33
ishlab chiqarishda kishilarning sog‗ligi uchun xavf soluvchi konsentrastiyalarda
qo‗llanilgan va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o„zgarishi bilan bog„liq
vaziyatlar:
havo muhitining quyidagi ingredientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, qurum, chang va odamlar
sog‗ligiga xavf soluvchi konsentrastiyalarda antropogen tusdagi boshqa zaharli
moddalar;
katta ko‗lamda kislotali zonalar hosil bo‗lishi va ko‗p miqdorda kislota
chiqindilari yog‗ilishi;
radiatsiyaning yuqori darajada bo‗lishi.
3. Gidrosfera holatining o„zgarishi bilan bog„liq vaziyatlar:
yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi
oqavalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi
mumkin bo‗lgan tarkibida og‗ir metallar, har xil zaharli ximikatli bor chiqindilar va
boshqa zaharli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib
kelishi mumkin bo‗lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
suv manbalari va suv olish joylarining zaharli moddalar bilan ifloslanishi
oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.