Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Xabar berish markazlashgan tizimi: 
 shaharlar, tumanlar, obyektlar va qishloqlarda yirik aholi punktlarida 
markazlashgan va markazlashmagan tarzda ―Diqqat barchaga!‖ signalini berishni; 
simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish stansiyalarida og‗zaki 
axborot berish yo‗li bilan aholini xabarlashni; 
 signallarni va axborotni respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va 
idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlariga, 
ichki ishlar shahar, tuman bo‗limlariga etkazishni; xonadon va xizmat telefonlarida 
mansabdor shaxslarga doimiy (stirkulyar) bildirishni; 
 FMni bildirish signallarini iqtisodiyot obyektlari ishchi xizmatchilari, 
FVDT tuzilmalari va O‗zbekiston Respublikasining barcha aholisiga berishni 
ta‘minlashi kerak. 


86 
Xabar berishning lokal tizimlari. Halokatli suv toshqin ehtimoli mavjud 
hududlarda, atom energetikasi obyektlari va kimyoviy xavfli obyektlar turgan joylarda 
aholiga tezroq xabar berish uchun (ayniqsa Chernobil voqeasidan keyin) lokal 
tizimlari yaratish masalasiga alohida e‘tibor beriladigan bo‗ldi. Bunday tizimlar 
yordamida avariya sodir bo‗lgan obyektdagi ishchi va xizmatchilargagina emas, balki 
zaharlanish, vayron bo‗lish yoki halokatli suv toshqin ehtimoli bor hududga tushib 
qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin. 
Tezkorlik - lokal tizimlarning asosiy afzalligi bo‗lib, tezlik bilan bildirishdan 
iborat. Masalan: dispecher eng tang vaziyatlarda bir qarorga kelib signal berishi 
mumkin. Lokal tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalar (datchiklar)dan 
boshlanadi. Ular kimyo inshootlariga yoki
to‗g‗onlar korpusiga o‗rnatib qo‗yiladi. 
Signal datchiklari dispecherga tushadi, u inshootda ro‗y bergan FV haqida P-
164 boshqarish pulti elektron uskunalar, inshootdagi stirkulyar chaqirish qurilmalari 
va P-164 uzatgich (peredatchik) orqali telefonlar va radiokarnaylar orqali e‘lon 
qiladi. P-164 uzatgich zararlanish (suv toshqin) ehtimoli bor hududda yashab 
turgan aholiga xabar berishning lokal tizimi P-160 apparatini ulab
radiotranslyatsiya kanallari, elektr sirenalari va ko‗chadagi radiokarnaylarni ishga 
tushiradi. 
Respublika, viloyatlar shahar va shahardan tashqari hududlardagi 
boshqaruv punktlaridagi aloqa FVDT boshqarmalar, bo‗limlar va xizmatlar 
hamda hamkorlik qiluvchi boshqarmalar (qo‗shnilar), harbiy gornizon va harbiy 
komissarliklar, hamda razvedka guruhlari, ko‗chma va yordamchi boshqaruv 
punktlari, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar boshqaruv punktlari bilan 
birgalikda tashkil etiladi. Shahar (qishloq) tumanlari boshqaruv punkglari aloqanining
barcha mavjud kuch va vositalarini qo‗llab, FVlar boshqarma (bo‗lim)lari, 
evakuatsiya organlari, transport tashkilotlari, inshootlar boshqaruv punktlari, 
shahardan tashqari hududlar, o‗zaro hamkorlik qiluvchi (qo‗shni) tumanlar, 
mahalliy tuzilmalar, FM vazifalarini hal etish uchun ajratilgan harbiy qism va 
bo‗linmalar bilan aloqani tashkil etadi.
Aloqa va bildirishning markazlashtirilgan va lokal tizimlarini tuzish va doimiy 
shay holda saqlab turish aholiga FVlar xavfi yoki yuzaga kelishi haqidagi
axborotlarni o‗z vaqtida yetkazish imkonini beradi. Xabar berish aholiga 
tushunarli, avvaldan belgilangan shartli signallardan
boshlanadi. Maqsad 
aholining e‘tiborini insonlarning salomatligiga tahdid soluvchi xavfli vaziyat 
sodir bo‗lishi mumkinligiga qaratish va bunday vaziyatdatn harakat tartibini 
tushuntirishdan iborat. 
Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil 
qilingan bo‗lishi kerak. FM tadbirlarini o‗gkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar 
berish vositalari asosiy o‗rinni egallaydi. 
Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning 
hayqirig‗iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo‗r bo‗ladi. FMning ―Diqqat 
barchaga!‖ degan ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriemnik, radiokarnaylarni 
ishlatib qo‗yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki FVlar boshqarma
bo‗limlarining xabarlarini tinglash kerak. 
Bu tabiiy ofat yoki avariya oqibatlarini tugatguncha davom etishi lozim. Aholi 


