Glossariy……………………………………………………………………..  192  List of refyerences




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi
1-amaliy kompyuterni tashkil etish, Kurs ishi. Quvvatov Umidjon 4K, 155357
Glossariy…………………………………………………………………….. 
192 
List of refyerences………………….................................................................. 
212 
 
 
 



KIRISH
 
XX asrning so‗nggi yillariga kelib, xavfsiz hayotni ta‘minlash masalalari eng 
dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli 
ko‗rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta‘minlanishi, tabiiy 
rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, aholi salomatligi
atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga tahdid solib qoldi. Shu 
sababdan ham O‗zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq eng muhim 
vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil tabiiy ofatlardan, FV 
lardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash masalalari o‗rin oldi. 
Butun jahon ―Qizil xoch va Yarim oy‖ jamiyati tashkiloti ma‘lumotlariga 
ko‗ra oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb bir milliard 
insonlar jabrlangan, yiliga qirq million kishi va bulardan ko‗rilgan moddiy zarar 
miqyosi yiliga qariyb ikki yuz milliard AQSh dollarini tashkil etgan. 
Sayyoramizning turli burchaklarida sodir bo‗layotgan voqealarni umumlashtirib 
tahlil qilsak, tabiiy ofatlar yildan-yilga ortib borib, keng maydonlarni qamrab 
olayotganligini ko‗rayapmiz. 
Ko‗pgina davlatlarda olib borilayotgan izlanishlarga ko‗ra yuzaga kelishi 
mumkin bo‗lgan hodisalarni oldindan o‗rganish, bashoratlash, uning negizida 
ogohlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, nafaqat noxush vaziyatlar 
keltiradigan iqtisodiy zararni tejab qolish, balki insonlar o‗rtasidagi shikastlanish 
ko‗rsatkichlarini pasaytirishga olib keladi. 
Biz yangi ming yillik sharoitida yashar ekanmiz, avvalo, yangicha fikrlash
yangicha yashash sharoitiga o‗tish lozim. Bu sharoitda inson-tabiat-jamiyat 
o‗rtasidagi muvozanatni saqlash faqat qonunlar ustivorligi va keng ko‗lamda 
izlanishlar asosida bo‗lishi mumkin. 
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‗ng tashkil etilgan Favqulodda 
Vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham FVlarda aholi hayoti, 
sog‗lig‗ini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani 
samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy
muhandislik-texnik, maxsus asoslariga ega bo‗lishimiz zarur. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma aynan ana shu masalalar bilan tanishtirish maqsadida 
tayyorlangan. To‗plamni tayyorlashdan ko‗zda tutilgan maqsadlardan biri talabalarni 
sodir bo‗lishi ehtimoli bo‗lgan FVlar, bunday FVlarning oldini olish, ularni bartaraf 
etish, ulardan aholini hamda hududlarimizni muhofaza qilish yo‗llari bilan 
tanishtirishdan iborat. 
Ushbu o‗quv qo‗llanmada tabiiy ofatlarning kelib chiqish sabablari, jug‗rofiy 
tarqalishi va oqibatlari to‗g‗risida ma‘lumotlar bilan birga, eng muhimi, bunday 
noxush vaziyatlarda odamlarning ortiqcha his-tuyg‗u, hayajonga berilmasdan va 
sarosimaga tushmasdan qilgan oqilona xatti-harakatlari, amaliy tajribalari qanday 
bo‗lishi zarurligi ishonchli dalillar bilan keltirilgan. 
Mazkur o‗quv qo‗llanma iqtisodiyot yo‗nalishidagi hamma talabalarning 
savodxonligini oshirishga mo‗ljallangan bo‗lib, ba‘zi kamchiliklardan xoli emasligini 
e‘tiborga olgan holda, o‗z fikr va mulohazalaringizni Jismoniy madaniyat kafedrasiga 
bildirishingizni so‗raymiz.


10 

Download 6,38 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Glossariy……………………………………………………………………..  192  List of refyerences

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish