- Zilzila episetri
1900
1900
-
-
200
200
9
9
YILLDA
YILLDA
O
O
’
’
ZBEKISTON XUDUDDA SODIR BO
ZBEKISTON XUDUDDA SODIR BO
’
’
LGAN KUCHLI ZILZILALARNING QIYASIY
LGAN KUCHLI ZILZILALARNING QIYASIY
MONITORINGI
MONITORINGI
(
(
seysmologiya
seysmologiya
instituti
instituti
Ma
Ma
’
’
lumotiga
lumotiga
ko
ko
’
’
ra
ra
)
)
1900
1900
-
-
200
200
9
9
yillda
yillda
sodir
sodir
bo
bo
’
’
lgan
lgan
kuchli
kuchli
zilzilalarning
zilzilalarning
Ro
Ro
’
’
xati
xati
O‗zbekiston hududlarida esa nisbatan harakatchan tog‗lar joylashgani uchun
seysmik holat faol hisoblanadi. Hindi-Xitoy plitasi Yevrosiyo plitasi bilan
to‗qnashgan joyda Tyan-Shan va Pomir tog‗lari vujudga kelgan. Hozirgi zamon yer
harakatlari bu joylarda keskin va faol bo‗lgani uchun shu maydonlarda yer
qimirlashlari nisbatan ko‗proq uchraydi.
Seysmik faollik kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma‘lum qonuniyat asosida
bo‗lib, o‗z davriyligiga ega bo‗ladi. Halokatli zilzilalar vohada har 100 yilda bir
marta bo‗lishi olimlar tomonidan aniqlangan. Toshkent zilzilasining dahshati hali
ko‗pchilik aholining yodidan ko‗tarilganicha yo‗q.
38
Zilzilalarning davriyligiga e‘tibor
beradigan bo‗lsak, bir yilda 9-8 balli
(Rixter shkalasi bo‗yicha) zilzila ikkita; 7-
7,9 balli - 18 ta; 6-6,9 balli - 120 ta bo‗lishi
kuzatilgan.
Nisbatan
kuchsiz
bo‗lgan
zilzilalar ko‗proq uchraydi, ya‘ni 3-4 balli
zilzila bir yilda 50 mingtagacha bo‗lishi
aniqlangan. Avvalo, zilzila to‗g‗risida
atroflicha ma‘lumotga ega bo‗lish uchun
o‗tmishdagi va hozirda bo‗layotgan zilzilalarning statistik ko‗rsatkichlariga e‘tiborni
qaratsak.
Zilzilani qayd qilish bundan to‗rt ming yil avval boshlangan bo‗lib, XXI asrga
qadar 700 ta halokatli zilzilalar qayd etilgan. Shulardan 90 tasi XX asrga to‗g‗ri
keladi. Birgina XX asr yakunida yuz bergan Yeron 1990-yil zilzilasida 50 ming,
Turkiyadagi 1999-yil zilzila chog‗ida 45 mingdan ortiq odamning jabrlanishi tabiiy
ofatlar orasida zilzila nechog‗li katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.
XX asrda bo‗lib o‗tgan kuchli zilzilalar orasida vayronagarchilik va qurbonlar
miqyosiga ko‗ra Chili, San-Fransisko, Yaponiya, Turkiya, Ashgabot va Armaniston,
Toshkentdagi, Gaiti, Yeron va boshqalar ajralib turadi.
San-francisko 1906 yildagi zilzila
XX asr boshida tarixga ―Andijon fojiasi‖ deb muhrlangan 1902-yil 3-dekabrda
ro‗y bergan Andijon zilzilasi 50 ming aholi yashaydigan shaharni bir necha soniyada
vayronaga aylantirgan. Toshkent zilzilasigacha va undan so‗ng respublikamizning
turli burchaklarida har xil kuchga ega zilzilalar bo‗lgan va sodir bo‗lmoqda.
1948-yilgi Ashgabot zilzilasida 100 ming odam halok bo‗lgan, uning kuchi 8-9
balni tashkil etgan keyingi eng dahshatli fojia Spitak zilzilasi bo‗lib, unda 30 ming
odam halok bo‗lgan.
