• O„zbekiston Respublikasi
  • -bob. FAVQULODDA FUQARO MUHOFAZASI VAZIYATLARDA




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi

    1-bob. FAVQULODDA FUQARO MUHOFAZASI VAZIYATLARDA 
     
    1.1. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi
    vazifalari va ahamiyati 
    Aholi va hududlarni FVlardan (favqulodda vaziyat) muhofaza qilishning 
    qonuniy asosini O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 
    farmonlari, 
    O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar 
    Mahkamasining qarorlari va FVlar vazirining ko‗rsatma va boshqa tegishli me‘yoriy 
    hujjatlari tashkil etadi. 
    Bizga ma‘lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat 
    yuritib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat 
    aholisini yalpi qirg‗in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush 
    sharoitida iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini ta‘minlash hamda halokat 
    o‗choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o‗z vaqtida samarali amalga oshirishdan 
    iborat edi. 
    Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg‗in qurollari emas, balki boshqa 
    xavf-xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni aslo nazardan chetda qoldirish mumkin 
    emas. Bular turli FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlardir. Davriy ravishda sodir 
    bo‗lib o‗tgan halokatli vaziyatlar, fuqaro mudofaasining o‗rni va vazifalariga 
    boshqacha ko‗z bilan qarash kerak ekanligini ko‗rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi 
    qo‗shinlari bunday yirik ko‗lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas 
    ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolish 
    mumkin emasligi, ular oldiga qo‗yilgan vazifalar ko‗lamini kengaytirish lozimligi 
    ayon bo‗lib qoldi.
    90-yillarga kelib, yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish 
    cheklab qo‗yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf etildiki, ular odamlar 
    uchun xavfli bo‗lmay, balki iqtisodiyot obyektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. 
    Bu fuqaro mudofazasi tizimi o‗rnida yangi tizim, ya‘ni FM (fuqaro muhofazasi) 
    tizimini tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi. 
    FM - harbiy harakatlar, FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar ro‗y bergan 
    paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keluvchi xavflardan O‗zbekiston 
    Respublikasi aholisi, hududlari, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish 
    maqsadida o‗tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi. 
    Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat 
    tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‗rindadir. Asosiy qomusimiz 
    bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining asosini ham inson, uning qadr-
    qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashash huquqi Konstitustiya 
    bilan muhofaza qilinadi. 
    O‗zbekitson Respublikasi Prezidenti FVlar, real tashqi xavf, ommaviy 
    tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar yuz bergan taqdirda 
    fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlashni ko‗zlab, O‗zbekistoan Respublikasining 
    butun hududida yoki uning ayrim joylarida Favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan 
    qarorini uch kun mobaynida O‗zbekitson Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‗iga 
    kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. 
    Oliy majlisning vakolatlariga O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 


    11 
    umumiy yoki qisman safarbarlik e‘lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning 
    muddatini uzaytirish va to‗xtatish to‗g‗risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi. 
    Respublikamiz FVVgining asosiy vazifalaridan biri FVlarda aholi hayoti va 
    sog‗ligini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani 
    samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, 
    muhandislik texnik, maxsus asoslariga ega bo‗lishimiz zarur.
    Har bir rahbar, har bir FVlardan muhofaza qilish sohasining xodimi texnogen, 
    tabiiy va ekologik FVlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berish, tezlik bilan 
    tegishli qarorlar qabul qilish, qidiruv-qutqaruv va shoshilinch ishlarni o‗tkazishda 
    boshqaruvni amalga oshirish yo‗llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega 
    bo‗lishni kerak. 
    Aholining va hududlarni FVlardan muhofaza qilish –FVlarning oldini olish va 
    ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa‘y harakatlari majmui. 
    FVlarni oldini olisholdindan o‗tkazilib, FVlar ro‗y berishi xavfini imkon 
    qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‗y berganda esa odamlar sog‗ligini saqlash, 
    atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini 
    kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. 
    FVlarni bartaraf etish – FVlar sodir bo‗lganda o‗tkazilib, odamlar hayoti va 
    sog‗ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar 
    miqdorini kamaytirish, shuningdek, FVlar sodir bo‗lgan zonalarni xalqaga olib, xavfli 
    omillar ta‘sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib 
    bo‗lmaydigan boshqa ishlar majmui. 
    Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida qo‗yilgan dadil 
    qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofazasi va FVlar 
    boshqarmasining, so‗ngra esa shu boshqarma negizida O„zbekiston Respublikasi 

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. FAVQULODDA FUQARO MUHOFAZASI VAZIYATLARDA

    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish