31
3. FV ning sabablari.
4. FV ning shikastlovchi omillari.
5. FV da qaltislikni oshiruvchi omillar.
6. FVni oldindan bilish mumkinligi (monitoring,
bashorat, ogohlantirish,
yumshatish);
7. FV ni bartaraf etish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib
bo‗lmaydigan ishlarni bajarish).
8. Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).
FV oqibatlari FVning turi, tusi va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog‗liqdir.
FV oqibatining asosiy turlari: o‗lim, odamlarning kasalanishi,
inshootlarning
buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zararlanishlardir. Alohida
qayd qilish kerakki, FV ning ko‗pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga
ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud bo‗ladi. Bu paytda o‗ta kuchli tasodifiy
ta‘sirlar odamning ruhiy holati buzilishiga olib keladi. Bu ta‘sirning
xavfli yeri
shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta‘sir hududidagina emas, undan chiqandan
keyin ham davom etishi mumkin. FV xavfini oldindan ma‘lum aniqlikda bilish
mumkin bo‗lsa-da, ammo uning ruhiy ta‘sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.
FV ning zararli va xavfli omillari ta‘siri
ostida joylashgan aholi, hayvonlar,
inshootlar, moddiy resurslar - «Shikastlanish o‗chog‗i» deyiladi. Oddiy (bir turli)
shikastlanish o‗chog‗i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta‘sirida hosil bo‗ladigan
o‗choq tushuniladi. Masalan, portlash, yong‗in natijasida buzilish,
kimyoviy
zararlanish kuzatiladi. Murakkab (ko‗p turli) shikastlanish o‗chog‗i deganda bir
necha shikastlovchi omillar ta‘sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo
korxonasida portlash – binolarning buzilishiga, yong‗in, kimyoviy
zaharlanish kabi
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Har bir FV ro‗y berish joyi, sababi, ko‗lami, u bilan bog‗liq moddiy zarar va
boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biri FVlar, talafotlar, avariyalar,
falokatlar va turli-tuman ofatlarning hosil bo‗lishi
va rivojlanishini bashoratlash,
oldindan davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh etishdan
iboratdir.
FVlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‗ra tasnif qilinadi
va ushbu vaziyatlarda zarar ko‗rgan odamlar soniga,
moddiy zararlar miqdori va
ko‗lamiga (hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va
transchegarali turlarga bo‗linadi.