Yer ko‘chishi. Yer ko„chishi – tog‗, jar yonbag‗irlaridan, dengiz, ko‗l va
daryolarning tik qirg‗oqlaridan tuproq va tog‗ jinslarining gravitatsiya, ya‘ni,
tortishish kuchi ta‘sirida surilishi, siljishiga aytiladi.
46
Respublikamizning tog‗li, tog‗ oldi, daryo bo‗ylari zonalarida yashovchi aholi
va iqtisodiyot obyektlariga katta xavf tug‗diradigan tabiiy ofatlardan biri yer
ko‗chkisidir. Yer ko‗chishi yer yuzasida bo‗ladigan alohida jarayonlar toifasiga
kiritilsa-da, ular yer ichki harakatlari, xususan, zilzilalar bilan uzviy bog‗liq holda
rivojlanadi. Yirik ko‗chkilarni tahlil qilib, sababi o‗rganilganda, ularning aksariyat
qismi zilziladan so‗ng yoki zilzila bilan parallel hosil bo‗lishi kuzatilgan.
Respublikamiz hududida yuzaga kelayotgan yer ko‗chkilarining asosiy sababi
gidrometeorologik sharoit bilan bog‗liq. Shu sababli bu jarayon mavsumiy
xususiyatga ega, ya‘ni atmosfera yog‗inlari qanchalik ko‗p bo‗lsa, yer ko‗chishi xavfi
shunchalik yuqori bo‗ladi.
Markaziy Osiyodagi yer ko‗chishi shakl va ko‗lami bilan ajralib turadi. Ular
lyoss qatlamlarida tarqalgan bo‗lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yog‗inlari
ma‘lum chuqurlikkacha borib, suv o‗tkazmas qatlamga yetgach yonbag‗ir bo‗ylab
oqadi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitastiya kuchi ta‘sir etishi
oqibatida yonbag‗irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo‗ladi va uzilgan bo‗lak
pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o‗n mln. m
3
larda
bo‗ladi. Yer ko‗chishi yonbag‗irning qiyaligiga, tog‗ jinsi tarkibiga, atmosfera
yog‗inlari miqdoriga bog‗liq holda rivojlanadi. Yonbag‗ir qiyaligi qanchalik katta
bo‗lsa, ko‗chkining tezligi shunchalik katta bo‗ladi. Ko‗p holatlarda ko‗chki ekzogen
jarayonlardan sel, jarlanish, cho‗kish hodisalari bilan uyg‗unlashib ketadi.
Ko„chikilar ko„rinishi
XX
asrning
60-yillari
oxiriga
kelib,
O‗zbekiston hududida tog‗li va tog‗ oldi vodiylarida
yer ko‗chishi keskin ortib borgan. Bunga asosiy
sabab
gidrometeorologik
sharoitning
murakkablashuvi, atmosfera yog‗inlarining haddan
ziyod bo‗lishi oqibatida yonbag‗irlarning zaifligi
kuchayib ketganligi, qadimdan bahorikor yerlar
hisoblangan
tog‗
oldi
zonalarida
xo‗jalik
faoliyatining kengaytirilishidir. Ya‘ni, tog‗ oldi
adirliklarida ko‗ndalangiga texnik ishlov berilishi
natijasida yonbag‗irning turg‗unligi pasayib ketadi
va bu holat avvaliga mahalliy, kichik-kichik, so‗ng
47
yirik ko‗chkilar paydo bo‗lishiga olib keladi. Ayniqsa bunday joylar aholi
yashaydigan qishloqlarga yaqin bo‗lsa, juda katta xavf tug‗diradi. Yer ko‗chishi aholi
turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo‗jaligi iste‘molidagi maydonlarga
katta zarar yetkazishi oqibatida ko‗pgina iqtisodiy talafotlarni yuzaga keltiradi.
Shuning uchun ularning paydo bo‗lishi, tarqalish maydonlari maxsus dasturlar
asosida o‗rganib chiqilib, kerakli xaritalar tuzilmoqda.
Yer ko‗chkilari O‗zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar
davlat qo‗mitasi tasarrufidagi ―O‗zbekgidrogeologiya‖ ishlab chiqarish birlashmasi
tadqiqotchilari tomonidan o‗rganib kelinmoqda. Tuzilgan xaritalar asosida
muhofazalanish choralari ham ishlab chiqilmoqda. Keyingi vaqtlarda mazkur
korxona bilan viloyatlardagi FVlar boshqarmalari xodimlarining birgalikda olib
borayotgan faoliyatlari samarasi o‗laroq ko‗pgina ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Buning uchun respublikaning ko‗chki tarqalgan maydonlarida maxsus kuzatish
maskanlari tashkil etilgan.
Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko‗chkilar, ularning iqlim sharoiti bilan
uzviy bog‗liq bo‗lishi kuzatiladi. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989, 1991,
1998, 2005, 2008 va 2012-yillarda atmosfera yog‗inlari me‘yordan yuqori bo‗lgani
uchun ko‗chki jarayonlari ham ko‗p bo‗lgan. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda
ko‗chkilarning davriyligi aniqlanib, prognoz xaritasi tuzilgan. Alohida ta‘kidlash
lozimki, hozirgi ko‗chkilarning aksariyat qismi inson xo‗jalik faoliyati natijasida
yuzaga kelmoqda. Respublikamizda ko‗chki jarayoni Surxondaryo, Qashqadaryo,
Toshkent, Farg‗ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko‗p
tarqalgan.
Toshkent viloyatida Chaulisoy ko‗chkisi -1960-yil 30-aprel, 30 kishi halok
bo‗lgan, umumiy massa 200 ming m
3
., Xojikent ko‗chkisi -1961-yil, 12 kishi halok
bo‗lgan, umumiy massasi 1000 m
3
., Jigariston ko‗chkisi -1991-yil 4-may, 56 kishi
halok bo‗lgan, umumiy massasi 176 ming m
3
., Oqtosh ko‗chkisi -1993-yil 11-mart, 5
kishi, umumiy massasi 80 ming m
3
., Qoraqishloq ko‗chkisi - 1994 yil 29-mart, 3
kishi, umumiy massasi 400 ming m
3
ko‗chkilar ro‗y bergan.
1973-1975-yillarda Ohangaron vodiysida asrimizning eng katta ―Atchi
ko‗chkisi‖ sodir bo‗lgan. Ko‗chkining hajmi 700 mln.m
3
, sathi 12 km
2
, qalinligi 80-
170 m bo‗lib, 1975-yildan beri ko‗chayotir. Sodir bo‗lish sababi – Ohangaron
daryosining chap qirg‗og‗idagi 100-130 m chuqurlikdagi ko‗mir qatlamidagi
o‗zgarishlar natijasida ko‗mir yonib gazga aylangan va bo‗shliqlar paydo bo‗lgan,
uning oqibatida ko‗chkilar yuzaga kelgan.
Toshkent viloyati bo‗yicha eng katta ko‗chki halokati 1991-yil 4-mayda
Jigariston qishlog‗i
atrofida bo‗lib, 56 kishining hayotdan ko‗z yumishiga sabab
bo‗lgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati xodimlari Toshkent viloyatida
ko‗chki xavfi yuqori bo‗lgan joylarda ularni o‗rganish, qayd qilish va oldindan aytish
muammolari bo‗yicha doimiy kuzatuv ishlari olib bormoqdalar.
Qashqadaryo viloyati - respublikaning janubiy qismida joylashgan bo‗lib,
sharqda Xisor, shimolda Zarafshon tog‗lari bilan chegaralanib turadi, g‗arbiy qismi
esa cho‗l zonalarini tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming km
2
bo‗lib, respublika hududining 6,3 %ni tashkil etadi. Aholisi 1,9 mln. dan ortiq.
Viloyatning sharqiy qismi tog‗ oldi zonalari bo‗lgani uchun ko‗chki jarayoni keng
48
tarqalgan. Bu joylardagi Tanxiz, Jinni, G‗uzor, Oqsuv daryolari vodiylarida lyoss
qatlamlari ko‗proq uchraydi. Shuning uchun ko‗chki xavfi shu joylarda yuqori
darajadadir. Ayniqsa Shahrisabz-Kitob botiqligining yonbag‗irlaridagi xo‗jaliklarning
ayrimlari ko‗chki xavfi mavjud zonalarda joylashgan.
Surxondaryo viloyati respublikaning eng janubida joylashgan bo‗lib,
Amudaryoning o‗ng irmog‗i Surxondaryo havzasini tashkil etadi. Surxondaryo
viloyatining maydoni 20,8 ming km
2
bo‗lib, respublika hududining 4,7 %ni tashkil
etadi. Aholisi 1,5 mln. dan ortiq. Havzaning tabiiy chegarasi shimolda Xisor, sharqda
Bobotog‗, g‗arbda Ko‗hitong tog‗lari, janubda esa Amudaryo bilan chegaralanib
turadi. Viloyatning relyef tuzilishidagi umumiy qiyalik shimoldan janubga tomon
pasayib boradi. Boshqa viloyatlar hududi kabi Surxondaryo viloyatida ham
ko‗chkilar ikki sababdan yuzaga kelib, qayd qilingan tog‗larning yonbag‗irlarida
keng tarqalgan. Viloyatdagi eng yirik Janubiy Surxon suv ombori atrofida ham
jarlanish bilan ko‗chkilar uyg‗unlashib ketganligini ko‗ramiz. Suv omborining
shimoli-g‗arbiy tomonida bu hodisalarning aksariyat ko‗proq uchrashini kuzatishimiz
mumkin.
