34
davlatining kuch va mablag‗laridan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari
(ECOSAN YuNEP va bosh.) mablag‗lari va kuchlaridan foydalanilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida asosan texnogen
tusdagi FVlardan kimyoviy
xavfli obyektlar, energetika tizimlari,
gidrotexnika inshootlari, sanoat va ishlab
chiqarish korxonalari, gaz sanoatlari va transport vositalari bilan bog‗liq
avariyalar
hamda tabiiy turdagi FVlar geologik xavfli hodisalar (zilzilalar, yer ko‗chishi, tog‗
jinslarining ko‗chishi, qor ko‗chishi) va gidrogeologik xavfli hodisalar (suv
toshqinlari, suv to‗planishlari, sel)lar ko‗proq uchrab turadi (o‗quv qo‗llanmaning
keyingi boblarida yuqorida qayd etilgan turdagi FVlarga kengroq to‗xtalib o‗tamiz).
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo‗lishida
geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o‗rinni
egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfzligi buziladi, insonlar nobud bo‗ladi, iqtisodiyot
obyektlariga turli darajada moddiy zarar yetkaziladi.