87 
punktlari va iqtisodiyot obyektlarining radiotranslyatsiya tarmokdari kechayu kunduz 
ishlashga o‗tkazilishi kerak. 
Radioeshittirish va televidenie (jo‗r ovoz bo‗ladigan radiouzatgichlarni ham 
qo‗shib) respublika aholisiga xabar berish va axborotni etkazishning asosiy 
vositalari hisoblanadi. Xabar berish signallari va tegishli axborot butun hududga 
ham, shuningdek, hududlarni tanlab olib (viloyat tumani) ham berilishi mumkin. 
Ovozli xabarlarni Aloqa vazirligining yoki Davlat teleradiosining eshittirish 
studiyalaridagi suhandonlar (diktorlar) yoki viloyat, shahar, qishloq tumanlari 
ma‘muriy markazlardagi studiyalar va iqtisodiyot inshootlari dispecherlik 
punktlarining suhandonlari eshittiradilar. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar FVlar 
boshqarmalari asoslangan ovozli xabarlar matnini davlat va rus tillarida aytib
chiqishlari, ularni magnit tasmasiga (videokassetaga) yozib qo‗yishlari kerak.
Kechiktirib bo‗lmaydigan Favqulodda hollarda ovozli qisqa xabarlarni FVlar 
boshqarmasi tezkor navbatchisining bevosita ish o‗rnidan turib magnit tasmasidan 
yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri eshittirish tarzida (magnit tasmasiga oldin yozib olgan tarzda) 
eshittirishga 
tegishli 
FM 
boshliqlarining 
ijozati 
bilangina 
yo‗l 
qo‗yiladi. 
Radiotranslyastiya tarmog‗ini tanlab olish uchun P-164 apparatidan foydalaniladi. 
Bildirish signallari televidenieda ham, efirga ham bevosita uzatib yoki videomagnit 
tasmaga yozib olib yetkaziladi. Bu maqsadda respublika eshittirish dasturlari ishga 
solinadi. Viloyatlarda respublika dasturiga istalgan vaqtda kirib, viloyat 
teleradio markazlaridan axborot berib xabardor qilish imkoniyati bor. 
FVlar sodir etilganda aholiga bildirish tartibi quyidagicha bo‗lishi mumkin. 
Kimyoviy xavfli obyektda avariya bo‗lganda bunday axborot beriladi: ―Diqqat barchaga! 
Shahar FVlar bo‗limidan gapiramiz... Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta‘sir 
etuvchi zaharli modda - xlor chiqib ketib, avariya sodir bo‗ldi. Zaharlangan havo buluti ... 
yo‗nalishida tarqala bormoqda. Quyidagi shahar, tumanlar va viloyat aholi punktlari 
kimyoviy zaharlanish hududida qoladilar... Zaharlanish hududiga tushib qolgan kishilar 
uylaridan, muassasa, korxona, o‗quv yurtlaridan darhol chiqsinlar, shamol 
yo‗nalishiga perpendikulyar, eng qisqa yo‗l bilan xavfsiz joylarga o‗tsinlar. 
Tashqariga oldin ho‗llangan yoki 2% li ichimlik sodasi eritmasi, paxtali doka bog‗ich 
taqib olinglar. Zaharlangan havo buluti yetib kelguncha xonadondan chiqishga 
ulgirmasangiz, xonangizni eshik va derazalarini zichlab yopib, 
tashqaridan havo 
kirmaydigan qilib oling. Yerto‗lalar va uylarning pastki qavatlariga xlor havodan og‗ir 
bo‗lgani uchun, pastqam joylarga, yertulalarga oqib kiradi. Keyin esa Favqulodda 
bo‗limining ko‗rsatmasiga binoan yo‗l tuting. Hozir FVni talafotlarini bartaraf etish 
borasida ishlar olib borilyapdi. Axborotlarni kuzatib boring‖. 
Mana shu tartibdagi axborot bir necha marotaba beriladi.
FV xavfi tug„ilganda va sodir bo„lganida xavf darajasini ko„rsatuvchi ikkita 
bildirish belgilangan: 
1. Yuqori tayyorgarlik tartibi. 
2. Favqulodda tartibi. 
Ikkala tartibida ham FM tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
FVlarni bartaraf etish uchun shahar obyektlari va sanoat zonalari joylashishini 
hisobga olgan holda oqilona reja tuzish; ikkilamchi shikast o‗choqlari paydo bo‗lishi 


88 
xavfini kamaytirishni ta‘minlovchi texnologik jarayon, konstruksiyalar joriy etish, 
nodir uskunalarni qidirish; oson yonuvchan, portlash xavfi bor va kuchli zaharli 
moddalar hajmini iloji boricha kamaytirish, suyuqlik idishlarini muhofaza qilish, 
ulardan suyuqlik oqishini yo‗q qiladigan yoki cheklaydigan choralarni ko‗rish; 
FM signali berilganda va elektr energiyasi to‗satdan o‗chib qolganda ishlab 
chiqarishni avariyasiz to‗xtatish choralarini ko‗rish; FV sharoitida tashish ishlariga 
transportni tayyorlash; mavjud xo‗jalik aloqalari buzilgan taqdirda foydalanish uchun 
moddiy-texnika ta‘minoti rezervi va dublyaj qiluvchi bazalarini tayyorlash; 
tarmoq taraqqiyoti mobaynida obyektlarni, bo‗lib-bo‗lib tarqatib yuborish; 
ishlab chiqarishni yoki muhimroq mahsulotni har xil obyektlarda dublyaj qilib 
chiqarish; inshootlarni chuqurlashtirish, pastroq inshootlar qurish, vertikal 
konstruksiyalarni gorizontallariga almashtirish; inshootlardagi alohida elementlar 
orasida qo‗shimcha bog‗lanishlar o‗rnatish hisobiga konstruksiyalar pishiqligini 
oshirish; uskunalarni yonmaydigan yengilgina to‗siq konstruksiyalari bor imoratlarga 
o‗rnatish; 
eneriya ta‘minot tizimlari ishining barqarorligini ta‘minlash avtonom manbalar, 
dizel elektr stansiyalar-artezian quduqlar hisobiga; obyekt ta‘mirlanayotganda jo‗n va 
oson alanga oladigan konstruksiyalarni barqarorlik shartlariga javob beradigan 
konstruksiyalarga almashtirish. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish