17
Vazirlik tarkibida vazir (hay‘at raisi), lavozimi bo‗yicha vazir o‗rinbosarlari,
vazirlikning hamda unga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek,
boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari bo‗lgan 9-kishidan iborat hay‘at
tuzilgan.
FVVgi vakolatiga kiritilgan muhim muammolarga oid tavsiyanomalarni ko‗rib
chiqish va tayyorlash uchun ilmiy-texnika kengashi tashkil etilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 23-dekabrda
qabul qilingan
558-sonli ―
O„zbekiston Respublikasi FVlarda ularning oldini olish
va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to„g„risida”gi qarori. FVDT boshqaruv
organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlari, aholi va hududlarni FVdan
muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxona va
muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda FVning oldini olish va
bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish, ular yuzaga
kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va
harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta‘minlashga mo‗ljallangan.
Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik
boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari,
xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan
yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining respublika, mahalliy va obyektlar
darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil
etuvchi vazirlik va idoralar ro‗yxati ilova qilingan bo‗lib, ulardan har birining
FVlardan muhofaza qilish sohasidagi funksiyalari keltirilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 27-oktabrrdagi