘zozlash, tabiiy fizik-mexanik xususiyatini o‗rganish va qanday ekin turini ekishni
bilish tashkil etadi.
|
| |