Zilzila vaqtida nima qilmoq kerak?




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

 
Zilzila vaqtida nima qilmoq kerak? 
1. Tebranish bir necha soniyalar, kuchli zilzila bo‗lsa bir necha daqiqalar 
davom etishi mumkin. Tebranishni sezgan vaqtingizda sekin-asta xavfsiz joyga 
harakat qilishingiz lozim, asosiy xavf binodagi osma anjomlardandir. 
2. Avvalo, tinchlaning, qaltis harakat qilmang, baqirmang va atrofdagilarni 
koyimang.
3. Binoda bo‗lsangiz, xavfsiz joylardan: eshik kesakisi oralig‗i, devor 
burchaklari, seysmik belbog‗ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham 
shunday qilishga undang.
4. Deraza va chayqaluvchi og‗ir buyumlardan uzoqroqda turing. Hech vaqt 


45 
yuqori qavatdagi binodan chiqib ketishni o‗ylamang. Aksincha tebranish o‗tib 
ketguncha bino ichidan panoh qidiring. Zarur ho‗latda tebranish tugagach, binoni 
tark eting.
5. Ko‗p qavatli uyda yashasangiz liftdan foydalanmang. Zinapoyadan 
foydalanishda qo‗pol harakat qilmang, boshqalarni ham tinchlantiring.
6. Seysmik bardoshi kam bo‗lgan, g‗ishtli va xavfli binolarda bo‗lsangiz, 
zudlik bilan tashqariga chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh 
bo‗ling.
7. Ochiq joyda bo‗lsangiz, binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. 
Transportda bo‗lsangiz, ochiq joyda to‗xtating, tebranish o‗tib ketguncha kuting.
8. Tebranish qaytarilsa, hayron bo‗lmang. Odatda birinchi zarbadan so‗ng 
qayta zarbalar bo‗lishi muqarrar. Ular hatto bir necha kunlargacha davom etadi. 
Ayrim holatda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta zarar yetkazadi.
9. Eng muhimi, asabiylashmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish tuting.
 
Zilzila bo‘lib o‘tgandan so‘ng nima qilmoq kerak? 
1. Osoyishtalikni saqlagan holda harakat qilish lozim.
2. Yong‗in va boshqa noxushlik yuzaga kelgan bo‗lsa, tegishli joylarga xabar 
berish kerak. Yong‗in xavfiga ega joylarni bartaraf eting 
3. Birinchi yordam zarur bo‗lsa, tashkil eting. Tibbiy yordamga muhtojlarni 
aniqlang. 
4. Suv, gaz, elektr tarmoqlarida shikastlanish bor-yo‗qligini aniqlang. Zinhor 
gugurt va shamdan foydalanmang. Elektr tarmog‗ini asosiy tayanch nuqtadan uzing. 
Elektr tarmoqlariga yaqin yurmang, ularni ushlab ham tekshirmang.
5. Yordamingiz zarur bo‗lmagan joylarga bormang. Kanalizastiya tarmoqlarini 
ko‗zdan kechirmaguncha, undan foydalanmang.
6. Buzilgan binoda ehtiyot choralarini ko‗rgan holda harakat qiling.
7. Bezovta bo‗lgan yosh bolalar va aholini tinchlantiring, ortiqcha asabiylikka 
yo‗l qo‗ymang. Avvalo, oila a‘zolaridan, qo‗ni-qo‗shnidan, so‗ngra maktab, bog‗cha 
va boshqa muassasalardan xabar oling. Qutqaruv ishlarida qatnashayotgan ichki 
ishlar, tibbiyot va boshqa soha xodimlariga yordam bering. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish