• Zilzila kuchining ballardagi ta’siri 1-ball.
  • 3-ball
  • Zilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda)




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi

     
    Zilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda) 
    Yer silkinishining asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
    Yer silkinish kuchi 2 xil o‗lchovda o‗lchanadi: 
     ballarda; 
     magnitudada(M). 
    Ball – yer silkinishida yer yuzasining tebranma harakat darajasini ifodalaydi va 
    12 balli (MSK-64) shkala bilan o‗lchanadi. 
    Magnituda – yer silkinishining umumiy energiyasini ifodalaydi va u Rixter 
    tomonidan tavsiya etilgan magnituda shkalasi bilan o‗lchanadi (0-9 M). 
    Rixter shkalasi bu seysmik energiyaning o‗lchov birligiga asoslangan shkala 
    bo‗lib, zilzila gipotsentrida seysmik to‗lqin sifatida nurlangan energiyani o‗lchaydi. 
    O‗lchov birligi qilib magnituda qabul qilingan. Zilzila: kuchlanishi esa 12 balli 
    bo‗lib, shu energiya tufayli hosil bo‗ladi va yer yuzasi bo‗yicha har xil kuchlanishda 
    (ballda) tarqaladi.
    Zilzila kuchining ballardagi ta’siri 
    1-ball. Sezilmas zilzila
    Zilzilani faqat seysmograflar yordamida yozib olish mumkin
    2-ball. Biroz seziluvchi 
    zilzila
    Zilzilani bino ichida tinch o‗tirgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo‗lgan 
    ayrim odamlargina sezadi 
    3-ball. Kuchsiz zilzila
    Zilzila sinchiklab kuzatilganda osib qo‗yilgan narsalarning yengil 
    tebranayotgan, yuqori qavatlarda bu tebranish kuchliroq seziladi
    4-ball. Sezilarli zilzila
    Zilzila vaqtida uy derazalari, eshiklari, idishlar zirillaydi. Pol va 
    yog‗och uy devorlari g‗ichirlaydi. Ochiq idishlardagi suyuqliklar 
    chayqaladi 
    5-ball. Sezilarli kuchli 
    zilzila 
    Zilzila ta‘sirida uxlayotgan odamlar uyg‗onib ketadi. Hayvonlar 
    notinchlanadi. Binolar to‗la harakatga keladi. Osig‗lik buyumlar 
    kuchli tebranadi 
    6-ball. Kuchli zilzila
     Zilzila ayrim kishilarni muvozanatdan chiqaradi. Uy hayvonlari 


    43 
    sarosimaga tushadi. Ba‘zi uylarda shishadan yasalgan idish va 
    buyumlar sinishi, javondagi kitoblar tushib ketishi kuzatiladi
    7-ball. 
    Juda 
    kuchli 
    zilzila
    Zilzila oqibatida aksariyat odamlar muvozanatni yo‗qotadi. 
    Avtomashinani boshqarayotganlar ham zilzilani sezdi. Ayrim 
    binolarda buzilish holati yuzaga keladi 
    8-ball. 
    Binolarning 
    kuchli 
    zarar-lanishiga 
    olib keluvchi zilzila
    Zilzila natijasida ba‘zi joylarda daraxt shoxlari sinadi, Og‗ir mebellar 
    suriladi, osig‗lik lampalar shikastlanadi, qabristonlarga o‗rnatilgan 
    yodgorlik toshlari qulaydi
    9-ball. 
    Binolarning 
    butunlay 
    shikast-
    lanishiga olib keluvchi 
    zilzila
    Zilziladan aholi qattiq sarosimaga tushadi. Hayvonlar kuchli ovoz 
    chiqarib, betartib yuguradi. Ayrim hollarda temir yo‗l relslarining 
    bukilishi, yo‗llarning zararlanishi ro‗y beradi 
    10-ball. Insho-otlarning 
    butunlay buzilishiga olib 
    keluvchi zilzila 
    Zilzila oqibatida binolar buziladi, temir yo‗l relslari yengil bukiladi, 
    yer osti quvurlari uziladi. Yerda kengligi bir necha destimetrga teng 
    yoriqlar hosil bo‗ladi. 
    11-ball. Talafotli zilzila
    Zilzila oqibatida puxta qurilgan inshootlar, ko‗priklar, temir yo‗llar 
    jiddiy shikastlanadi. Yerda keng yoriqlar, uzilishlar, gorizontal va 
    vertikal surilishlar, ko‗plab tog‗ ko‗chkilari kuzatiladi 
    12-ball. Yer relyefining 
    o‗zga-rishiga 
    olib 
    keluvchi zilzila
    Zilzila tufayli yer ostidagi va ustidagi barcha inshootlarning to‗la 
    shikastlanishi yoki buzilishi kuzatiladi. Yerda katta yoriqlar vujudga 
    keladi, yer relyefida shiddatli o‗zgarish kuzatiladi 

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda)

    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish