14
moddalarda FMning asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni
buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to‗g‗risida ma‘lumotlar berilgan.
―FMga rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarning FM sohasidagi
vakolatlari‖
deb nomlangan 2-bo„limning asosiy maqsadi FMga rahbarlikni amalga
oshiruvchi FM sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, vazirliklar,
idoralar,
mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish
organlarining vazifalari nimalardan iborat degan savollarga javob berishdan iborat.
FM sohasidagi fuqarolarning
huquq va majburiyatlari 3-bo„limda keltirilgan.
Fuqarolar o‗z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun FM sohasida yetarli
bilimga ega bo‗lishlari zarur. Shu sababli ham ularni FM sohasida o‗rgatish 1b-
modda bilan umumiy va majburiy deb belgilab qo‗yilgan.
―FM xizmatlari va kuchlari‖ -
FM
tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur
xizmatlar va kuchlar, tuzilmalarning tarkibini aniqlash
4-bo„limda ko‗rsatilgan.
5-bo„lim -―FMni moliyaviy ta‘minlash. FM obyektlari va mol–mulki‖ deb
nomlangan. Bu bo‗limda FMni moliyalash, FM qo‗shinlarining
asosiy fondlari,
obyektlari va mol-mulki masalasi ko‗rib chiqilgan.
―
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to„g„risida” 1999-yil 20-avgustda
qabul qilingan bo‗lib - 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning
maqsadi:
gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish,
ulardan
foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatishda
xavfsizlikni taminlash bo‗yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keluvchi
munosabatlarni tartibga solishdir.
Qonunda
gidrotexnika inshootlari, foydalanuvchi tashkilot, FV, gidrotexnika
inshootlarining xavfsizligi,
xavfsizlik deklaratsiyasi, xavfsizlik me‘zonlari,
gidrotexnika inshooti avariya xavfining yo‗l qo‗yiladigan darajasi kabi
tushunchalarga ta‘rif berilgan. Bundan tashqari qonunda Vazirlar Mahkamasi,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‗rsatib berilgan hamda
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati haqida so‗z yuritilgan.
―Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‗g‗risida‖gi
qonun hujjatlarini
buzishda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‗lishlari alohida
belgilab qo‗yilgan.