INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana21.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#247470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normurodov Sadriddin Salim o’g’li

INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
49
 
Karunen-Loev almashtirishiga asoslangan usul aniq bir sinfga tegishli bo„lgan tasvirlar 
uchun muhim ahamiyatga ega bo„lgan belgilarni ajratib olish orqali dastlabki belgilar fazosi 
o„lchamini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini beradi. Biroq belgilar fazosini 
qisqartirish tanib olish samaradorligiga unchalik ta‟sir qilmaydi. Ajratib olingan belgilar 
fazosida tasvirlarni tanib olish jarayoni anchagina soddalashadi va tanib olishga kam vaqt 
sarflanadi[11, 18]. 
Chiziqli diskriminant tahliliga asoslangan usul Karunen-Loev usuli singari berilgan 
belgilar fazosini qisqartirish imkoniyatini beradi. Qisqartirilgan belgilar fazosi tasvirlarni 
tanib olishni sezilarli darajada yaxshilaydi, ya‟ni tanib olish darajasini yuqori bo„lishini 
ta‟minlaydi. [8, 20] ishda tasvirlarni olishga qo„yilgan talablar o„zgarmaganda tanib olish 
aniqligini 92% gacha yetkazilgan. 
Yuz tasviri asosida shaxsni tanib olish uchun quyidagilarga yo„naltirilgan usullar 
hozirgi kunda keng qo„llanilmoqda: 
dastlabki ma‟lumotlarning reprezentativ ko„rinishiga, ya‟ni tanib olish tizimini o„qitish 
uchun tizim boshqa barcha tasvirlarni tanib olish uchun zarur bo„lgan yuz tasvirlarining 
o„zgarish oraliqlaridan (yoritilganlik, masshtab, fon va xokazolar) foydalanishga; dastlabki 
belgilar fazosi o„lchamini kamaytirish va kamaytirilgan belgilar fazosida tanib olish 
jarayonini amalga oshirishga. 
Shaxsni yuz tasviri asosida tanib olish uchun yaratilgan “Face-Intellekt” tizim kamera 
oldida turgan shaxsni yuz sohasini aniqlash va uni ma‟lumotlar bazasidan izlab topishga 
mo„ljallangan. Ushbu tizim 100000 tagacha shaxs haqidagi ma‟lumotlarni o„zining 
ma‟lumotlari bazasida saqlash imkoniyatiga ega. Ushbu tizim jamoat joylarida, 
stadionlarda, chegara nazoratida hamda turli xil muhofaza qilinuvchi obyektlarda 
qo„llanilishi mumkin. 
Belorussiya Fanlar akademiyasining birlashgan Informatika instituti xodimlari 
tomonidan yaratilgan dasturiy tizim shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish uchun 
mo„ljallangan bo„lib, ushbu tizimda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi tasvirni kompyuter 
xotirasiga oluvchi qurilma hamda kompyuterga qo„shimcha ulanuvchi kamera ham mavjud. 
Ushbu ikki qurilmadan olingan tasvirlar bir-biri bilan solishtirilib, ushbu hujjatning aynan 
shu shaxsga tegishli yoki tegishli emasligi tasdiqlanadi. 
Moskvadagi “Vokord” kompaniyasi tomonidan 2010 yilda “VOCORD FaceControl 
3D” nomi bilan yuz geometriyasi asosida tanib olish tizimi ishlab chiqilgan bo„lib, ushbu 
tizim shaxs tasvirini kameraga olish va olingan tasvir asosida tanib olishni amalga oshiradi. 
Tizimning ishlash tezligi yuqoriligi hamda olingan tasvirlarni avtomatik saqlash imkoniyati 
uning afzalligi hisoblanadi. 
Moskva Davlat texnika universitetining talaba va ilmiy xodimlari tomonidan 
yaratilgan “VideOko” nomli tizim shaxsni yuz tasviri asosida tanib olish uchun yaratilgan 
tizimlardan biridir. Ushbu tizim kirishni nazorat qilishga mo„ljallangan bo„lib, u kamera 
oldiga yaqin kelgan obyektni sezadi va haqiqiy vaqt rejimida tanib olishni amalga oshiradi. 
Tizim 256x256 o„lchamli tasvirni qayta ishlashga 4-5 soniya vaqt sarflaydi. Ushbu tizim 
asosini “Eigenface” usuli tashkil etadi [24, 31]. 



Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish