INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE
British International Science Conference
41
BIOMETRIK OBYEKTLAR ASOSIDA SHAXSNI TANIB OLISH TAHLILI
Normurodov Sadriddin Salim o’g’li
DTPI.Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Jahonda informatsion texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib shaxsni tanib olish biometrik tizimlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalish
hisoblanadi. Biometrik tizimlar ijtimoiy internet tarmoqlari, elektron to‘lovlar, kriminalistika va boshqa
bir qator sohalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Respublikamizda biometrik obyektlar (yuz, quloq chanog‘i,
barmoq izlari, ko‘z to‘rpardasi va hokazo) tasvirlari bazalarini yaratish, tasvirlarga dastlabki ishlov
berish va bu tasvirlardagi obyektlarning xarakterlovchi belgilarini ajratish algoritmlarini ishlab chiqishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqolada Shaxsni biometrik texnologiyalar asosida tanib olishning
asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
Shaxsni tanib olish. Shaxsning fizik va biologik xususiyatlarini o‘rganish. Barmoq
izlari asosida shaxsni tanib olish. Qo‘l geometriyasiga asoslangan biometrik tizimlar. Ko‘zning rangdor
pardasi asosida shaxsni tanib olish. Shaxsni videoportretlari bo‘yicha avtomatik tanib olish usullari.
Quloq
chanog‘i tasviri asosida shaxsni tanib olish.
KIRISH
Jahonda informatsion texnologiyalarning jadal sur‟atlar bilan rivojlanayotgan
yo„nalishlaridan biri bo„lib shaxsni tanib olish biometrik tizimlarni yaratish bilan bog„liq
bo„lgan yo„nalish hisoblanadi. Biometrik tizimlar ijtimoiy internet tarmoqlari,
elektron
to„lovlar, kriminalistika va boshqa bir qator sohalarda keng qo„llanilib kelinmoqda. Shuning
uchun hozirgi vaqtda biometrik texnologiyalar asosida shaxsni tanib olish usul va
algoritmlarini takomillashtirish, ishlab chiqish hamda joriy qilishga katta e‟tibor
qaratilmoqda.
Respublikamizda biometrik obyektlar (yuz, quloq chanog„i, barmoq izlari, ko„z
to„rpardasi va hokazo) tasvirlari bazalarini yaratish, tasvirlarga dastlabki ishlov berish va
bu tasvirlardagi obyektlarning xarakterlovchi belgilarini ajratish
algoritmlarini ishlab
chiqishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «...
iqtisodiyot, ijtimoiy
soha va boshqaruv tizimiga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish,
axborot xavfsizligini ta‟minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
axborot sohasidagi tahdidlarga o„z vaqtida va munosib qarshi harakatlarni tashkil etish»
vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish,
jumladan, shaxsni tanib olish
biometrik
texnologiyalaridan
foydalanib
kompyuter
va
axborot
tizimlari
foydalanuvchilarini avtorizatsiya qilish tizimlarini yaratish axborot- kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirishning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.