• Vulqon zilzilalari
  • Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalar
  • Tektonik zilzilalar
  • Texnogen zilzilalar
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi

    1. Tinch okeani seysmik mintaqasi - okeanni o‗rab turgan Amerika 
    qit‘asining tog‗li hududlari, Alpeka, Aleut, Kamchatka, Kuril orollari, Yangi 
    Gvineya, Yaponiya hududlari kiradi. 
    2. Alp-Himolay seysmik mintaqasi – O‗rta yer dengizi, Karpat, Kavkaz, 
    Markaziy Osiyo tog‗lari orqali Oltoy, Sayan Baykaldan Indoneyziya hududlari 
    kiradi. 
    Yer silkinishlari yuzaga kelish sabablariga ko‗ra quyidagi guruhlarga 
    bo‗linadi: 
    A- vulqon zilzilalari
    B – ag„darilish, o„pirilish zilzilalari 
    V - tektonik zilzilalar 
    G - texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog„liq zilzilalar). 
    A. Vulqon zilzilalari - vulqon jarayoni, ya‘ni yer ostidagi magmaning vulqon 
    kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog‗liq yer silkinishiga vulqonli yer 
    silkinishi deyiladi. Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bog‗liq 
    bo‗lganligi sababli aksariyat ko‗p holatlarda ular aniq bashorat qilinadi. Shuning 
    uchun uning keltiradigan talafoti deyarli kuchli bo‗lmaydi. 
    B. Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalar - qoya sathlarida tog‗ jinslarining katta 
    bo‗laklari ag‗darilishi yoki tog‗larning o‗pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer 
    silkinishlari. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, ko‗p holatlarda 
    talafotsiz bo‗ladi. 
    V. Tektonik zilzilalar yer silkinishi turlari ichida katta maydonga 
    tarqaladigan va eng ko‗p talafot keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer 
    silkinishlari haqida gap ketganda litosfera o‗ramlarida bo‗ladigan harakat (tektonik 
    kuchlar) tushuniladi. 
    G. Texnogen zilzilalar - insonning muhandislik faoliyati bilan bog‗liq yer 
    silkinishlari asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bunday yer silkinishlari yirik 
    suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarini yer ostidan so‗rib 
    olish jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz beradi. 
    Yer silkinishlarining paydo bo‗lgan joyi zilzila o‗chog‗i, uning markazi esa 
    gipotsentr deyiladi. Gipotsentrning yer yuzidagi proeksiyasi epitsentr deyiladi. 
    Gipotsentr va epitsentr oralig‗idagi masofa zilzilaning chuqurligi deyiladi.
    Yerning eng ustki qatlami uning qobig‗i deyiladi. Yer qobig‗ining chuqurligi 
    quruqliklarda asosan 30-50 km ni tashkil etib, ba‘zi joylarda 70 km gacha boradi
    okeanlarda esa 6-8 kmga boradi.


    37 
    Keyingi qatlam mantiya bo‗lib, u 2900 km gacha davom etadi. So‗nggi qatlam
    2900 km dan to yerning markazigacha davom etib, u yadro qatlamidir.
    Yer qatlamlarida doimo murakkab kimyoviy, fizikaviy jarayonlar to‗xtovsiz 
    bo‗lib turadi. Bulardan birinchisi-solishtirma og‗irliklari og‗ir jinslarning doimo 
    pastga, yengil jinslarning yuqoriga harakati. Ikkinchisi-radioaktivlik xossasi asosida 
    bir jinsdan ikkinchisining hosil bo‗lishi yoki jinslarning bir holatdan ikkinchi holatga 
    o‗tishi natijasida energiya ajralishidir. Bunday reaksiyalar sodir bo‗lishiga sabab, 
    yerning chuqur qatlamlarida juda katta bosim va issiqlik mavjuddir. Bu esa 
    radioaktivlik xossasiga asosan bir jinsning ikkinchisiga aylanishi va issiqlik 
    energiyasi ajralishiga olib keladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan u yo‗qolib 
    ketmaydi. Hosil bo‗lgan energiya yerning ostida juda katta hajmdagi jinslarni 
    harakatga keltiradi. O‗z navbatida, bu kuchlar yerning ustki qatlamlarini, yer 
    qobig‗ini xarakatga keltiradi.
    Yer bloklari bo‗lingan joylarda (okean o‗rta tog‗liklari va quruqlik bloklari 
    tutashgan joylarda) keskin yer harakati bo‗lganligi uchun, shu joylarda yer tebranishi 
    kuzatiladi. Yer bloklari harakati sabablari murakkab jarayon bo‗lib, ular yer 
    ichkarisidagi qovushqoq issiq moddaning harakatidan, yer aylanma harakati 
    natijasida hamda issiqlik konveksiyasi natijasida, okean va tog‗liklarda yer ichki 
    moddalarining yuqoriga oqib chiqishi va boshqa omillar natijasida sodir bo‗ladi. 

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish