Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

O„lchash natijasi (sm) 
Shlem-maskaning kerakli hajmi 
O‗zgacha
63,5-65,6
66-68 
68,5-70,5
71 dan yuqori 
0 






114 
Pastda bog‗ich bo‗ladi. PTM-1ni tayyorlashda 7 ta o‗lchov ko‗zda tutiladi. 
Maskaning cheti peshana, chakka, yonoq va engakka zich yonishib turishi kerak. 
Nafas a‘zolarini himoyalash uchun biror-bir vosita topilmaganda dastro‗mol, 
sharf, sochiq va shunga o‗xshashlar bilan og‗iz va burunni berkitish kerak. 
Terini himoya qilish vositalari, qo„l osti vositalaridan teri himoya qilish 
vositalarini tayyorlash. Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar himoyalash 
xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‗linadi. Terini ajratuvchi himoya 
vositalari havo o‗tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan 
(germetik) va zich yopilmaydngan (nogermetik) bo‗lishi mumkin. Zich yopiladigan 
vositalar kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug‗i va tomchilaridan 
to‗liq himoya kiladi. Zich yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi 
zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisini 
bevosita radioaktiv va bakterial vositalar ta‘siridan ham himoya qiladi.
Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip-gazlamadan tayyorlangan 
bo‗lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matoning havo 
o‗tkazuvchanligi saqlanib qoladi, zaharlovchi moddalar iplar orasidan o‗tayotgan 
vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Terini himoya qiladigan ajratuvchi individual 
vositalarga umumharbiy himoya to‗plami (OZK), plyonkali himoya kostyumi (KZP) 
va teri himoyalovchi maxsus vositaga L-1 engil himoya kostyumi kiradi. OZK, KZP 
va L-I kostyumi himoya ta‘siri qoidasiga ko‗ra teri qavatlari, formali kiyim-kechaklar 
va oyoq kiyimlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar va bakterial vositalar 
ta‘siridan ajratishga asoslangan bo‗ladi. 
Umumharbiy himoya to‗plami himoya plashi, himoya paypog‗iga hamda 
himoya qo‗lqoplaridan iborat bo‗ladi. OP-1M plashi rezina qo‗shib to‗kilgan bo‗lib, 
yengi va qalpoqchasi bo‗ladi. Ishlashga qulay bo‗lishn hamda qo‗lga zich yopishib 
turshi uchun yengining uchiga rezina tasma tikilgan bo‗ladi. Qalpoqchani katta kichik 
qilish uchun cho‗ziladigan tasma o‗rnatiladi. Plashlar quyidagi o‗lchovlarda bo‗ladi, 
bo‗yi 166 sm gacha bo‗lgan kishilar uchun-birinchi bo‗y, 166 sm dan 172 sm gacha-
ikkinchi, 172 sm dan 178 sm gacha-uchinchi, 178 sm.dan 184 sm.gacha va undan 
yuqorisi to‗rtinchi bo‗y bo‗ladi. 
Himoya paypoqlari ham rezina qo‗shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin 
rezinadan iborat. Ular orqali oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma 
hamda taqiladi yordamida mahkamlanadi. Belga 
taqiladigan 
kamarga 
esa 
tasmalar 
yordamida 
birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi o‗lchovlarda 
ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo‗y, 41-42 
poyabzal uchun ikkinchi bo‗y, 43 va undan katta 
poyabzalga uchinchi bo‗yi to‗g‗ri keladi. 
Himoya qo‗lqoplari ikki xilda tayyorlangan bo‗lib, 
kishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali 
bo‗ladi. Qishki qo‗lqoplar ichiga issiq saqlash uchun 
astar kiygiziladi va tugma qadaladi. 
L-1 yengil himoya kostyumi teri qavatlari va 
formali kiyimlarni sharlovchi moddalar, radiaktiv 
moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan


115 
himoya qilishga mo‗ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo‗lib, kapyushonli 
ko‗ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo‗lqoplaridan iborat.
Paypoqli shimning yuqori qismiga ikkita yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa 
zich qilib bog‗lash uchun bog‗ichlar tikilgan. Kapyushonli ko‗ylakning orqa qismiga 
chok orqasidan o‗tadigan belband tikilgan bo‗lib, ko‗ylakning oldi tanasidagi 
tugmaga o‗tkaziladi. L-1 engil himoya kostyumi 3 o‗lchovda, bo‗yi 165 sm.gacha 
bo‗lgan har xil xizmatchilarga birinchi, 165 sm.dan 172 gacha bo‗lganlarga ikkinchi, 
172 sm.dan yuqori bo‗lganlarga uchinchi o‗lchovda tayyorlangan bo‗ladi. 
L-1 yengil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun, 
zararlanmagan joyda esa formali kiyim-kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini 
yaxshiroq saqlash uchun 10°C dan yuqori haroratda himoya kiyimi ishchi kiyim 
ustidan, 0°C dan Q10°C gacha haroratda yozgi kiyim ustidan, 0°C dan past haroratda 
esa qishgi kiyim ustidan kiyiladi. 
Plonkali himoya kostyumi (KZP) – harbiy xizmatchilarning teri qavatlarini 
zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial takomillashtirish ustida doimiy 
ishlar olib borilmoqda. Shuning uchun, dushman tomonidan ommaviy zarar 
yetkazuvchi qurollar ishlatilishi ehtimoli mavjudligi sababli, harbiy qismlar shaxsiy 
tarkibini jangovarlik xususiyatlarini saqlash niyatida jang maydonida umumharbiy va 
tibbiyot rioya vositalarini o‗z vaqtida qo‗llash muhim ahamiyatga ega. Harbiy 
qismlardagi shaxsiy tarkib ommaviy zarar yetkazuvchi qurollarning shikastlovchi 
omillari va jarohatlangan, zararlangan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish 
qoidalarini bilishi kerak. 
Tibbiy vositalarni o‗z vaqtida qo‗llash kishilarni ommaviy zarar yetkazuvchi 
qurollar ta‘siridan butunlay muohfaza qilishga imkon yaratadi. 
Tibbiy muhofaza vositalariga AI-2 shaxsiy dori qutilar, ximiyaga qarshi 
shaxsiy paketlar, shaxsiy bog‗lov paketlari.
AI-2 shaxsiy dori qutisi atom, kimyoviy va bakterial hamda boshqa guruhdagi 
qurollarning shikastlovchi ta‘sirini kamaytirish yoki ular ta‘sirining oldini olish 
maqsadida o‗ziga va o‗zaro yordam ko‗rsatish uchun mo‗ljallangan. 
Dori quti plasmassadan tayyorlangan bo‗lib, dorilar uning ichidagi maxsus 
uyachalarga joylashtiriladi. 
Plastmassa quti qopqog‗i ichkarisiga dori 
vositalarining qo‗llanish sxemasi joylangan. Dori quti 
shunday konstruksiyaga egaki, undagi har bir dori 
vositasi osonlik bilan olinadi va tezlik bilan qo‗llanadi. 
Dori 
quti 
harbiy 
xizmatchilar 
kiteli 
yoki 
gimnastyorqasining tashqi cho‗ntagida olib yuriladi. 
Saqlanadigan dori vositalari boshqa (komandir) 
ko‗rsatmasi asosida qo‗llaniladi. AI-2 dori qutisiga 
quyidagi dorilar joylanadi: 
- fosfororganik moddalardan zararlangan paytda qo‗llaniladigan afin yoki 
budaksim dori qutining 1-uyasiga joylashtirilgan. Afin yoki budaksim preparatlari 
dala sharoitida tezlik bilan qo‗llash uchun steril holatda sprits-tyubikda chiqariladi, 
qopqog‗i qizil bo‗ladi. Ushbu xiddi-zahar zararlanishning birinchi alomatlari yuzaga 
chiqishi zahoti (ko‗z qorachig‗i qisqarishi, ko‗rish xiralashishi, ko‗z sohasida kuchli 


