64
№
Yong„in chiqish sabablari
Nisbat (%)
1.
Chekish, yonuvchi moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritishda foydalanish
oqibatida
26
2.
Bolalarning o‗t bilan o‗ynashi oqibatida
14
3.
Elektr jihozlaridan foydalanish qoidalarini qo‗pol ravishda buzish
oqibatida
13,5
4.
Pechka va tutun quvurlarini noto‗g‗ri o‗rnatish natijasida
8,5
5.
Payvandlash ishlarida yong‗in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida
2,3
6.
Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarini buzish oqibatida
1,2
Yong‗in bilan kurash muvaffaqiyatli o‗tishi har bir kishining yong‗inda harakat
qilinish ketma-ketlikligiga rioya qilishiga bog‗liq.
Har bir obyektning xususiyatiga ko‗ra yong‗inga qarshi o‗ziga xos tartib
belgilanadi:
obyektlarga olib chiqadigan yo‗llar tartibliligi; materiallar, tayyor
mahsulotni saqlash normalari; ochiq olovdan foydalanish qoidalari;
obyektga transportning kirish-chiqishi; yong‗inga qarshi asbob-
uskunalarning yetarliligi; korxonaning yong‗inga qarshi kurash haqida boshqa
me‘yoriy hujjatlari va ko‗rsatmalariga rioya qilinishi.
Umumiy qoidalar asosida sex, uchastkalar, omborlar, bo‗limlarda yong‗inga
qarshi tartiblar belgilanadi:
avval yong‗inga qarshi kurash qoidalari; yong‗in boshlanganda ishchi va
xizmatchilarning burch va vazifalari; yong‗in chiqqanda korxonadan odamlarni
evakuatsiya qilish tartibш; yonilg‗i moylarni saqlash qonun-qoidalari.
Yong‗in paydo bo‗lganda, dastlabki harakat uning manbaini tugatishga
qaratilishi kerak, shu bilan birga elektr manbalarini o‗chirmasdan suvdan foydalanish
mumkin emas, aks holda u inson hayotiga xavf tug‗dirishi mumkin.