92
joylashtirish tadbirlari majmuidir.
Aholini
ko„chirish.
Ko„chirish
tadbirlarini
o„tkazish xususiyatlari quyidagilarga ko„ra belgilanadi:
FVlar manbaining tavsifi (tusi);
FVlar manbai ta‘sirining makon-vaqt tavsiflari;
transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholining
soni va
qamrab olinishi;
aholini ko‗chirish tadbirlarining o‗tkazilish vaqti
va qanchaliq shoshilinchligi.
Ko‗chirilishi kerak bo‗lgan aholining hammasi
FVlar manbaining shikastlovchi omillari ta‘sir
zonasi
chegarasidan tashqariga transportda (piyoda) olib chiqib
bo‗linsa, shundagina aholini ko‗chirish
tugallangan
hisoblanadi. O‗tkazilish vaqti va
aholini ko„chirish
muddatiga qarab, aholini ko‗chirishning 2 turi mavjud:
1. Oldindan o‗tkaziladigan ko‗chirish.
2. Shoshilinch (kechiktirib bo‗lmaydigan) ko‗chirish.
Oldindan o‗tkaziladigan ko‗chirish FVlar (potensial
xavfli obyektlardagi
falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish
ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida ishonchli
ma‘lumot olinganda o‗tkaziladi.
Bunga bir necha
o‗n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida
FV sodir bo‗lishi
mumkinligi haqidagi qisqa
muddatli ishonchli oldindan taxminlash asos
hisoblanadi. Bu taxminga
shu muddat mobaynida
aniqlik kiritilishi mumkin.
Shoshilinch
(kechiktirib
bo‗lmaydigan)
ko‗chirish odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‗iladigan darajada texnogen
yoki tabiiy
tusdagi FV yuzaga kelgan, aholining risoladagidek kun kechirishi
buzilgan taqdirda o‗tkaziladi.
FV rivojlana borishi va FV zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga ko‗ra, 3 xil
ko‗chirish mavjud:
1. Cheklangan ko‗chirish.
2. Mahalliy ko‗chirish.
3. Mintaqaviy ko‗chirish.