20
o‗tkazilib, shundan keyin tegishli qarorlar qabul qilishni ta‘minlash lozimligi va
bundan tashqari yog‗in-sochin mavsumini bexatar o‗tkazish borasida yana qanday
tadbirlar tashkil qilinishi va o‗tkazilishi mukammal bayon qilingan.
O‗zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni
tabiiy va texnogen tusdagi
FVlar sodir bo‗lganida yoki sodir bo‗lish ehtimoli tug‗ilganida aholini xavfsiz
joylarga vaqtinchalik hamda doimiy evakuatsiya qilishni yanada takomillashtirish
maqsadida
2006-yil 8-noyabrda “Tabiiy va texnogen tusdagi FVlar tug„ilganda
aholini evakuatsiya qilish bo„yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan.
Hozirgi
kunga kelib, jahonda, shu jumladan respublikamizda tabiiy va
texnogen tusdagi FVlarning keskin ortib borishi, ularning ko‗lamlari o‗zgarishini
hisobga olgan holda ushbu Tavsiyanomada FVDT va
FMning barcha tuzilmalari
xodimlarining respublika aholisini tabiiy ofat oqibat va boshqa xavflardan muhofaza
qilish borasida mas‘uliyati oshib borayotganligi, aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya
qilish tadbirlarining hozirgi zamon talablariga mos keladigan darajada tashkil
etishlari, buning uchun qanday tadbirlarni tashkil qilish va o‗tkazish lozimligi bayon
etilgan.
―Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli FVdan muhofaza
qilish to‗g‗risida‖gi qonunning qabul qilinishi FVdan muhofaza qilish sohasida davlat
siyosatini og‗ishmay
amalga oshirish, haqiqiy xavf-xatar manbalari va ularning
tabiatini anglab etish har bir kishiga yuz berishi mumkin bo‗lgan avariya, halokat,
tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganini sezish imkoniyatini beradi. Shu qonun
talablarini bajarish hamda respublika aholisini FVlardan
ogoh etish tadbirlarining
yanada ijobiy tomonga o‗zgartirish maqsadida 2006-yilda vazirlik tomonidan