81
qoladi. O‗simliklar shikastlanadi (zararlanadi), shuningdek, zararlangan oziq- ovqat
mahsulotlari, o‗simliklar, suv ham iste‘molga yaroqsiz bo‗lib qoladi. Zararlangan
mol-mulk texnika asbob - uskuna va boshqa predmetlardan foydalanish mutlaqo man
etiladi.
FV sodir bo‗lgan zonadan tarqaluvchi gamma-nurlar
va neytronlar oqimidan
iborat. Ular ming-minglab metrlarga tarqalishi, atom va molekulalar ionlanishini
keltirib chiqargan holda turli muhitlarga kirishi mumkin. Gamma nurlar va neytronlar
organizm to‗qimalariga kirib, biologik jarayonlar hamda organ va to‗qimalar
faoliyatini buzadi, natijada nur kasalligi rivojlanadi.
Aholi, hayvonlar, qishloq xo‗jaligi o‗simliklari, oziq-ovqat va suvlarning
radionukleidlar bilan zararlanishi juda katta talafotlarga olib kelishi mumkin. FV
tufayli tashqi nurlanish va bunda rivojlanadigan o‗tkir nur kasalligi katta xavf
tug‗diradi. O‗tkir nur kasalligi bir martalik
nurlanishda yuzaga kelib, 1 Grey (Gi
miqdoridagi) dozadan boshlanadi, bu esa 100 rentgen (R) ga tengdir. Nurlanish
paytida kishi hech qanday ta‘sirni bilmaydi.
Bir martalik doza deb, to‗rt kecha-kunduzdan
oshmaydigan davrda bir lahzada yoki bo‗lingan
qismlarda olingan doza tushuniladi. Bir martalik
nurlanish dozasi ko‗payishi bilan o‗tkir nur
kasalligining og‗irligi kuchayadi. Inson butun
tanasining bir martalik tashqi teng nurlanish
dozasining kattaligiga qarab o‗tkir
nur kasalligi
to‗rt og‗irlik darajasiga bo‗linadi: 1-2 Gi nurlanish
dozasida yuzaga keladigan yengil (I) daraja; 2-4 Gi
nurlanish dozasiga teng bo‗lgan o‗rta og‗irlikdagi
daraja (II); 4-
6 Gi nurlanish dozasidagi og‗ir (III) daraja; 6
Gi dan oshgan dozada nurlanishdan keyin
rivojlanadigan o‗ta og‗ir (IV) daraja.
Radiatsion jarohat olish xavfi mavjudligi
sababli radiatsiya darajasi yuqori bo‗lgan joyda
aholiga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish
mumkin emas. Bu sharoitda zarur muolajalarni
aholining o‗zi-o‗ziga va o‗zaro yordam
ko‗rsatishi, zararlangan hududda yurish-turish
qoidalariga qat‘tiq rioya qilishi muhim ahamiyatga ega.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan hududda ovqatlanish,
zararlangan
manbalardan suv ichish, yerga yotish mumkin emas. Ovqat tayyorlash tartibi va
aholini ovqatlantirish FV vazirligi organlari tomonidan joyning radioaktiv zararlanish
darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Radioaktiv zararlangan hududda birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishda gamma-
nurlanishini bartaraf etish yoki kamaytirish zarur, buning uchun boshpana, chuqurroq
joylashgan xonalar, g‗isht, beton va boshqa binolar kabi himoya vositalaridan
foydalanish mumkin. Radioaktiv moddalarning teri va shilliq pardalarga keyinchalik
ta‘sir ko‗rsatishining oldini olish uchun kiyim-kechak va poyafzalga qisman sanitar
82
ishlov
berilishi
va
qisman
dezaktivatsiyalanish o‗tkaziladi. Qisman
sanitar ishlov berish
tering ochiq joylarini
toza suv bilan yuvish yoki ho‗l tampon
bilan
artish
yo‗li
bilan
bajariladi.
Jarohatlangan ko‗z yuviladi, og‗iz chayqab
tashlanadi.
Keyin
jarohatlanganlarga
respirator, paxta-doka bog‗ichi kiygizilib
yoki
uning
og‗zi
va
burni
sochiq,
ro‗molcha, sharf yoki boshqa yumshoq
narsalar
bilan yopib, uning ustki kiyimi qisman
dezaktivatsiyadan
o‗tadi.
Bunda
kiyimdan
qoqiladigan chang boshqalarga tushmasligi uchun
shamol yo‗nalishi hisobga olinadi.
Radioaktiv moddalar organizmga tushganda
oshqozon
tozalanadi,
adsorblovchi
moddalar
(aktivlashtirilgan
ko‗mir)
beriladi.
Ko‗ngil
ayniganida shaxsiy dori qutichasidan qayt qilishga
qarshi dori ichiladi. Nurlangan shaxslar yuqumli
kasalliklarga
moyil
bo‗lishi
sababli,
ushbu
kasalliklarning oldini olish maqsadida № 2-
bakteriyaga qarshi vositani ichish tavsiya etiladi.
Radioaktiv moddalar bilan jarohatlanganlarga birinchi
tibbiy yordam berilgach, ular
FV sodir bo‗lgan hududdan uzoq bo‗lmagan shifoxonalarga evakuatsiya qilinadi.