Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Himoya inshootlari uch xil turga bo„linadi: 
1. Boshpanalar. Ular germetik holda qurilgan bo‗lib, ommaviy zarar 
yetkazuvchi qurol-yadro zaryadi portlashidan hosil bo‗lgan shikastlovchi omillardan 
hamda zaharlovchi moddalar va bakterial vosita aerozollaridan to‗liq himoya qiladi. 
2. Radatsiyaga qarshi pana joylar radiaktiv zararlanish paydo bo‗lgan joylarda 
aholini radastion zararlanishdan himoya qiladi.
3. Eng oddiy pana joylar - urush vaqtida jang maydonlarida ushbu inshootlar 
hamisha yo‗l ostidagi vositalar yordamida quriladi. FM boshpanalari, yashirin joylar 
ishlash yoki yashash joylari yaqinida joylashadi. 
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan 
foydalanish: 
Aholini yadro portlashining hamma omillaridan, shuningdek kiyoviy va 
bakterial qurollaridan saqlash uchun mo‗ljallangan germetik turdagi himoyalangan 
binolar boshpanalar deyiladi. Boshpanalar betondan yoki temir betondan yer ostiga 
quriladi. Boshpanalarning himoya qilish xususiyati 100% gacha bo‗ladi. 
Zarba to„lqini ta‟siridan himoya qilish xususiyatiga qarab boshpanalar 
quyidagi sinflarga bo„linadi: 
1-sinf -5kg/kv sm gacha. 
2-sinf - Z kg/kv sm gacha. 
3-sinf - 2kg/kv sm gacha. 
4-sinf - 1kg/kv sm gacha. 
Boshpanalar sig‗imiga qarab quyidagilarga bo‗linadi: 
 kichik boshpana-150 nafar kishilarga mo‗ljallangan; 
 o‗rtacha boshpana-150-450 nafar kishilarga mo‗ljallangan; 
 katta boshpana-450 va undan ortiq miqdordagi kishilarga mo‗ljallangan.. 
Boshpanalar joylashishiga qarab 2 xil ko„rinishda bo„ladi: 
1. Qurilmalar tarkibida (yer to‗lada). 
2. Ayrim qurilmalar (mustaqil qurilgan). 
Boshpanalar qurilish muddatiga ko„ra 2 turga bo„ladi: 
1. Tinchlik davrida qurilgan boshpanalar. 
2. Dushman hujumi xavfi tug‗ilganda qurilgan boshpanalar. 
Jihozlanishi jihatidan boshpanalar: 
1.Filtr-ventilyatsion qurilmasi bor boshpanalar; 
2.Filtr-ventilyatsion qurilmasiz boshpanalarga bo‗linadi. 
Boshpana binolarining tagida yoki yer ostiga alohida quriladi. Boshpanalarning 
tepasi juda pishiq va mustahkam, devorlari zarb to‗lqiniga va singuvchi radiatsiyaga 
chidamli bo‗lishi kerak. Tashqaridan zaharlangan havo kirmasligi uchun germetik 
ravishda ishlangan bo‗lishi zarur. Boshpanaga kirish uchun Z ta eshik quriladi. 


101 
Birinchi eshik metaldan pishiq ishlanadi, qolgan 2 tasi gaz o‗tkazmaydigan 
materiallardan ishlangan bo‗lishi kerak. Eshiklar zich yopilishi uchun chetiga rezina 
yopishtiriladi. Bu eshiklar orasida 2 ta dahliz hosil qilinadi. Kirish eshiklaridan 
tashqari, kirish joylari imoratlar qo‗lashi natijasida bekilib qolgan hollarda 
foydalanish uchun yer tagidan g‗isht, temir-beton teshik quvurlar qurilishi kerak. 
Boshpanada havo yetarli bo‗lishi uchun filtr-ventilyatsiya qurilma o‗rnatiladi (FVA-
49, FVK-1, FVK-2). Bu qurilmalar ikki rejimda ishlashi mumkin: sof va filtr-
ventilyastiya. 
1-rejimda havo changga qarshi to‗rsimon filtr bilan tozalanadi. To‗rlar maxsus 
moy bilan moylanadi. Havo filtrdan o‗tayotgan chang va radiaktiv moddalar to‗rining 
moy qatlamiga yopishib qoladi. Moy filtrning bitta yacheykasining unumdorligi 
soatiga 1000-1300 m.kub. 
2-rejimda havo zaharli moddalar va bakterologik zaharli moddalar 
o‗tkazmaydigan niqoblar (protivogaz) bo‗yicha ishlaydigan filtr bilan tozalanadi. 
Havo miqdori sof ventilyatsiya rejimi bo‗yicha boshqaruv punktida ishlayotgan bir 
odam uchun 5m Fsoat bo‗lishi kerak. Kuchli yong‗in ehtimoli bo‗lgan hududda 
joylashgan panajoy atmosferasida kislorodning miqdori pastligi, SO
2
miqdori 
yuqoriligi yoki kuchli ta‘sir etuvchi zaharli modda (KTZM) ning miqdorining 
oshganligi pana joylarning to‗la izolyatsiyasi va ulardan havoni rengeneratsiya 
rejimidan foydalanishni ko‗zda tutiladi. (RP-100 rengenerativ moslamalardan 
foydalanish) RP-100 rengenerativ patronning ishlash tamoyili havo patronidan 
o‗tayotgan tarkibida kalstiy oksidi bor kimyoviy yutgich bilan reaksiyaga kiruvchi 
SO
2
gazidan tozalanadi. Reaksiya suv va issiqlik ajralishi bilan kechadi. Rengenerativ 
patronlardan foydalanishda kislorod yetishmasligini oldini olish uchun pana joyga 
reduktor orqali uzatiladigan kislorod balonlardan to‗ldiriladi. 
Boshpana xonalari bir nechtaga bo‗ladi. Asosiy xona - odamlarni joylashtirish 
xonasi, yordamchi xona - filtr-ventilyatsion kamyera xonasi. Bundan tashqari oziq-
ovqat, suv zaxirasi xonasi, kislorodli balonlar uchun mo‗ljallangan xona, bufet, dizel 
elekro-stantsiyalar uchun mo‗ljallangan xonalar kiradi. Boshpanalarda ichimlik suvi 
quvurlari, kanalizatsiya, telefon, radio, elektr toki, ayrim asboblar va yong‗inga 
qarshi asboblar bo‗lishi shart. Bundan tashqari DP-5 turidagi dozimetr asbobi va 
kimyoviy razvetka asboblari ham bo‗lishi kerak. Boshpanaga yashirinuvchilar uchun 
0,5-1,8 m. o‗lchamdagi 2 yoki 3 qavatli so‗rilar va o‗tirish uchun 45-55 sm 
o‗lchamdagi o‗rindiqlar o‗rnatilishi lozim. Bir nafar yashirinuvchi uchun joy me‘yori 
0,5m.kv. ni tashkil qiladi.
Aholi boshpanaga FM signallari berilganidan so‗ng kirishlari lozim. 
Boshpanada chekish, shovqin ko‗tarish, hamda lampa yoqish, uy hayvonlarini, qo‗pol 
buyumlarni olib kirish ma‘n etiladi. Shaxsiy himoya vositalarini tayyor holda tutish 
kerak. Panajoylardan tashqariga radiatsiya darajasi pasayib, hudud to‗la
zararsizlantirilgandan keyin signal bo‗yicha chiqishga ruxsat etiladi. Panajoylarda 
jabrlanganlarga tibbiyot xonasida tibbiy xizmat ko‗rsatiladi. Boshpananing sanitar 
holatini ana shu post uchun mas‘ul shaxslar nazorat qiladi.
Boshpanada quyidagi sanitariya gigiena talablari qo„yiladi: 
 panajoylar toza va yaxshi sanitariya holatida bo‗lishi shart. 
 panajoylarni har kuni 1% xloramin eritmasi bilan tozalash, vaqti-vaqtida 


102 
to‗la dizenfeksiya qilish zarur. 
Boshpanalarda havo tarkibi: 
 korbonat angdirid miqdori 1% (35 gacha)
 havo harorati – 23 gradus (maksimum 31),
 isbiy namlik-70% (maksimum 80%) bo‗lishi kerak.
Suv me‘yori: 1 kishi uchun 1 sutkaga 10 l., shundan ichish uchun 6 l., sanuzel 
uchun 4l. Panajoylarda xizmat ko‗rsatish himoya qurilmalarining mas‘ul xodimlari 
zimmasiga tushadi. Har bir pana joyga yetti kishidan iborat xizmat ko‗rsatish zonasi 
ajratiladi. Zveno boshlig‗i pana joy komendanti hisoblanadi. FVning oqibatlari 
barham topgandan so‗ng, aholi panajoylarni tark etishadi. Panajoy xonalari 
shamollatilib, u yerda yig‗ishtirish ishlari olib boriladi. Tinchlik davrida panajoylarni 
madaniy-maishiy inshootlar kichik ustaxonalar, ishchilar aholi bilan shug‗illanadigan 
sinflar, FM o‗quv punktlari, har xil to‗garaklar ishlashi uchun joy, yengil 
avtomashinalar uchun garaj, savdo va ovqatlanish punktlari omborlari sifatida 
foydalanish mumkin. Tinchlik davrida panajoylardan ishlab chiqarish va xo‗jalik 
ehtiyojlari uchun foydalanish, ularni himoya xususiyatlari va yashirinuvchilarni qabul 
qilishga tayyorgarligini buzmaslik kerak. 
Radioatsiya changi va xavfli aerozollardan uylarni himoya qilish. Urush va 
tinchlik paytidagi FVlar havo bo‗shlig‗ining radioaktiv chang va zaharlovchi modda, 
kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalar va xavfli aerozollar bilan zaharlanishi mumkin.
Radiatsiyali avariya - uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-
harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli FVlar tufayli kelib chiqqan, 
fuqarolarning belgilangan normalardan ko‗proq nurlanish olishiga yoki atrof 
muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan yohud olib kelgan 
ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi. Uy sharoitida 
radiatsiyadan, kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalardan va boshqa zaharli 
moddalardan muhofazalanish yo‗l-yo‗riqlarini yaxshi bilish zarur.
Buning 
uchun 
radiatsiyali 
va 
boshqa 
zaharlovchi 
moddalarlarning 
xususiyatlari, ular ishtirokida avariya sodir etilgan vaqtda ularning ta‘sir doirasi, 
zaharlash darajasi (va h.k.)ni hamda taxminiy oqibatlari haqida tushunchaga ega 
bo‗lish lozim. Radiatsiya tarqalishi bilan bog‗liq FVlar sodir bo‗lgan vaqtda obyekt 
FM boshlig‗i FVni oldini olish, ishchi-xizmatchilarning va aholining me‘yordar ortiq 
zaharlanishlariga yo‗l qo‗ymaslik uchun tegishli tadbirlarni FVlar vazirligi va 
FVDTning tizimlari xodimlari bilan hamkorlikda olib boradi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish