|
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risidaBog'liq Fuqaro muhofazasi“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida‖gi
qonun 2006-yil 28-sentabrda qabul qilingan. 23 moddadan iborat bo‗lib, maqsadi
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Respublikamiz hukumati tomonidan FVVgi tashkil topgan kundan e‘tiboran
aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas‘uliyati va jamiyat taraqqiyotining
huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha rahbar va me‘yoriy hujjatlar qabul qilindiki,
ular o‗z navbatida, FVdan muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni oydinlashtirib
berishga qaratilgan. Bu hujjatlar jumlasiga O‗zbekiston Resdublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va FVVning qabul qiladigan tashkiliy ko‗rsatmalari ham
kiradi.
“Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV)
kasalligining oldini olish to„g„risida”gi 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan bo‗lib
- 13 modda iborat. Qonunda OITS/OIV kasalligining oldini olish sohasidagi davlat
ta‘minoti, kasallikning oldini olish bo‗yicha faoliyatini moliyalash, fuqarolarning
xuquq va majburiyatlariga doir masalalar yoritilgan.
“Qishloq xo„jalik o„simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona
o„tlardan himoya qilish to„g„risida”gi qonun 2000-yil 31-avgusda qabul qilingan.
Maqsadi: qishloq xo‗jaligi o‗simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona
o‗tlardan himoya qilishni ta‘minlash, o‗simliklarni himoya qilish vositalarining inson
sog‗lig‗iga, atrof-muhitga zararli ta‘sirining oldini olish bilan bog‗liq munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida”gi
qonun. 2006-yil 28-sentabrda qabul qilingan bo‗lib, 23 moddadan iborat. Qonunning
maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
|
| |