72
o‗rtasida kasallikning odatda ushbu hududda qayd etiluvchi darajasidan anchagina
kattaga bo‗lgan darajada vaqt va fazoda bir vaqtda rivojlanadigan yuqumli
kasallikning tarqalishi.
Panzootiya - qishloq xo‗jaligi hayvonlari yuqumli kasalligining katta hududda
butun bir mintaqa, bir necha mamlakat va materiklarni qamrab olgan holda bir vaqtda
ommaviy tarqalishi.
Enzootiya - tabiiy vy xo‗jaligi iqtisodiy sharoitlari kasallikning hamma yerga
tarqalishiga yo‗l qo‗ymaydigan aniq bir joy, xo‗jalik yoki aholi yashash joylarida
qishloq xo‗jaligi hayvonlari o‗rtasida bir vaqtda tarqalishi.
Hayvonlarning barcha yuqumli kasalliklari 5 guruhga bo‗linadi:
1-guruh - elimentar infeksiyalar. Tuproq, yem, suv orqali o‗tadi. Ovqat hazm
qilish tizimi zararlanadi. Bunday infeksiyalarga kuydirgi, oqsim, manqa, brutsellez
kiradi.
2-guruh - respirator infeksiyalar. Nafas olish yo‗llari shilliq pardalari va
o‗pkaning zararlanishi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‗li bilan yuqadi. Ushbu
kasalliklarga paragripp, ekzotik zotiljam, qo‗y va echki chechagi, go‗shtxo‗r
hayvonlar vabosi kiradi.
3-guruh - transmissiv infeksiyalar. Qon so‗ruvchi bo‗g‗imoyoqlilar yordamida
o‗tadi. Qo‗zg‗atuvchilari doimo yoki alohida davrlarda qonda bo‗ladi. Bu
kasalliklarga ensefalomielit, tulyaremiya, otlarning yuqumli anemiyasi taalluqlidir.
4-guruh - ko‗zg‗atuvchilari teri orqali vositachilar ishtirokisiz o‗tadigan
infeksiyalar. Qoqshol, quturish, sigir chechagi ushbu kasalliklar sirasiga kiradi.
5-guruh - aniqlanmagan yo‗l bilan zararlovchi infeksiyalar.
O‗ta xavfli kasallik epizootiyasining shakllanish manbalari sel oqimlari, suv
toshqinlari, davlat veterinariya xizmati bilan kelishmay turib yer ishlarini olib borish,
chetdan olib kiriladigan hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, yem va boshqa vositalar,
chetdan uchib keluvchi yovvoyi parrandalar to‗planadigan joylar, o‗ta xavfli
kasalliklar o‗choqlari mavjud joylarda kemiruvchi va hasharotlar sonining ortishi va
biologik terrorizm bo‗lishi mumkin.