77
shoshilinch tibbiy yordam ko‗rsatilishini talab qiladigan maktab, kasalxonalar,
kinoteatr
va boshqa ijtimoiy obyektlar, shuningdek, uy-joy sektori binolari
konstruksiyalarning to‗satdan buzilishi, yong‗inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
5. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan
foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog„liq avariyalar:
radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;
biologik vositalar va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va
tashishni amalga oshiruvchi ilmiy tadqiqot va boshqa muassalarda biologik
vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi bilan bog‗liq vaziyatlar.
6. Gidrotexnik halokat va avariyalar:
suv omborlari, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‗lar ko‗llardagi
suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar
o‗limi, sanoat va iqtisodiyot obyektlari ishining, aholi hayot faoliyati buzilishiga olib
kelgan avariyalar.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarning bajarilishi
texnogen xususiyatdagi FV natijasida sodir bo‗lgan
avariya va halokatlarning
ko‗lami, turi, FM kuchlarining hajmi hamda ularning tayyorgarlik darajasiga,
sodir bo‗lgan vaqtiga (yil davomida, kuni) ob-havoga va boshqa ko‗pgina
omillarga bog‗liq. Texnogen xususiyatli FVlar vaqtida bajariladigan ishlarga
tayyorarlikni tashkil etish, FM tuzilmalarining xatti-harakatlari oldindan
rejalalashtirilgan asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman,
shahar va viloyat
miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo‗lishi mumkin
deb bashorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdaga avariya va halokatlar
asos bo‗lib xizmat qiladi.
FVlar vaqtida FM tuzilmalarining xatti-harakatlari o‗z vaqtida tashkil
etilgan va olib borilgan razvedka ma‘lumotlari hamda ma‘lumotlarda aks
ettirilgan aniq shart-sharoitga bog‗liq. Razvedka ishlari FM kuchlarining
vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo‗lgan keyingi xatti-harakatlarga
bog‗langan holda olib boriladi.
Razvedka guruhi tarkibiga tabiiy ofat sodir bo‗lgan hudud, shu hududda
joylashgan korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatini
hamda iqtisodiyot
obyektlarini yaxshi biladigan mutaxassis kiritilishi kerak. Bordiyu, avariya yoki
halokat kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan yoki ishlab
chiqaradigan korxonada sodir bo‗lsa, razvedka guruhi tarkibiga albatta kimyogar
mutaxassis kiritilishi va u kerakli ish qurollari, anjomlari bilan ta‘minlangan
bo‗lishi lozim. Ushbu razvedka guruhida yana tibbiyot xodimi ham bo‗lishi kerak.
Texnogen xususiyatli FVlar natijasida sodir bo‗ladigan avariya va
halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga shu hududda joylashgan FVDT tuzilmalari
jalb etiladi. Zaruratga ko‗ra FM boshlig‗ining ko‗rsatmasiga bilan boshqa
chegaradosh hududlar, shaharlar, viloyat va vazirliklarga qarashli tuzilmalar ham
jalb etiladi. Qutqaruv otryadlarining yig‗ilish joyi ish bajariladigan yo‗nalishida
joylashgan aholiga
yaqin joylarda tashkil etiladi, tuzilmalarning bir hududda
yig‗ilishiga ketadigan ishlari uchun ajratilgan vaqt hisobiga FVlar oqibatlarini
bartaraf etish uchun tuzilmalar yig‗ilgan joydan to‗g‗ridan-to‗g‗ri va tezkorlik
bilan FV sodir bo‗lgan hududga yuboriladi. Belgilangan marshrut davomida
78
vayrona uyumlari va yong‗inlar, buzilgan ko‗priklar bo‗lishi mumkinligini
inobatga olgan holda tuzilmalarining harakati to‗xtab qolmasligini ta‘minlash
chora-tadbirlari ko‗rilishi kerak.
Texnogen xususiyatli FVlar sodir bo‗lgan hududga etib kelgan tuzilmalar
ish bajarilishi kerak bo‗lgan obyektga tez etib borishlarini ta‘minlovchi va ularga
ajratilgan joyga yig‗iladi. Ana shu yerda ular aniq vazifa oladi.
Tuzilma sardori tuzilma oldiga qo‗yilgan
vazifani muvaffaqiyatli
bajarilishiga mas‘uliyatli shaxs hisoblanadi. U vazifani olgach, uni qo‗l
ostidagilarga tushuntirib beradi, sharoitga baho beradi, qaror qabul qiladi, og‗zaki
buyruq beradi va ishni tashkil etadi.
Texnogen tusdagi FVlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida tuzilmalarning
doimiy o‗zaro aloqasi muhim ahamiyatga ega. Tuzilmalarning bir joyda, bir vaqtda
va bir maqsad uchun o‗zaro kelishgan holda ish olib borishi natijasida topshirilgan
vazifalari muvaffaqiyatli bajariladi.
Tuzilmalar topshirilgan vazifani bajargach ish bajargan obyektdan tashqariga
olib chiqarilib, hisoblangan vaqtda, yangi vazifani bajarish uchun tayyorgarlik
ko‗radi. FVlar sodir bo‗lgan hududlarda komendantlik xizmati tashkil etiladi. Bu
xizmat FV sodir bo‗lgan hududga yoki obyektga aholini yaqinlashtirmaydi,
aholi va moddiy
boyliklarni evakuatsiya qiladi, jamoat tartibini saqlaydi, tuzilmalar
tomonidan o‗rnatilgan tartibga hamda harakat qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi,
alohida ahamiyatta ega inshootlarni qo‗riqlaydi. Komendantlik xizmatiga
xo‗jalik obyektlarining jamoat tartibi tuzilmalari hamda ichki ishlar xizmati
xodimlari jalb etiladi.