26
xavfsiz joylardagi doimiy yashash joyiga ko‗chirish va ularning xayot
faoliyatini har tomonlama ta‘minlash.
12. FVni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
13. FVdan shikast topgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini
amalga oshirish; fuqarolar, ularning turar joylari va mulklarini maqsadli sug‗urta
qilishni tashkil etish.
FVDT obyekti darajasidagi boshqaruv organlarining asosiy vazifalari:
1. FVlarning oldini olish va ularni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish hamda
amalga oshirishga rahbarlik qilish, obyektlarning FVda
ishlashi ishonchliligi va
barqarorligini oshirish.
2. Kimyoviy va boshqa xavfli obyektlarda xabar berish va ma‘lumot
cheklangan tizimlari, shuningdek, gidrotexnik inshootlaridagi signalizatsiya va xabar
berish cheklangan avtomat tizimlarni yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Boshqaruv organlari, obyekt kuch va vositalarining FVdagi ishlarga shay
turishini ta‘minlash.
4. Sodir bo‗lgan FV haqida xabar berish, ma‘lumot to‗plashni ta‘minlash va
nazorat qilish, FVning ko‗lami va rivojlana borishi, ehtimol bo‗lgan oqibatlari
haqida, uni tugatish uchun ko‗rilayotgan choralar va qanday yordam kerakligi
to‗g‗risida yuqori organlarga axborot uzatib turish.
5. Avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlar, shu jumladan obyektlar
xodimlarini evakuaisiya qilishga rahbarlik qilish.
6. FVni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
7. Obyektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek, xodimlarini
FVdagi ishlarga tayyorlashni tashkil etish.
FVDTning FVni tugatish kuchlari va vositalari:
1. FM qo‗shinlari.
2. Bevosita va bilvosita FVVgi tezkor ixtisoslashgan respublika tuzilmalari.
3. Vazirlik va idoralarning harbiylashgan va
professional ixtisoslashgan
avariya-qutqarish va avariya qayta tiklash bo‗linmalari.
4. Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining) tuzilmalari, FVVning kutqaruv
komandalari.
5. Obyektlarning ixtisoslashgan tuzilmalari.
6. Hudud va obyektlarning harbiylashgan umumiy va maxsus tuzilmalari.
7. Qizil Yarim oy jamiyatining ko‗ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari),
«Vatanparvar» MKT (mudofaaga ko‗maklashuv tashkiloti).
FVDTning rahbar organlari - bu aholi va hududlarni FVdan muhofaza qilish
masalalarini hal qilish vakolati doirasiga kiruvchi quyidagi davlat boshqaruv
organlari, mahalliy homiyat organlari va obyektlari ma‘muriyatlari:
a) respublika darajasida - O‗zbekiston Respublikasi FVV, atrof-muhit holatini
va xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilishga mas‘ul vazirlik va idoralar,
shuningdek, tarkibida kimyoviy, portlovchi, yongin
xavfi bor va boshqa xavfli
obyektlar;
b) mahalliy daraja - Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat,
shahar va tuman hokimliklari;
27
v) Obyekt darajasida-korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma‘muriyatlari.
FVDT, uning kichik tizimlari va bo‗g‗inlari faoliyatini tashkil qilish uchun,
FVlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan ularga yuklatilgan
vazifalarni bajarishga shay turish uchun mas‘uliyat to‗laligicha tegishli rahbar
organlarga yuklatiladi.
FVDTning kundalik boshqaruv organlari - FVDT ning tegishli hududiy va
funksional kichik tizimlari va ularning bo‗g‗inlarini har kuni bevosita boshqarib
turuvchi boshqaruv organlari bo‗lib, ular quyidagnlarni o‗z ichiga oladi:
1. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrining FVlar
boshqarmalari.
2. Shahar va tumanlarning FVlar bo‗limlari.
3. Obyektlarning FVlar bo‗limlari (shubalari yoki maxsus tayinlangan
mansabdor shaxslari).
4.Vazirlik vaidoralarning davlat nazorat organlari (nazorat-inspeksiya
xizmatlari).
5. Vazirliklar va idoralarning FVlar bo‗limlari (shubalari yoki maxsus
tayinlangan shaxslari).
6. FVlar vazirligining tanglik vaziyatlarini boshqarish markazi.
7. FVDT rahbar organlarining zaxiradagi boshqarish punktlari (ZBP).
8. FVlar boshqarmalarinnng tezkor-navbatchi xizmatlari.
9. Vazirlik, idora va obyektlarning navbatchi-dispecherlik xizmatlari. FVDT
ning kundalik boshqauv organlari doimiy diskologiya punktlarida, shahar va shahar
tashqarisidagi ZBP (zaxiradagi boshqaruv punktlari) da joylashtirilib, tabeldagi
tegishli
xabar berish vositalari, birlamchi ma‘lumotni qayta ishlash va uzatish
vositalari bilan jihozlanadi, hamda ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga doimiy
shaylikda saqlanadi.
Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish, FVlarning oldini olish, ular
yuzaga kelganda ziyon va zararning miqdorini kamaytirish bo‗yicha oldindan
choralar ko‗rish maqsadida harakat qilishning respublika,
idora rejalari, hokimliklar
va obyektlarning harakat rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajadagi o‗zaro
birgalikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni FVV amalga
oshiradi.