Spitak zilzilasi 1988-yilning 7-dekabr kuni sodir bo‗ldi. Dastlabki kuchli
silkinishning o‗zida 20 ming Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar
butunlay yakson bo‗ldi. 200 ming aholiga ega Leninakan shahri zamonaviy
binolarining yarmidan ko‗pi qoladi yoki tiklab bo‗lmaydigan ahvolga keldi. 120
mingli aholisi bo‗lgan sanoat markazi bo‗lmish Kirovakan shahri va shahar atrofida
joylashgan katta qishloqlari kuchli talafot topdi.
39
Тoshkenт 1966 yil zilzilasi
Toshkent zilzilasi: xuddi shunga o‗xshash holat 1966-yil 26-apreldagi
Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bo‗lib, shahar
vayronaga aylangan, juda katta ziyon etgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-
vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2
mln. m
2
metr yerdagi turar joylar, 7600 o‗rinli maktablar, 2400 o‗rinli maktabgacha
tarbiya muassasalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon
ko‗rgan. O‗sha vaqtda moddiy zarar miqdori hech qayerda yozilmagan edi.
1995-yil 27-mayda Rossiyaning Neftegorsk shahrida 8 ball kuchlanishga ega
o‗ta kuchli yer silkinishi sodir bo‗ldi. Ma‘lumotlarga ko‗ra uning oqibatida
shahardagi 95 foizdan oshiq inshootlar vayron bo‗lgan va 1841 nafar fuqaro nobud
bo‗lgan.
12 may 2008 yilda Xitoyning Sichuan
12 may 2008 yilda Xitoyning Sichuan
2008-yil 12-mayda Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan zilzila 7,8 ballni
tashkil etdi. Qurbonlar soni turli manbalarda har xil uchraydi, lekin ro‗yxatga olingan
qurbonlar soni 55,239 kishi, achinarlisi ulardan 40 % bolalarni tashkil etgan. Bundan
tashqari, 288,431 kishi turli darajada jarohatlandi. Uning epitsentri provinstiyasining
2008-yil 12-mayda Xitoyning Sichuan viloyati
40
Venchyan uezdida aniqlandi. Tabiiy ofatdan nafaqat Sichuan, balki Ganshi, Shensi,
Xenan, Yunnan va Xubey provinsiyalari ham qattiq talafot ko‗rgan. Tabiiy ofat
mingga yaqin maktab, turar joylar vayron bo‗lgan. Mamlakat hukumati ta‘mirlash
ishlariga 13 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‗ ajratdi.
2010-yil 12-yanvarda Gaiti davlatida 7 magnituda Rixter shkalasi bo‗yicha yuz
berdi. Gaiti rahbariyati joylashgan qarorgoh va turarjoy binolari vayronaga aylandi.
Birinchi shkalasidan so‗ng, keyingi kunlarda 15 martadan ortiq 5 magnituda
atrofida yer silkinishlari kuzatib borildi. Gaiti davlatining bergan ma‘lumotlariga
ko‗ra bu ofatdan 223 mingdan ortiq odamlar o‗lgan, 311 mingdan ortiq insonlar
jarohatlangan, 3 mln.ga yaqin insonlar och qolganlar. Minglab turarjoy binolari
vayronaga aylangan. Ofatdan ko‗rilgan moddiy zarar 5,6 mlrd. Ofatdan jabrlanganlar,
o‗lganlari vayronalar ostidan qutqarish juda ayanchli ahvolda amalga oshirilgan.
Sababi, oziq-ovqat, ichimlik suvi tanqisligidan o‗lim soni ortib borgan va kun
issiqligidan o‗liklar sasiy boshlangan, ularni ko‗mishga kuch va vositalar
yetishmaganligidadir. Bunday ayanchli holatlarda o‗g‗rilik, talonchilik kun sayin
ortib, moddiy va tibbiy yordamga muhtojlar ko‗payib bordi.
Asrimizning hozirgi kungacha eng halokatli yer silkinishi Yaponiyada 2011-
yil 11-martda 9 balli kuchli yer qimirlashi va sunami ro‗y berdi.
41
Uning epitsentri yirik Senday shahrining markazida joylashgan bo‗lib, juda
katta ko‗lamdagi muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo‗lishiga, uy-
joylarni buzilishiga olib keldi. Bu ofat natijasida uylarning buzilgan bo‗laklari ostida
30 ming odam nobud bo‗lgan va bedarak yo‗qolgan, ming-minglab oilalar uy-joysiz
qolgan. 2011-yil 23-oktabrda Turkiyaning Van shahrida 8 balli zilzila ro‗y berdi,
natija shahar butunlay vayrona bo‗lib, 600 kishi halok bo‗ldi va minglab aholi
boshpanasiz qoldi, katta iqtisodiy zarar ko‗rildi.