Viloyatlar orasida Surxondaryo Orol havzasidagi yirik daryo (Amudaryo)
atrofidagi qirg‗oqni yuvish va o‗pirilish hodisalari nisbatan ko‗proq uchrashi bilan
ajralib turadi. Ko‗chkilarning yerga texnik ishlov berish natijasida yuzaga keladigan
turi Sherobod botiqligining markaziy va shimoliy qismlarida ko‗proq uchraydi.
Hozirgi vaqtda vohadagi avtomobil yo‗llarini qurish va mavjud yo‗llarni kengaytirish
ishlari natijasida ham ko‗chkilarning biroz ko‗payganini ko‗rish mumkin. O‗pirilish-
ko‗chki jarayoni Qayroqsoyning janubi-g‗arbiy tomonlarida keng tarqalgan.
Viloyatda ko‗chkilar soni ko‗payib bormoqda, ya‘ni 90-yillardagi ko‗chkilar soni 80-
yillarga nisbatan uch baravar ortgan.
Samarqand viloyati respublikaning markaziy viloyatlaridan bo‗lib, Zarafshon
daryosining o‗rta oqimiga joylashgan. Samarqand viloyatining maydoni 13,9 ming
km
2
, respublika hududining 3 %ini tashkil etadi. Aholisi 2,4 mln. dan ortiq. Viloyat
janubiy (Zarafshon) va shimoliy (Nurota) qismlarda tog‗liklar bilan chegaralanib
turadi. Muhandislik-geologik jihatdan shimoliy qismida Nurota tog‗ etaklari va
janubiy qismdagi Qoratepa tog‗ining shimoliy yonbag‗irlarida lyoss qatlamlari
ko‗proq bo‗lgani uchun bu joylarda ko‗chki jarayoni nisbatan keng tarqalgan.
Viloyatdagi yirik suv omborlaridan Kattaqo‗rg‗on havzasida mavsumiy vaqtlarda suv
miqdorining ko‗payib ketishi oqibatida qirg‗oq atrofining o‗pirilishi kuzatiladi, lekin
bu joylarda aholi punktlari joylashmagan. Suv ombori atrofi hozirgi vaqtda qishloq
xo‗jaligi maqsadida o‗zlashtirilishi natijasida ayrim joylarda o‗pirilish va
eroziyalanish hodisalari rivojlanib bormoqda. Tabiiy sharoitda hosil bo‗layotgan
ko‗chkilarni Oqsoy, Saganak, Oqdaryo va Qoradaryo havzalari atrofida uchratish
mumkin.
Farg‗ona vodiysi respublikaning sharqiy qismini tashkil etib, tabiiy tuzilishi,
muhandislik-geologik sharoiti boshqa viloyatlardan tubdan farq qiladi. Farg‗ona
vodiysi maydoni 19,2 ming km
2
bo‗lib, respublika hududining 4,3 %ni tashkil etadi.
Aholisi 5,9 mingdan ortiq. Farg‗ona vodiysining hamma tomoni tog‗lar bilan
o‗ralgan: shimoliy-shimoli-g‗arbda Qurama, sharqda Talass-Farg‗ona, janubda
Turkiston tog‗ tizmalari o‗rab turadi. Respublikaning eng harakatchan zonalaridan
49
biri Farg‗ona vodiysi hisoblanadi. Ma‘lumki, vodiy uchta: Namangan, Andijon va
Farg‗ona viloyatlaridan tashkil topib, ko‗chki jarayonlari Namangan va Farg‗ona
viloyatlarida ko‗proq uchraydi.
Vodiyning shimoliy qismidagi Namangan viloyatida keyingi vaqtlarda olib
borilayotgan yo‗l qurilishi (Qamchik dovoni) natijasida nisbatan texnogen sababga
ko‗ra ko‗chkilar biroz ko‗payib bormoqda. Tabiiy holatda uchraydigan ko‗chkilar
viloyatdagi Sumsar, G‗ova, Podsho-Ota,
Pishkaran soylarining o‗rta qismlarida
ko‗proq
uchraydi.
Yangiqo‗rg‗on,
Kosonsoy, Chortoq rayonlari Qurama
tog‗ining
janubiy
yonbag‗irlarida
bo‗lganligi uchun ham bu joylarda ko‗chki
jarayoni aholi yashaydigan hududlarga
sezilarli xavf tug‗diradi. Lyoss qatlamlari
orasida ikkilamchi gips minerali hosil
bo‗lishi natijasida bu qatlamlar palaxsa-
palaxsa bo‗lib ko‗chib ketadi. Biroz
namgarchilik natijasida tuzlar erib, lyoss
qatlamini tezda oqovaga aylantirishi ham ko‗chki jarayoniga sezilarli ta‘sir
ko‗rsatadi.
|