23
tadbirlari va kuchlarning faoliyatini ta‘minlashga mo‗ljallangan Ichki ishlar
vazirligining harbiylashgan o‗t o‗chirish respublika maxsus guruhlari, Sog‗liqni
saqlash vazirligining tezkor respublika tibbiy yordam markazi, ―O‗zbekiston havo
yo‗llari‖, ―Toshshaharyo‗lovchitrans‖ davlat tashkilotlarining maxsus guruhlari,
vazirlik va boshqarmalarning tarkibiy bo‗linmalarini o‗z ichiga oladi.
Vazirliklar, konsernlar,
birlashma, qo‗mitalarning harbiylashtirilgan malakali
avariya-qutqaruv va boshqa maxsus tuzilmalari, bo‗linmalari FVlar sodir bo‗lganda
o‗z tasarrufi ostidagi obyektlarda ishlab chiqarish avariyalari va halokatlarini bartaraf
etish, FVlar sharoitlarida jabrlanganlarga yordam berish bo‗yicha maxsus vazifalarni
hal etishga mo‗ljallangan.
FVlarning oldini olish va ular sodir bo‗lganda talafotlarini mumkin qadar
kamaytirish maqsadida obyektlarda FM boshliqlari kimyoviy,
radioaktiv, portlash
xavfiga qarshi maxsus tuzilmalar tuziladi.
Hududiy va obyektlardagi tuzilmalar umumiy va maxsus vazifalarni bajaruvchi
tuzilmalarga bo‗linadi.
Umumiy vazifali tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
axborot yig‗uvchi guruh; qutqaruvchi guruh; ishlarni mexanizatsiyalash
guruhi.
Maxsus vazifali tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
yong‗inga qarshi xizmat;
tibbiy xizmat; ogohlantirish va aloqa xizmati;
muhandislik xizmati; texnik avariya xizmati; radiatsiyali va kimyoviy moddalarga
qarshi kurashuvchi xizmat;
transport xizmati; zararsizlantirish xizmati; aholi
tinchligini nazorat qilish xizmati; oziq-ovqat va savdo xizmati; berkinish va
qutqurilish xizmati; rang himoyasi xizmati.
Bir qator obyektlarda
harakatdagi radiatsion, kimyoviy, tibbiy laboratoriyalar,
statsionar, yuvinish punktlari, dushli korxonalar, gazli
zararsizlantirish xonalari,
sanitariya qayta ishlash punktlari, transport va texnikani yuvish joylari,
zararsizlantirish punktlari tuziladi.