• Radiatsion xavfli inshoot
  • Radiatsion halokat
  • Radioaktiv xavfli obyektlaridagi avariyalar




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi

     
    Radioaktiv xavfli obyektlaridagi avariyalar. 2000-yil 31-avgustda 
    radiatsiyali holatlar va ularning xavfsizligi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi 
    ―Radiatsiyali xavfsizlik to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning 
    maqsadi insonlar hayoti, sog‗lig‗i va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni 
    ionlantiruvchi nurlanish, radioaktiv ifloslanishlarning zararli ta‘sirlaridan muhofaza 
    qilishni 
    ta‘minlash 
    bilan 
    bog‗liq 
    masalalarni tartibga solishdan iborat. 
    Ma‘lumki, o‗zidan nur tarqatish va 
    odam 
    organizmida 
    ―nurlanish‖ 
    deb 
    nomlanadigan kasallikni vujudga keltirishi 
    mumkin bo‗lgan radiatsiyali materiallar 
    iqtisodiyot 
    obyektlarining 
    bir 
    qator 
    sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatib 
    kelinmoqda. Bularni saqlash, to‗g‗ri ishlata 
    bilish, tashlab yuborish, qayta ishlash 
    jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya 
    etilmasa, og‗ir oqibatlar - atrof-muhitning 
    radioaktiv 
    ifloslanishi, 
    odamlar 
    va 
    mavjudotlarning nobud bo‗lishi va o‗simliklarning yaroqsiz holatga kelib qolishiga 
    sabab bo‗ladi.
    Radiatsion xavfli inshoot – muassasa bo‗lib, unda sodir bo‗lgan halokat 
    tufayli ommaviy radiatsiyali zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi 
    xavfli obyektlarda fuqaro muhofazasi 
    shayligini ta‘minlash maqsadida qonunning 
    2-moddasida 
    bayon 
    etilganidek, 
    radiatsiyali, kimyoviy va biologik vaziyatni 
    kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish 
    lozim. 
    Radiatsion halokat - sodir bo‗lgan 
    voqea bo‗lib, uning natijasida radioaktiv 
    mahsulotlar parchalanishi va nurlanish hosil 
    bo‗ladi. Radioaktivlik miqdori chegara-
    langan me‘yordan oshmasligi va inson 
    hayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga 


    69 
    keltirmasligi lozim. 
    Dunyo miqiyosida radioaktiv moddalardan AES-atom elektr stansiyalarida 
    foydalaniladi. Jahonda 500 dan ortiq reaktorlar mavjud va dunyo bo‗yicha 
    elektrenergiya ishlab chiqarishda AES larning ulushi 16 foizni tashkil etadi. AQShda 
    104, Fransiyada 59, Yaponiyada 55, Rossiyada 31, Angiliyada 23, Janubiy Koreyada 
    20, Kanadada 18, Germaniyada 17, Ukrainada 15 ta AES mavjud. 
    Radiatsiyali xavfsizlik - fuqarolar va atrof-muhitning ionlashtiruvchi 
    nurlanishning zararli ta‘siridan muhofazalanganlik holati. 
    Kimyoviy va radiatsiyali muhofazaning eng asosiy vazifasi kimyoviy xavfli 
    obyektlar (KXO) va radiatsiyali xavfli obyektlardagi halokatlar bilan bog‗liq 
    favqulodda vaziyatlarning oldini olishdan iborat. Misol tariqasida ayrim FVlarni 
    keltirish mumkin: Amerikaning ―Yunion Korbayt‖ kompaniyasiga qarashli kimyo 
    zavodida gaz quvurlaridan 40 tonna o‗tkir zaharlovchi moddaning tashqi muhitga 
    oqishi oqibatida ulkan falokat ro‗y berdi. 2000 kishining hayotiga zomin bo‗lgan 
    mana shu hodisa tufayli 80 ming nafar fuqaro zaharlanib, salomatligiga jiddiy ziyon 
    yetdi. 
    1986-yil 26-aprel kuni Chernobil AESdagi halokatli hodisa tufayli kamsuqum, 
    mo‗‘jazgina ukrain shaharchasining nomi dunyoga yoyildi. Halokatning dastlabki 
    daqiqalarida 30000 kishi hayot bilan vidolashdi. Radiatsiya asorati keyinchalik yana 
    ko‗p ming kishining o‗lishiga olib kelgan. Radioaktiv parchalanishlar Ukrainaning 11 
    ta viloyatiga tarqalgan.
    Chernobildagi AES halokati to‗g‗isida 1987-yildagi sud ma‘lumotiga ko‗ra, 
    AESda oddiy intizom qoidalariga rioya qilish, javobgarlikni sezish juda pasayib 
    ketgan. Stansiya direktori halokatdan keyin ham radiatsiyaviy tekshiruvni 
    o‗tkazmagan, o‗tkazish uchun kerakli zamonaviy uskuna, moslamalar bo‗lmagan, 
    gazdan saqlash vositasi stansiyada ishlovchi xodimlarda bo‗lmagan, halokat 
    to‗g‗risidagi ma‘lumot o‗z vaqtida e‘lon qilinmay, 36 soat o‗tgandan so‗ng e‘lon 
    qilingan. 
    Stansiya xodimlari aniq harakat qilishlari lozimligini bilmaganlar. 21 mln m
    3
    uskunalarning ustki yuzasi maxsus tozalashdan o‗tkazilmagan. 500 ming m
    3
    yer 
    yuzasining tuprog‗i ko‗chirilib, ko‗mib yuborilgan. 600 ta qishloq zaharli radioaktiv 
    modadlardan zararsizlangirilgan. 
    2011-yil 11-martdagi Yaponiya zilzilasi natijasida Fukusuma AESdagi
    reaktorlarda portlash ro‗y berdi. Avariya natijasida juda katta hududda radioaktiv 
    ifloslanish yuzaga keldi.

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Radioaktiv xavfli obyektlaridagi avariyalar

    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish