30
2-bob. FAVQULODDA VAZIYАTLAR TASNIFI
2.1. Favqulodda vaziyatlarning turlari, yuz berish sabablari
Favqulodda vaziyatlar – odamlar qurbon bo‗lishi, ularning sog‗ligi
yoki atrof
tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda odamlar
hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‗lgan
avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy
ofat natijasida muayyan
hududda yuzaga kelgan vaziyat.
O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi
455-sonli “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi FVlarniig tasnifi to„g„risida”gi
qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan
barcha FVlar kelib
chiqish xarakteri va o‗lchamlariga ko‗ra tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar
quyidagi turlarga bo‗linadi:
FVlar tavsifiga ko‗ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko‗ra):
1. Tabiiy tusdagi FV.
2. Texnogen tusdagi FV.
3. Ekologik tusdagi FV larga bo‗linadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining qaroriga ko‗ra
bizning
respublikamiz mintaqalarida yetti xil FV turlari tasdqilangan
:
1.
Zilzilalar, yer surilishi.
2. Sel, suv toshqinlari va hokazo.
3. Kimyoviy-xavfli obyektlarda avariya va falokatlar (o‗tkir
zaharli
moddalarning ajralib chiqishi).
4. Portlash va yong‗in xavfi mavjud obyektlardagi avariya va falokatlar.
5. Temir yo‗l va boshqa transport vositalarida tashish
paytidagi avariya va
falokatlar.
6. Xavfli epidemiyalarning tarqalishi.
7. Radioaktiv manbalardagi avariyalar.