INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana21.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#247470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normurodov Sadriddin Salim o’g’li

INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
50
 
Shaxsning yuz tasviri asosida tanib olish tizimida shaxsning mimikasi va tashqi 
ko„rinishi hamda tasvirning yorug„lik qiymatlari muhim ahamiyatga ega bo„lib, ular tizim 
aniqligi va samaradorligiga turlicha ta‟sir ko„rsatadi. 
Quloq chanog„i tasviri asosida shaxsni tanib olish. Quloq chanog„i tasviri asosida 
shaxsni tanib olish texnologiyasi o„zining quyidagi xususiyatlari bilan boshqa biometrik 
texnologiyalardan ustun hisoblanadi. 
Quloq chanog„idagi belgilar boshqa biometrik texnologiyalarning belgilaridan ertaroq 
shakllanishi bilan, ya‟ni u ona qornida paydo bo„lgach, 56 kundan keyin; 
shaxsning butun umri davomida o„z xususiyatini saqlab qolishi bilan; 
shaxsning vafotidan keyin ham boshqa a‟zolariga qaraganda uzoqroq muddat 
saqlanishi bilan. 
Shaxsning quloq chanog„i tasviri asosida tanib olish texnologiyasi boshqa biometrik 
texnologiyalarga nisbatan ko„plab ustunliklarga ega bo„lsa-da, biroq ayrim kamchiliklari 
ham mavjud. Masalan, shaxsning quloq chanog„i qandaydir mexanik ta‟sirlar natijasida 
o„zgarishi, quloq chanog„i tasviridagi ayrim halaqitlarning mavjudligi (quloq chanog„ining 
biror bir qismi yoki to„la yopilganligi) va boshqalar. Ayrim hollarda tug„ma kamchiliklar, 
avariya holatlari, kasalliklar yoki yaralar tufayli yuz tasvirlari va barmoq izlari hamda 
boshqa ayrim biometrik xususiyatlar asosida tanib olishni amalga oshirib bo„lmasligi 
mumkin. Bunday hollarda quloq chanog„i tasviri asosida shaxsni tanib olish texnologiyasini 
qo„llash maqsadga muvofiq bo„ladi [19, 33]. 
Mazkur texnologiyada qo„llaniladigan usul va algoritmlarning soddaligi hamda 
yuqorida keltirilgan afzalliklari ko„plab tadqiqotchilarning e‟tiborini o„ziga jalb qilib 
kelmoqda. 
Hozirgi kunda huquqni muxofaza qiluvchi organlariga quloq chanog„i tasviri asosida 
tanib olish tizimlari keng tadbiq qilinmoqda. Ulardan asosan jinoyatchilarni topish va 
jinoyatlarni ochishda foydalanilmoqda. Masalan, Vankuverda Iannarelli ismli izquvar 
eshikda qoldirilgan quloq chanog„i izi orqali qotilni aniqlagan. Xuddi shunday qotillik 
Buyuk Britaniyada ham sodir etilgan. Unda keksa ayol qotili quloq chanog„i izini eshikda 
qoldirgan, bunda ham jinoyatchi eshikda qoldirilgan quloq chanog„i izi orqali aniqlangan. 
Aksariyat jinoyatlar quloq chanoq chanog„i tasviri asosida oshkor qilinayotgan bo„lsa-
da, hozirgi kunda ko„plab huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchilarni topishda 
shaxsni quloq chanog„i tasviri asosida tanib olish tizimlaridan deyarli foydalanishmayapti, 
chunki ularda quloq chanog„i tasviri asosida shaxsni tanib olish tizimi yoki tizim uchun 
zarur tasvirlar bazasi yetarli darajada shakllantirilgan emas. 
Amalda esa quloq chanog„i tasviri asosida shaxsni tanib olish tizimlari orqali ko„plab 
jinoyatlarni ochish mumkin bo„ladi. Ammo ushbu tizim yuqori natijalarni berishi uchun 
mavjud tizimlarni rivojlantirish, takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishni talab 
qiladi.

Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish