INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana21.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#247470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normurodov Sadriddin Salim o’g’li

INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
47
 
 
Authenticam 
 
LS-1518p 
1.4 - rasm. Ko‘z tasvirini olish uchun foydalaniladigan 
ayrim qurilmalar 
Ushbu qurilmalar ichiga 2, 3 ta videokamera joylashtirilgan bo„lib, ular avtonom 
tarzda ishlaydi. «Indian Technologies» firmasining «Authenticam» qurilmasi yakka 
tartibdagi foydalanuvchi uchun mo„ljallangan bo„lsa, «LS- 1518p» qurilmasi esa («IriScan» va 
«LG» kompaniyalarining birgalikdagi mahsuloti) jamoaviy tarzda foydalanishga 
mo„ljallangandir. 
«Authenticam» qurilmasining hajmi kichik va kompyuterga USB porti orqali ulanadi. 
«LS-1518p» qurilmasi «IriScan» kompaniyasi tomonidan biometrik texnologiyalar bozoriga 
yetkazib beriladigan «IriScan's System 2100» nomli tizim bilan birga ishlaydi va shaxsni 
ko„z tasvirining rangdor pardasi orqali identifikatsiya qilishga mo„ljallangan. «IriScan» 
kompaniyasi tomonidan ushbu tizimga berilgan ta‟rifga ko„ra, uning ma‟lumotlar bazasida 
4000 dan ortiq etalon mavjud bo„lib, unda foydalanuvchini tizimga ro„yhatga olish jarayoni 
40 soniyadan oshmaydi. Foydalanuvchi «LS-1518p» qurilmasi qarshisida 9 va 10 dyuym 
masofada turishi talab etiladi va u tanib olish jarayoniga 20 soniyagacha vaqt sarflaydi. 
«IriScan's System 2100» tizimiga mo„ljallangan «LS- 1518p» qurilmasi mavjud bo„lib, 
unga 256 tadan ko„proq masofadan turib ishlaydigan terminallar ulanishi mumkin. Shuning 
uchun ushbu tizimdan taqsimlangan axborot tizimlari hamda ma‟lumotlar bazalariga 
kirishni nazorat qilishda keng foydalaniladi [22]. 
Shaxsni yuz tasviri asosida tanib olish. Har bir shaxs o„zining individual yuz shakliga 
egadir. Yuz shaklini bunday xususiyatiga asoslanib ko„plab yuz tasviri asosida tanib olish 
usullari yaratilgan. Bu usullar asosini shaxs yuz tasvirining o„ziga xosligi va yuzdagi 
elementlarning joylashish qonuniyatlari tashkil etadi. Tanib olish usullarini ishlab 
chiqishda yuzdagi elementlarning joylashishi va ular o„rtasidagi nisbat hamda mosliklar 
muhim ahamiyat kasb etadi [19, 6]. Yuz tasviri asosida shaxsni tanib olish yuz tasvirining 
identifikatsion belgilari asosida amalga oshiriladi. Yuz tasvirining identifikatsion belgilarini 
ajratib olishda quyidagilarni inobatga olish zarur: 

yuz shakli (masalan, dumaloq, kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar); 

yuz qismlarining o„zaro munosabatlari (nisbatlari); 

peshona, yonoq va jag„ qismlarining shakllari; 

yuz simmetriyasi (simmetrik yoki asimmetrik); 

burun, og„iz va ko„zlarning shakllari, kattaligi va joylashishi; 

ajinlarning joylashishi va shu kabilar. 
Shaxsni videoportretlari bo„yicha avtomatik tanib olish usullarida ham ushbu 
belgilarning turlicha birikmalaridan foydalaniladi. Bunda belgilar olinadigan portretga 
bog„liq ravishda tanlanadi. Masalan, tasvirning old yoki profil ko„rinishlari. 



Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish