79
bartaraf etiladi. Umumiy elektr energiya tarmoqlari
o‗chirilgandan keyin elektr energiyani vaqtinchalik
tiklash tadbirlari ko‗riladi. Zilzila sodir bo‗lganda,
vayron bo‗lgan yoki yong‗in sodir bo‗lgan bino va
inshootlarda odamlarni
qutqarish ishlari olib
borayotganlarni elektr energiya bilan ta‘minlash
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Elektr energiyasi bilan ta‘minlash yoki avariya
sodir bo‗lgan elektr energiyasi tarmoqlarini tiklash
imkoniyati
bo‗lmagan
taqdirda
ko‗chma
elektrstansiyalari yoki energopoezdlardan foydalanish zarur.
Bino yoki inshootlar konstruksiyasi bo‗lmagan qismlarda buzilish sodir
bo‗lganda, devorlar, qavatlar o‗rtasidagi bino va inshootlarda yoriqlar bo‗lishi
natijasida ular qiyshayib yoki osilib qolishi mumkin. Bunday holatlar aholi uchun
ham, qutqaruv ishlarini olib borayotgan tuzilmalar uchun ham xavf soladi.
Shuning
uchun bunday bino va inshootlar batamom buzib tashlanishi yoki mustahkamlanishi
lozim. FV sodir bo‗lgan joyda shikastlanganlarni jamlash, ularga tibbiy yordam
ko‗rsatish shoxobchalari tuziladi. Shikastlanganlarni jamlash va tibbiy yordam
ko‗rsatish uchun qulay, saqlanib qolgan binolarni tanlash mumkin. Ularga eng qulay
va xavfsiz kirish yo‗llari tanlanadi. Zaruratga ko‗ra vaqtinchalik kommunal-energetika
tarmoqlari tiklanib, suv, gaz, elektrenergiyasi bilan ta‘minlanadi.
Suv bilan ta‟minlash shoxobchalarini jihozlash. Suv bilan ta‘minlash
shoxobchalari aholi va tuzilmalarni suv bilan ta‘minlash uchun zarur bo‗lib, ular
saqlanib qolgan suv manbalari, artezian quduqdar, ochiq suv havzalarini tashkil
etadi. Birinchi navbatda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan
ishlar bajarilayotgan hamda shikastlanganlarni jamlash va tibbiy punktlar joylashgan
hududlar suv bilan ta‘minlanadi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni olib
borishda xavfsizlik tadbirlari.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan
vayrona uyumlari orasida
yurish, buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoliga ega binolar
yaqinida turish xavflidir. Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgana ularning
xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko‗zdan
kechirganda ochiq yoritgichlar va kyerosinli fonarlardan foydalanish xavfli,
chunki
ular ikkilamchi FV sodir bo‗lishiga olib kelishi mumkin.
Yonayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to‗silib qolgan joylarga
kirayotganda arqonga boylanib, arqonning uchini kirish joyida turadigan sherigingizga
bering, bu holat xavfsizligingizni ta‘minlaydi. Xonalarga kirayotganda kirish
eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish va alangani to‗sa oladigan yoki qizigan gaz
alanga olganda muhofaza qila oladigan matodan foydalanish
ham xavfsizligingizni
ta‘minlaydi.
Yonayotgan xona ichida emaklab yoki engashib harakat zarurati bo‗lganda
xonadan tez chiqib ketish uchun yaqin joylarda harakatlanish xavfli
vaziyatning oldini oladi.
Uzoq vaqt davom etgan yong‗indan so‗ng yerto‗lalarga gazniqob kiyib yoki
80
yaxshilab shamollatilgandan so‗ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir
bo‗lishining oldini oladi.
Vayrona
uyumlari
orasida
hovuzlar
tayyorlashda
ularning
chetlarini
mustahkamlash kerak. Mustahkamlash uchun metall va yog‗och konstruksiyalarning
bo‗laklarini ishlatish mumkin. Mustahkamlanmagan vayrona
uyumlaridan tushish va
chiqish joylaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo‗lgan hollarda albatta ehtiyot vositalaridan
foydalanish kerak (qutqaruv arqonlari va belbog‗lar). Gazlashgan obyektlarda ish
olib borish jarayonida yakka muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni
ta‘minlaydi.
Zarar ko‗rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo‗l bilan
elektr simlari va elektr simlariga tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli
hisoblanadi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmog‗i o‗chirib qo‗yiladi.
Vayrona
uyumlari, shaxtalar, kirish joylari shikastlangan bino va
inshootlarda ogohlantiruvchi qizil chiroq o‗rnatib qo‗yiladi.
Yer ko‗chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan
narsalar ta‘sirida jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha
tez yordam berish kerak.