13
tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish to‗g‗risida‖,
―Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli FVlardan muhofaza qilish
to‗g‗risida‖, ―FM to‗g‗risida‖, ―Qishloq xo‗jalik o‗simliklarini
zararkunandalar,
kasalliklar va begona o‗tlardan himoya qilish to‗g‗risida‖, ―Radiatsiyaviy xavfsizlik
to‗g‗risida‖, ―Terrorizmga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi qonunlar shular jumlasidandir.
―Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli FVlardan muhofaza
qilish to‗g‗risida‖gi qonun 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan bo‗lib - 5 bo‗lim va
27 moddadan iborat. Ushbu qonun FVlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy
hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonun aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen
xususiyatli FVdan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi
hamda FVlar ro‗y berishi va
rivojlanishining oldini olish, FVlar keltiradigan
talafotlarni kamaytirish va FVlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‗yadi.
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari,
korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan aholi va hududlarni FVda muhofaza
qilishning asosiy tamoyil, maqsad,
vazifa va usullari aniqlanib, mustahkamlab
qo‗yilgan.
1-bo„lim ―Umumiy qoidalar‖ deb nomlanib, o‗z ichiga 1-5-moddalarni oladi.
Ularda qonunning asosiy maqsadi, FVlar bo‗yicha asosiy tushunchalar,
qonun
hujjatlari, muhofazaning asosiy tamoyillari va FVga oid axborotlar qanday bo‗lishi
lozimligi ko‗rsatib berilgan.
2-bo„limda – ―FVlardan muhofaza qilishni ta‘minlash tizimi‖ 6 –14-moddalar
- muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‗z
yuritiladi. FVning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi
(FVDT), Vazirlar Mahkamasi, FVV,
vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat
organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari
belgilab berilgan.
―Fuqarolarning huquq va majburiyatlari‖ deb nomlanuvchi
3-bo„lim
qonunning asosiy bo‗limi hisoblanadi. Chunki
ushbu qonun umuman ayni inson,
uning hayoti, salomatligi va shaxsiy mulkini muhofaza qilishga qaratilgan. Bu
bo‗limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda ko‗rib chiqilgan.
20-25-moddalar qonunning
4-bo„limi tashkil etadi. Bu bo‗lim ―FVlarni
bartaraf etish‖ga bag‗ishlangan bo‗lib, FVlarni bartaraf etish uchun zarur kuch va
vositalar, FVlar ro‗y bergan zonalar chegarasi, qo‗shimcha
kuch va vositalar
qayerdan olinadi kabi savollarga javob beradi.
―Yakunlovchi qoidalar‖ deb nomlanuvchi
5-bo„lim moliyaviy va moddiy
resurslarning zaxiralarini barpo etish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Bu
yerda aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunni buzganlik
uchun
tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar javobgar bo‗lishlari ham ta‘kidlab
o‗tilgan.