INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana21.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#247470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normurodov Sadriddin Salim o’g’li

INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
42
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
BIOMETRIK OBYEKTLAR ASOSIDA SHAXSNI TANIB OLISH TAHLILI 
Shaxsni biometrik texnologiyalar asosida tanib olishning asosiy yo„nalishlari 
Shaxsni tanib olish bu - intellektual tizimlarning asosiy masalalaridan biri bo„lib, u 
biometrik texnologiyalar asosida hal qilinadi. Biometrik texnologiyalarga asoslangan 
tizimlar bir shaxsni boshqa shaxslardan ajratuvchi, o„ziga xos xususiyatlarini inobatga 
oluvchi tizimlar hisoblanadi. Ushbu tizimlar biometrik xarakteristikalarni raqamli 
ma‟lumotlarga o„tkazish orqali shaxsni tanib olish imkonini beradi. 
Shaxsning biometrik xususiyatlariga ko„zning rangdor pardasi, ovoz signallari, 
barmoq izi, qo„l (shakli) geometriyasi, yuz tasviri, quloq chanog„i tasviri, yurish uslubi, imzo 
va shu kabilarni misol qilish mumkin [6, 18]. 
- Shaxsning fizik va biologik xususiyatlarini o„rganish hamda ular asosida tanib 
olishni amalga oshiruvchi fan yo„nalishi biometrika deb ataladi. 
- Biometrik usullar odatiy va fiziologik harakatlarga asoslanadi. Ushbu usullar haqida 
quyida qisqacha to„xtalib o„tamiz. 
- Odatiy harakatlarga asoslangan tanib olish usullari odamning 
xatti-
harakatlarini baholaydi. Odatiy harakatlarga asoslangan quyidagi tanib olish usullari 
hozirgi kunda keng qo„llaniladi: 
- shaxsning qo„lyozmasi asosida tanib olish
- klaviaturadagi “imzo” asosida tanib olish. 
Fiziologik usullar har bir shaxsning anatomik yagonaligiga asoslanadi. Anatomik 
belgilarga yuz tasviri, 
ko„z qorachig„i, barmoq izlari, qo„l shakli, quloq chanog„i va boshqa shu kabi biometrik 
xususiyatlar kiradi. 
Fiziologik usullar shaxsni tanib olish uchun muhim omillardan biridir. Shuning uchun 
shaxsni quloq chanog„i tasviri bo„yicha tanib olish ham fiziologik usullarga asoslanadi [1, 2, 
5, 12]. Quyida fiziologik usullarning keng foydalaniladiganlari ko„rib chiqiladi. 
Barmoq izlari asosida shaxsni tanib olish. Biometrik tanib olishning eng keng 
tarqalgan usullaridan biridir. Aynan bir shaxs turli joylarga turli ko„rinishlarda (masalan, 
soch turmagi, kiyimi, boshdagi bog„ichi, shapkasi, ko„zoynagi va shu kabilar) tashrif 
buyursa, Face Recognition (yuz tasviri asosida tanib olish) tizimi ularni turli shaxslar 
sifatida aniqlashi mumkin. 
Barmoq izlari asosida tanib olish shaxsni turli ko„rinishlariga deyarli bog„liq bo„lmaydi. 
Barmoq izlariga asoslangan tanib olish tizimlarida xatoliklar shikast yetgan va turli 
xalaqitlarga ega bo„lgan barmoqlarda vujudga keladi. 
- Barmoq izlari asosida shaxsni tanib olish tizimi global va lokal (mahalliy) belgilarga 
asoslanadi [4, 10, 13]. 
- Ko„rish orqali ajratish mumkin bo„lgan papilyar chiziqlar global belgilar deyiladi. 
- Global belgilarga quyidagilar kiradi: 
- barcha belgilari lokallashtirilgan barmoq izi tasvirining ajratilgan fragmenti, ya‟ni 
tasvir sohasi; 
- barmoq izi tasviri yoki uning biror bir ajratilgan sohasidagi lokallashtirilgan 
markaziy nuqta, ya‟ni yadro; 



Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish