36
masofalarga uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari, tabiatda ko‗p
sodir bo‗ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. Yer kurrasi bo‗yicha yiliga o‗rta
hisobda o‗n mingga yaqin kuchli va sezilarli zilzilalar bo‗lib o‗tadi. Ulardan 15-20
tasi fojiali va dahshatli hisoblanadi. Kuchsiz zilzilalar yiliga 40-50 mingga, o‗ta
kuchsiz, biz sezmaydigan, lekin maxsus seysmograflargina qayd qiladigan zilzilalar
nihoyatda ko‗p bo‗lib, yiliga ularning soni 3-3,5 millionga yetishi mumkin.
YUNESCO ma‘lumotiga ko‗ra, zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar
halokati bo‗yicha tabiiy ofatlar orasida birinchi o‗rinni egallaydi.
Yer sayyorasida zilzilalarning sodir bo‗ladigan ikkita zona yoki mintaqalarga
ajratiladi: