85
bo‗ladi.
FVDT (FVlarning oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi)da radio, simli va
signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi. Radio muhim va ishonchli vosita bo‗lib,
birinchi galda FVDT kuchlari vaziyatlar joyiga olib borilayotganda va avariya-
qutqaruv ishlari o‗tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi. Bunday aloqa
radio tarmoqlari va radio yo‗nalishlari shaklida tashkil etiladi. Simli aloqa vositalari
FM kuchlari o‗z asosiy joyida turganda, avariya-qutqaruv ishlari o‗tkazayotganda,
ularni boshqarish uchun ichki aloqasini ta‘minlashda ishlatiladi. Ko‗chma aloqa
vositalari sifatida avtomobillar, mototsikllar, vertalyotlar va yugurdaklardan
foydalaniladi.
Signal beruvchi vositalar - axborot berish,
xabarlash, boshqarish va o‗zaro
hamkorlik tadbirlarini o‗tkazish signallarini berish uchun ishlatiladigan eshitish
radiotexnika vositalaridir.
Xabar berish tizimi markazlashgan va cheklangan quyi tizimlarga bo‗linadi.
Aloqa va xabar berish markazlashgan tizimi.Markazlashgan xabar berish tizimi
deganda tinchlik va harbiy harakatlar davrida FMga mas‘ul xodimlarga hamda
respublika aholisiga signal va kerakli axborotlarni tezlikda yetkazib berishga
mo‗ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televidenie majmuasi tushuniladi.
O‗z vazifalariga qarab markazlashgan bildirish tizimi respublika, viloyat, tuman,
shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Aholiga markazlashgan holda xabar berish tizimining
maxsus jihozlangan texnik vositalari FVlar vazirligining hududiy boshqarmalari
tasarrufida bo‗ladi. Bu texnik vositalar qoida bo‗yicha O‗zbekiston
pochta va
telekommunikatisya agentligi korxonalarida joylashtiriladi. Xabar berish apparatlari FVlar
shahar (tuman) bo‗limlarida o‗rnatiladi, agar bunday bo‗limlar mavjud bo‗lmasa,
kechayu kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga o‗rnatiladi.
Markazlashgan xabar berish tizimi ancha qulayliklarga ega. Birinchidan,
sirenaning ovozi shahar, tuman, viloyatning aholisi e‘tiborini jalb qilish imkonini
beradi. Ikkinchidan, uni ham
tinchlik davrida - tabiiy ofat, avariyalar sodir
bo‗lganda, ham harbiy davrda qo‗llash mumkin. Qishloqlar, tumanlar va iqtisodiyot
obyektlarida ovozli signallarni va og‗zaki xabarlarni yetkazuvchi xabar beruvchi
vositalarni yagona markazlashgan xabar berish tizimiga
birlashtiruvchi maxsus
apparatlar mavjud. Ular yordamida elektr sirenalarni boshqarish, xodimlarga
uy va xizmat telefonlari orqali xabar berish vositalarini ulash mumkin.