Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

 
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar 


32 
1. Xavfli geologik hodisalar: 
 odamlar o‗limiga, ma‘muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob- 
uskunalarining, energiya ta‘minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura 
tizimlari, ijtimoiy yo‗nalishdagi binolar va uy-joylarning turlicha darajada buzilishi, 
ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‗lgan 
zilzilalar; 
 odamlar o‗limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‗lgan va xavfli 
hududdan odamlarni vaqtincha ko‗chirish yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash 
uchun ko‗chirishni talab qiluvchi yer ko‗chishlari, tog‗ o‗pirishlari va boshqa xavfli 
geologik hodisalar. 
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar: 
 odamlar o‗limiga, aholi punktlari, sanoat va qishloq xo‗jaligi obyektlarini 
suv toshqini, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va 
odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‗chirish tadbirlari 
o‗tkazilishini talab etuvchi suv toshqinlari, suv o‗pirishlari va sellar; 
 aholi punktlari, sanatoriy, dam olish uylari, sog‗lomlashtirish lagerlaridagi 
odamlar, turistlar va sportchilarning jarohatlanishi va o‗limiga olib kelgan yoki olib 
kelishi mumkin bo‗lgan qor ko‗chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa 
xavfli gidrometeorologik hodisalar. 
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: 
 o‗lat, vabo, sarg‗ayma, isitma kabi kam uchraydigan kasalliklarni keltirib 
chiqargan alohida xavfli infeksiyalar, odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar 
rikketsiyalar-epidemik toshmalar, terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma, zoonoz 
kasalliklar-Sibir yarasi, quturish; 
 virusli infeksiyalar – OITS; 
 epidemiya-alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‗lmagan, yuqish manbai 
bitta yoki yuqish omillari bir bo‗lgan odamlarning guruh bo‗lib yuqumli kasallanishi, 
bir aholi punktida-50 kishi va undan ortiq, aniqlanmagan etiologiya bilan guruh 
bo‗lib kasallanish-20 kishi va undan ortiq; tashxisi aniqlanmagan bezgak kasalligi-15 
kishi va undan oshiq; 
 o‗lim yoki kasallanish darajasi o‗rtacha statistik darajadan 3 baravar va 
undan ortiq bo‗lgan vaziyat; 
 zaharli moddalar bilan zaharlanish - jabrlanganlar soni-10 kishi, vafot 
etganlar soni-2 kishi va undan oshiq; oziq-ovqatdan ommviy zaharlanish –
jabrlanganlar soni-10 kishi, vafot etganlar soni 2 yoki undan ortiq; 
 epizootiya – hayvonlarning umumiy qirilib ketishi yoki kasallanishi; 
 epifitotiya - o‗simliklarning ommaviy nobud bo‗lishi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish