70
moddalarning atrof-muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud. Bular
quyidagilar:
korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklar; uzoq muddat ishlatilgan
uskuna-jihozlarning eskirishi;
moddalar ishlab chiqarishda, tashib borishda yo‗l
qo‗yilgan xatoliklar tufayli;
portlash, yong‗in sodir bo‗lishi, falokatlar tufayli; moddalar bilan ishlash,
ularni saqlashdagi xavfsizlik qoidalarining buzilishi tufayli;
chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga to‗liq javob
bermasligi; korxonada mehnat intizomi pastligi, mutaxassis va ishchilarniig malakasi
yetarli emasligi.
Kimyoviy va radiatsiyali muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
1. FVning vujudga kelishini taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning
uchun kimyoviy va radiatsiyali xavfli obyekt joylashgan to‗g‗risida aniq ma‘lumotga,
korxona haqida,
moddalar miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyi, yashaydigan
joylaridan qanday oraliqda joylashganligi to‗g‗risida aniq, matlumotga ega bo‗lishlari
kerak.
2. KTZM va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash talablarini to‗liq bajarish,
moddalarning ta‘sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta‘minlashni
tashkil etish.
4. Kimyoviy va radiatsiyali nazorat va tekshirish ishlarini o‗z vaqtida amalga
oshirish.
5. FVlarning oldini olish va unga barham berish
uchun kerakli kuch va
vositalarning doimo shay turishini ta‘minlash.
6. Kimyoviy va radiatsiyali xavf vujudga kelgan FVlarda fuqarolarning qanday
vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiatsiyali vaziyatni oldindan taxminlash va baholash.
a) vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:
- FVning aniq turini bilish;
- vaziyat tafsiloti va ko‗lamini aniqlashning ishonchli usullari, uskuna-
jihozlarini topish;
- FM kuchlari va aholini o‗z vaqtida ogohlantirish;
- talafotlar va moddalar zararlarning oldini olish yoki ularning ta‘sir kuchini
sezilarli darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‗rish;
- FM kuch va vositalarini FVlarni yoki ular oqibatlarini yo‗qotshga tayyorlab
qo‗yish.
b) vaziyatni oldindan baholash.
- olingan ma‘lumotlarni aniqlash;
- kimyoviy va radiatsiyali halokatning tafsilotini belgilash (turi, vaqti, tarqalish
maydoni, holati va h.k.);
- hudud tafsiloti (aholi
yashash joyi, uy-joylarning yaqin-uzoqliga, transport
yo‗llarining bor-yo‗qligi, ob-havo sharoiti (yil fasli, kun, ob-havo holati);
- zaharlangan havo oqimi yetib keladigan vaqt va qancha muddat ta‘sir
ko‗rsata olishini bilish;
71
- zararlangan hudud maydonida qancha odam qolgan, qanchasi talafot ko‗rishi
ehtimolini aniqlash;
- maxsus ishlov berishdan o‗tkazuvchi kishilar, texnika, uskunalar miqdorini
aniq bilishlari kerak.
Baholashga ko‗ra to‗plangan ma‘lumotlarni tahlil asosida qisqacha xulosalar
qilgan holda, qilinishi kerak bo‗lgan ishlarni belgilab olish kerak. Kimyoviy va
radiatsiyali xavfli inshootlarda sodir bo‗lishi ehtimoli bo‗lgan
halokat tufayli
tarqalgan KTZM va radioaktiv moddalardan zararlanishdan ogohlantirish va
muhofaza qilish tadbirlarini to‗g‗ri tashkil etish kerak. Turli xildagi FVlar oqibatlarini
tugatish tajribasiga ko‗ra, FVlar turi haqida o‗z vaqtida kerakli ma‘lumotga ega
bo‗linsa, bunday holatlarda aholi qanday harakat qilishga o‗rgatilgan bo‗lsa,
ko‗riladigan talafotlarning oldini olishga, moddiy zararni qisman bo‗lsa
kamaytirishga erishish mumkin. Kishilarni vaziyatga kelgan xavf oldida dovdirab
qolmasliklari, kerak vaqtda aniq tez harakat qilish, qutqarish ishlarini unumli
o‗tkazishga imkon beradi. Shu sababli
barcha yoshdagi fuqarolar, o‗z ish
faoliyatlaridan qat‘iy nazar muhofaza tadbirlarini bilish uchun o‗qitilishi, muntazam
malakasini oshirib borishi lozim.
Shu sababli yuqorida ko‗rib o‗tilgan kimyoviy radiatsiyali xavfli obyektlarda
sodir bo‗lish ehtimoli bo‗lgan halokatlarning kelib chiqish sabablarini taxmin qilish
va baholash to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish natijasida kerakli chora-tadbirlar
ishlab chiqiladi.
Bunday favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tadbirlari quyidagalardan
iborat:
yuz berish ehtimoliga ega FVni taxmin qilish va baholash;
mahsulot ishlab
chiqarishning texnologik jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
kimyoviy va radiatsiyali xavfli moddalarni tashib keltirishda ularning
xavfsizligini ta‘minlash; korxona va inshootlardagi xodimlarni
texnika xavfsizligi
qoidalariga rioya qilishga o‗rgatish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
FVlardan aholini muhofaza qilish rejalarining unumligi va bajarishga imkon
berish; kimyoviy va radioaktiv xavfli inshootlarda sodir bo‗lish ehtimoliga ega FV
oqibatlarini tugatishga kerakli kuch va vositalarning mavjudligi va tayyorligini
ta‘minlash.
Shuning uchun FVlarga baho berish, ularning oqibatlarini iloji boricha
kamaytirish uchun sodir bo‗lgan ofat yoki FVni bashoratlashni yaxshi bilishimiz,
talafotlarining oldini olishni usullarini o‗rganishimiz,
ishlab chiqarish korxonari,
zavod-fabrikalar, iqtisodiyot obyektlari va iqtisodiyotimizning boshqa obyektlarida
texnika xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilinishini yaxshi yo‗lga qo‗yishni
ta‘minlashni o‗rganishimiz hamda tabiiy, texnogen va ekologik turdagi FVlar
bo‗yicha tushunchaga ega bo‗lishimiz lozim.