24
kichik tizimlarning umumiy soni – 22 ta.
Funksional kichik tizimlar atrof tabiiy muhit va potensial xavfli obyektlar
ahvolini kuzatish va nazorat qilish,
shuningdek, qaramog‗idagi ishlab chiqarish
faoliyati bilan bog‗liq obyektlarda FVlarning oldini olish va ularni tugatishga
mo‗ljallangan bo‗lib, davlat nazorati organlari, kichik tizim kuchlari va vositalaridan
iborat bo‗ladi.
Hududiy va funksional kichik tizimlarning vazifalari, tashkil etilishi, kuch va
vositalarining tarkibi, ishlash tartibi va boshqa masalalari geofizik,
tabiat - iqlim,
funksional va boshqa sharoitlar, shuningdek, xuddi shu kichik tizimdagi potensial
xavfli obyekt va hodisalarni hisobga olib, tizimlarning o‗zi ishlab chiqadigan, shu
kichik tizimlar haqidagi tegishli nizomlarda belgilab qo‗yiladi.
Bu nizomlarni FVV bilan kelishib, tegishli kichik
tizimlarning rahbarlari
(Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlari, vazirlar va idora rahbarlari) tasdiqlaydi. Axborot-boshqaruv kichik
tizimini O‗zbekiston Respublikasi FVV tashkil etadi va u hududiy va funksional
kichik tizimlar elementlarini o‗z ichiga oladi.
Kichik tizim quyidagilar tadbirlar uchun mo„ljallangan:
1. Potensial xavfli hamma obyekt va hodisalar, shuningdek hamma FVlar
haqida ma‘lumotlarni to‗plash, qayta ishlash,
almashish, saqlash va tegishli
organlarga uzatish.
2. FVlar sodir bo‗lgani yoki sodir bo‗lish ehtimoliy FVning tusi, ko‗lami va
rivojlana borishi, ehtimol bo‗lgan oqibatlari to‗g‗risida, FVlardagi xatti-harakatlar
haqida FVDT ning rahbar organlariga, kundalik boshqarish organlariga, FVni
tugatish kuch va vositalariga aholiga xabar va ma‘lumot berish;
3. FVDT kichik tizimlari va bo‗g‗inlari o‗rtasida, boshqaruv punktlari kuch
va vositalari o‗rtasida o‗zaro ma‘lumot almashish.
4. Boshqaruv punktlaridagi navbatchi-dispecherlik
xizmati harakat qilishiga
doimo shay bo‗lib turish.
FVDTning har qaysi darajasida quyidagi organlar mavjud bo„ladi:
1. Rahbar organlari.
2. Kundalik boshqaruv organlari.
3. FVlarning oldini olish va ularni tugatish kuch va vositalari.
4. FVlarni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervi.
5. Xabar berish va ma‘lumot ta‘minoti tizimi.
6. Kimyoviy va boshqa xavfli obyektlarda hamda ularga tutash hududlarda
xabar berish va ma‘lumot cheklangan tizimlari, shuningdek, suv omborlari
gidrotexnika inshootlaridagi signalizatsiya va xabar berish tizimlari.
7. Atrof tabiiy muhit va potensial xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat
qilish tizimini tashkil etish, FVni oldindan ta‘minlash.
8. FVDT boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch va vositalari FVdagi
ishlarga tayyor turishini ta‘minlash.
9. Sodir bo‗lgan FVlar haqida, ularning rivojlana borishi, ehtimol bo‗lgan
oqibatlari va ularni tugatish yuzasidan ko‗rilayotgan
choralar haqida xabar berish,
ma‘lumot to‗plash va almashlashni ta‘minlash va nazorat qilish.
10. Avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar tadbirlari, jumladan
25
evakuatsiya tadbirlari bajarilishini ta‘minlash, shikastlangan aholi turmush
kechirishini ta‘minlash.
P. FVni tugatishga jalb qilingan vazirlik va idoralar, kuch va vositalar
hamkorligini ta‘minlash hamda ularning ishini moslashtirish.
12. Fvlarni tugatish moliyaviy va moddiy resurslar rezervi, shuningdek,
FVDT maxsus sug‗urta fondini tashkil etish va ulardan
foydalanishga rahbarlik
qilish.
13. FVlardan zarar ko‗rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini
amalga oshirishda ishtirok etish.
14. FVda o‗ziga qarashli obyektlar rahbarlari tarkibini, kuch va vositalari,
shuningdek, xodimlarini tayyorlashni moslashtirib turish.
15. Ishlab chiqarish va texnologiya xavfsizligi, shuningdek xodimlarni FVdan
muhofaza qilish tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
16. Avariya-qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestastiya qilishni
tashkil etish.