Alohida ta‘kidlash lozimki, mustaqillikka erishganimizdan so‗ng O‗zbekiston
qutqaruvchilari birinchi marta xalqaro miqyosda Turkiyadagi zilzila oqibatlarini
bartaraf etishda qatnashib keldi. Ko‗pgina davlatlar qatori yurtimiz qutqaruvchilari
ham bu insonparvarlik tadbirida uyushqoqlik, yuqori malaka va tezkor harakat
qilishda dunyoning yetakchi davlatlari qutqaruvchilari bilan birga jonbozlik
ko‗rsatdilar. FVVgiga qarashli tez harakat qiliuvchi respublika ko‗p tarmoqli markazi
qutqaruvchilari ilk bor Vatanimiz bayrog‗i ostida eng kuchli va halokatli tabiiy ofat
oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarida mardonavor turib, xalqaro miqyosda
O‗zbekiston Respublikasining obro‗siga munosib hissa qo‗shdilar. O‗zbekistonlik
qutqaruvchilar Turkiyada sodir bo‗lgan zilzila oqibatida jabrlanganlarni qidirib
topish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqib to‗plash ishlarida ko‗pgina mamlakatlar
qutqaruvchilari tajribasidan qolishmasligini amalda isbotlab berdilar.
Haqiqatda zilzila davriyligi bir necha o‗n yillarni qamrab olsa-da, ayrim
vaqtlarda 100 yillarni, u ro‗y berganda qisqa 10-15 soniya muddat ichida bir necha
minglab aholiga ega shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. Bunday vaziyatlarda
fuqarolar tabiiy ofat oqibatlaridan esankirab qolmay, uning oqibatlarini bartaraf etish,
shikastlanganlarga yordam berish, ularga malakali shoshilinch birinchi tibbiy xizmat
ko‗rsatish usullarini mukammal egallab olishlari maqsadga muvofiq.
Prezidentimiz Islom Karimov ham e‘tibor berib, ―O‗zbekiston XXI asr
bo‗sag‗asida: ―Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖
kitobida shunday yozadi: ―O‗zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan
bo‗lib, tabiiy falokatlarning achchiq oqibatlarini bir necha bor boshdan kechirgan.
Shu sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning yetakchi yo‗nalishlaridan biri
seysmologiya va inshootlarning zilzilaga bardoshligi bo‗yicha nazariy va amaliy
ishlar hisoblanadi‖.
XVII asrlardan boshlab, zilzila kuchini o‗lchash uchun turli usullardan
foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtgacha ko‗pgina mamlakatlarda olimlar tomonidan
42
ellikdan ortiq seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan eng ko‗p tarqalganlari va
ko‗pchilik mutaxassislarga ma‘qul bo‗lgani uchta bo‗lib, birinchisi 1917-yilda
Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli-Kankani-
Ziberg shkalasi hisoblanadi va undan hozirgacha bir qancha Yevropa davlatlarida
foydalanib kelinmoqda. Ikkinchisi, 1931-yilda AQSh tadqiqotchilaridan Vud va
Nyumanlar Merkalli shkalasiga bir oz o‗gartirishlar kiritib, mukammallashtirgan 12
balli MM shkalasi hisoblanadi. Uchinchisi Rossiyadagi (Sobiq Ittifoq davrida) Yer
fizikasi institutida proffessor S.V.Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 10 balli
GOST-6249-52 shkaladir.
1964-yili mavjud seysmik shkalalar boshqa mamlakatlarning olimlari bilan
birga qayta ko‗rib chiqilishi natijasida Xalqaro seysmik shkala ishlab chiqilgan.
Xususan, bu ishda S.V. Medvedev (Rossiya), V. Shponxoyyer (Yena, Germaniya) va
V. Karnik (Praga, Chexiya)larning xizmatlari katta. YuNESKOning 1964-yili Parijda
o‗tkazilgan Xalqaro yig‗ilishida seysmologiya va seysmik bardoshli qurilish
bo‗limida mazkur shkala foydalanishga tavsiya etilgan.
|