INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana21.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#247470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normurodov Sadriddin Salim o’g’li

INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
48
 
Shaxs yuz tasvirini avtomatik tanib olish tizimining samaradorligi dastlabki 
ma‟lumotlar sifatiga, yuzning dastlabki identifikatsion belgilarini tanlab olinishiga, ulardan 
kerakli belgilarni ajratishga, tanib olishda foydalaniladigan usullarga va tanib olish 
mezonlariga bog„liq [5]. 

Yuz tasviri asosida shaxsni tanib olish usullariga bag„ishlangan texnik 
adabiyotlarda quyidagi asosiy usullar taklif qilingan: 

korrelyatsiya koefitsentiga asoslangan usul; 

Karunen - Loev shakl almashtirishiga asoslangan 

«Eigenface» usuli (1.5-rasm); 

chiziqli diskriminant tahlili va timsollarni aniqlashda diskriminant tahlillardan 
foydalangan Robert Fisher sharafiga qo„yilgan «Fisherface» usuli. 
Odatda, korrelyatsiya koefitsentiga asoslangan usul dastlabki belgilar fazosida 
muvofiqlashtirilgan filtrlash kabi amalga oshiriladi. Bunda tanib olinayotgan yuz tasviri 
hamda ma‟lumotlar bazasida saqlanayotgan etalon o„rtasida korrelyatsion bog„lanishning 
mavjudligi usulga asos bo„lib hizmat qiladi. Tanib olinayotgan tasvir qo„yilgan talablarga 
mos kelsa, u holda ular o„rtasidagi korrelyatsiya birga yaqin bo„ladi. Ishda tavsiya etilgan 
belgilar asosida o„tkazilgan tajriba sinovining tanib olish aniqligi 91% ni tashkil etgan. Biroq 
agar fon, masshtab, burilish burchaklari o„zgarsa, u holda korrelyatsiya yordamida ushbu 
tasvirlarning o„xshashligini baholash murakkablashadi va tanib olish aniqligi keskin tushib 
ketadi. Shuning uchun amalda ushbu usuldan foydalanish samarasiz hisoblanadi [8]. 
«Eigenface» usulidan olingan tasvir namunalari 1.5- rasmda keltirilgan. 
 
1.5 - rasm. Karunen - Loev shakl almashtirishiga asoslangan «Eigenface» usulidan 
olingan tasvirlar 
 
Dastlabki belgilar fazosidan Furye-Mellin fazosiga o„tish orqali korrelyatsiya 
koefitsentiga asoslangan usul takomillashtiriladi, bu esa o„z navbatida, 
muvofiqlashtirilgan filtrlash orqali berilgan tasvirlar o„rtasidagi korrelyatsiyani yaxshilash 
imkoniyatini yaratib beradi. Ushbu usul orqali shakllantirilgan belgilar fazosi o„lchamining 
kattaligi mazkur usulning kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari, Furye-Mellin 
almashtirishi muvofiqlashtirilgan filtrlash jarayonidagi hisoblashlarni sezilarli darajada 
murakkablashtirib yuboradi. 



Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish