96
almashtiriladi va maxsus ishlovdan o‗tkaziladi. KOP da aholini FV zonasida ishlagan
transportdagi ifloslanmagan hududda ishlaydigan ―toza‖ transport vositalariga
o‗tkaziladi. KOP temir va shosse yo‗llar, suv yo‗llari yaqinida bo‗ladi.
Aholini FV
yuz bergan zonadan ko‗chirish har bir alohida holda shu vaziyatning yuzaga kelish
sharoitiga, FV manbai, ta‘sir omillarining ta‘sir
etish xarakteri, makon va vaqt
parametrlariga qarab belgilanadi. FV yuzaga kelishi haqidagi ishonchli taxmin haqida
ma‘lumot olinganda odamlarni FV yuz bergan zonadan transportda va piyoda
uyushqoqliq bilan olib chiqish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat bo‗lgan
tayyorgarlik tadbirlari o‗tkaziladi. Ba‘zi holatlarda aholini ko‗chirish cheklangan yoki
mahalliy xarakterda bo‗ladi.
Xabar berish oldindan (taxminga binoan)
yoki selning boshi signal
darvozasidan o‗tganda (shoshilinch ko‗chirishlarda) amalga oshiriladi.
Sel xavfi mavjud joylardan aholini ko„chirish. Bunday ko‗chirish sel oqimi
yuzaga kelish xavfi tutilganda, sel
oqimi yuzaga kelayotgan davrda, alohida
holatlarda esa sel oqimining ta‘siri tugaganda ham o‗tkazilishi mumkin. Aholini
ko‗chirish oldindan o‗tkazilgani ma‘qul. Sel oqimi
yuzaga kelayotganda esa
shoshilinch (kechiktirib bo‗lmaydigan) aholini ko‗chirish tadbirlari o‗tkaziladi.
Ko‗chirishning shoshilinchligi sel to‗lqinining muhofaza obyektiga kelishi
taxmin qilinayotgan vaqt, odatda 4 soatgacha yetadigan vaqt bilan belgilanadi.
Shundan keyin esa real xavf tug‗ilishiga qarab belgilanadi. Aholini ko‗chirish
cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‗ladi va ular 2 bosqichda o‗tkaziladi:
1-bosqich KIP ni yo‗lga qo‗ymay, sel oqimi joyida.
2-bosqichda esa KIP orqali rejadagi joylarga yetkazib qo‗yguncha (tashlab
ketilgan uylar va aholi punktlarini sel buzib ketganda) davom etadi.