• 1.5. O„zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning umumiy tamoyillari
  • obyektlarida xavfsizlik deklaratsiyasining asosiy talablariga yo„riqnoma”




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi
    1-amaliy kompyuterni tashkil etish, Kurs ishi. Quvvatov Umidjon 4K, 155357
    obyektlarida xavfsizlik deklaratsiyasining asosiy talablariga yo„riqnoma”si 
    ishlab chiqildi.
    Yo„riqnomada xavfsizlik deklaratsiyasining asosiy vazifalari quyidagilar
     aholi va hududlarni sodir bo‗lishi ehtimoli bo‗lgan FVdan himoya qilish
    obyektlarning barqarorligini ta‘minlashda xavfsizlik chora-tadbirlariga qat‘iy rioya 
    qilishni nazorat qilish; 
     FVni bartaraf etishga mo‗ljallangan maxsus zaxira bazalarining to‗g‗ri
    yaratilishiga baho berish, FV sodir bo‗lish ehtimoli mavjud obyekt va hududlarda 
    ishlovchilar va aholini ishonchli aloqa vositalari bilan ta‘minlash va xabarlash 
    tizimini takomillashtirish; 
     obyektni FVlar oqibatlaridan himoyalashni yanada oshirish borasida chora-
    tadbirlar ishlab chiqish va tatbiq etish va boshqa tadbirlar majmuiga alohida to‗xtalib 
    o‗tilgan.
    FMga oid qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar 
    Mahkamasi qarorlari hamda FVVning bu boradagi me‘yoriy hujjatlari, ko‗rsatmalari 
    nafaqat aholini turli noxush vaziyatlardan muhofaza qilish, balki Vatanimiz 
    hududlarini muhofazalash, sog‗lomlashtirish, muqaddas zaminni asrab-avaylashdagi 
    ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, ro‗y berishi ehtimoli bo‗lgan FVning oldini 
    olish, bashoratlash, talafotlarini kamaytirish va sodir bo‗lgan noxush vaziyatlar 
    oqibatlarini bartaraf etish yo‗llarini huquqiy belgilab beradi. 
    Alohida ta‘kidlash joizki, aholi va hududlarni turli ofatlardan muhofaza qilish, 
    xavfsizligini ta‘minlash birgina vazirlik yoki bitta sohaning muammosi bo‗lib 
    qolmay, u umumxalq muammosi bo‗lib, ezgu maqsadlarga erishishda aholining 
    barcha qismi yoppasiga harakat qilishi lozim. 
    1.5. O„zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning 
    umumiy tamoyillari 
    O‗zbekiston Respublikasi FM tuzilmalari asosiga quyidagi tamoyillar 
    kiritilgan: 
      hududiy tamoyil: 
    O‗zbekiston Respublikasi ma‘muriy bo‗linishiga qarab, viloyatlar, shaharlar, 
    tumanlarda FM bo‗limlarining tashkil etilishi; 
    ishlab chiqarish tamoyili: vazirliklar, davlat qo‗mitalari, trestlar, 
    koorparastiyalar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, tashkilot va korxonalarda FM 
    bo‗limlarining tashkil etilishi. 
     FMsi bo‗yicha umumiy rahbarlikni O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
    olib boradi. 
    O‗zbekiston Respublikasi FMni boshqarish O‗zbekiston Respublikasi FVVga 
    topshirilgan. 
    Qoraqalpog‗iston Repsublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarida 


    22 
    FMga rahbarlik qilishni tegishli lavozimiga ko‗ra FM boshlig‗i bo‗lgan 
    Qraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va 
    shaharlar hokimlari amalga oshiradi. 
    Vazirlik, idora va tashkilotlarda FMga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga 
    ko‗ra mazkur organ va tashkilotlar FMlarining boshliqlari bo‗lgan rahbarlar amalga 
    oshiradilar. 
    FMsi boshlig„i o„z vakolatlari doirasiga quyidagi huquqlarga ega: 
     FM ning tegishli rejalarini amalga joriy etish; 
     aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish 
    to‗g‗risida qarorlar qabul qilish; 
     FM bo‗yicha tegishli direktiva, buyruq, qaror va farmoyishlar chiqarish; 
     o‗z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuch va vositalarini FM 
    sohasidagi tadbirlarni o‗tkazishga jalb etish; 
     qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
    FM boshliqlarining aholi va hududlarni zamonaviy qirg‗in vositalari qo‗llanishi 
    oqibatlaridan muhofaza qilish va FM sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid 
    harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hudud, tarmoq va tashkilotlarning FM 
    boshliqlari zimmasiga yuklanadi.

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    obyektlarida xavfsizlik deklaratsiyasining asosiy talablariga yo„riqnoma”

    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish