44
yuritishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Ko‗p qavatli binolarning o‗ziga yarasha xususiyati,
seysmik belbog‗lari, xavfsiz burchaklari qayerda joylashganligi to‗g‗risidagi
eslatmalarni har bir xonadon sohibiga yetkazish zarur.
2. Tabiiy ofatlar, xususan, zilzila haqidagi tasavvurga maktab o‗quvchisidan
tortib rahbar xodimgacha ega bo‗lishi
kerak.
Buning uchun, birinchidan, tabiiy
fanlar
bo‗yicha
maktab
darsliklarida
Vatanimizning geografik joylashuvi xaritasi
bilan bir qatorda seysmik holatini namoyon
etuvchi chizmalar ilova qilinishiga erishish
lozim. O‗quvchi shu chizmalar asosida
qayerda
necha
balli
zilzila
bo‗lishi
mumkinligini anglab oladi.
Ikkinchidan,
zilzila bo‗lgan taqdirda aholi qanday
tartibda harakat qilishi kerakligi to‗g‗risida,
uyning qaysi joylari xavfsiz bo‗lishini
yoshligidanoq anglab yetsa, FVlarning
birinchi talabi - sarosimaga tushmaslik, vahimaga berilmaslik to‗siqlarini
yengib
o‗tadi.
3. ―Zilzila emas, bino va uning predmetlari kishilar o‗limiga sababchi bo‗ladi‖,
- deydilar muhandis-seysmologlar. Haqiqatda ham sarosima va vahimaga berilgan
kishilar, qaltis harakat qilishi oqibatida qo‗shimcha noxushliklarni yuzaga keltiradi.
4. Uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiruvchi joylarni bilishlari, uy
tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo‗lgan dori-darmonlar,
noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko‗rsatish tashkilotlarining telefon
raqamlari, uy jihozlaridan kitob javonlari, osma asboblarning mahkamligini nazorat
qilish, maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida harakat
qilish tartiblarini uqtirish,
ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va boshqa ko‗rsatmalardan har bir
kishi boxabar bo‗lishi shart. Buning uchun imkoniyatlardan to‗liq foydalanish zarur.
Ayniqsa, mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televidenieda ommabop
shaklda
suhbatlar tashkillashtirilsa, qisqa metrajli filmlar, fojialar aks ettirilgan
lavhalar berib borilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Umuman turli xavfga tayyorgarlik
choralarini ko‗rish, uning oldini olish yoki keltiradigan zararni bir necha bor
kamaytirishga olib keladi.