116 
og‗riq paydo bo‗lishi, ko‗p so‗lak oqishi, ko‗krakda og‗riq turishida, muskullar 
orasiga yuboriladi. Ziddi - zaharni zararlangan kishi o‗ziga yuborishi yoki bir-biriga 
yordam ko‗rsatishda muskullar orasiga yuborishi mumkin. Yodda tutish kerakki, 
preparat qancha tez yuborilsa, zararlanishning oqibatlari oldi shuncha tez olinadi. 
Zarur bo‗lganda preparat qaytadan muskullar orasiga yuborilishi mumkin. Shprits - 
tubikdan foydalanish usuli 2-bobda ko‗rsatilgan. Ishlatilgan sprits-tubik zararlangan 
kishining cho‗ntagiga solib qo‗yiladi. 
- dori qutining 2-uyasi bo‗sh qoldirilgan, keyingi vaqtlarda ushbu uyaga 
fosfororganik zaharlovchi moddalardan zararlanishning oldini dimetpramid va 0,002g 
sidnokarb mavjud. Bu preparat ham bitta tabletkadan qo‗llaniladi, zarur bo‗lgan 
holatlarda 4-5 soat oralatib sutkasiga 3-4 martadan ko‗p bo‗lmagan holda ichiladi. 
Ushbu preparatlar boshliq (komandir) buyrug‗i asosida qo‗llanadi. 
- dori qutining 3-uyasiga shprits-tyubik holatida chiqarilgan og‗riqni 
qoldiradigan vosita promedol yoki morfin preparata joylanadi. 
Shikastlangan kishiga kuchli og‗riqning oldini olish yoki shunday og‗riq 
boshlangan vaqtda uni to‗xtatish maqsadida qo‗llanadn. Shprits tubik oq qopqoq 
bilan berkitilgan. 
Radiatsiyadan himoyalanish vositasi dori qutining 4-uyasiga solib quyiladi. 
Ushbu himoya vositasi sistamin (RS-1)ning 0,2 g li 12 ta tabletkasi ikkita pushti rang 
penalga solingan. Ayrim holatlarda bu preparat o‗rinda dietilstilbestrol (DES) 25 mg 
dan tabletka holida chiqarilishi mumkin. 
Sistamin preparati zararlangan joylarda harakat qilish kerak bo‗lgan vaqtda 
yoki himoya vositalaridan (yashirinish joylari, jangovor texnika va boshqalar) 
foydalanilganda ularni himoya qilish xususiyati o‗tib kiruvchi nurlanishdan himoya 
qila olmasligiga shubha qilinganda shu joyga kirishdan oldin (20-30 da stikl oldin)
6 ta tabletkasi birdaniga ichiladi. Sistamin preparati o‗z ta‘sirini organizmda 4-5 soat 
mobaynida saqlaydi. Kerak bo‗lganda preparat 6 soat o‗tgach yana qabul qilinishi 
mumkin. Kerak bo‗lganda ushbu preparat qayta 5-6 soat o‗tgandan so‗ng ichilishi 
mumkin. 
Dietilstilbestrol (DES) preparati pgu zararlanish joyiga kirishdan oldin (1-2 
sutka oldin) I tabletkadan (25mg) ichiladi, preparat o‗z ta‘sirini organizmda 10 kun 
mobaynida saqlashi mumkin. Agar shu vaqt ichida kistamin preparati qo‗shimcha 
qilib ichilsa, unda DES preparatining ta‘siri yanada kuchayadi: 
- dori qutining 5-uyasiga dushman tomonidan qo‗llanilgan bakterial usitalarga 
qarshi ikkita oq penalga solingan xlorterastiklinning 100000 TB li 10 ta tabletkasi 
joylanadi. Yarador bo‗lgan vaqtda, kuyish vaqtida yoki infeksiyaning oldini olish 
uchun preparat 5 tabletkadan ichiladi, kerak bo‗lsa preparatning kolgann 6-8 soat 
o‗tgandan so‗ng qabulq kilinadi. 
- dori qutining 6-uyasi zaxira holda qoldirilgan. 
Kuyishga qarshi vosita hisoblangan etaperazip dori qutining 7-uyasiga havo 
rang penalga solib quyilgan. Penalda etapyeraziping 0,006 g li tabletkasi 5 tadan 
joylangan. Nurlanishning dastlabki reaksiyasi paydo bo‗lgan paytida, shuningdek, 
bosh qattiq og‗rigan holatlarda, ko‗ngil ayniy boshlagan paytda bir tabletkadan 
ichiladi. Keyingi vaqtlarda bu preparat o‗rniga dimetkarb preparati qo‗llanilmoqda.


117 
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar (IPP-8, IPP-9, IMI 10). Terining ochiq 
joylariga tushgan zaharlonchi moddalarni degazatsiya qilish va tering ochiq joyiga 
tegib turadigav (bo‗yni, yuz, qo‗llar) formali kiyim-kechak yengi, yoqasi hamda 
protivogazning yuz qismini degazatsiya qilish uchun mo‗ljallangan. Bundan tashqari, 
ushbu paketlardan jangovor holatlarda zarur bo‗lib qolgan vaqtda shaxsiy qurol va 
harbiy texnikaning ayrim qismlari, kishilar tegadigan joylarni degazatsiya qilish 
uchun foydalaniladi. 
Ximiyaga qarshi IPP-8 shaxsiy paket kavsharlangan polietilen xaltadan iborat 
bo‗lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan shisha flakon va to‗rtta 
paxta-dokali tampon solingan. 
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar IPP-9 IPP-10, IPP-12 metall ballondan iborat 
bo‗lib, ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan. 
Zaharlovchi moddalar teriga tushgan vaqtda tezlik bilan shaxsiy 
paketlar chap qo‗lga olinadi; IPP-8 paketining shisha idishi qopqog‗i 
ochiladi; 
IPP-9, 
IPP-10 
metall 
ballonlarining 
yuqori 
qismi 
maxsus 
teshuvchi 
moslama 
yordamida 
teshiladi; 
teridagi 
suyuq-tomchi 
holidagi 
zararlovchi moddalar asta-sekinlik bilan quruq paxta-
dokali tamponga shimdirib olinadi; paxta-dokali 
tomponning ikkinchisi olingan va degazatsiya qiluvchi 
suyuklikka 
ho‗llanib, 
zaharlovchi 
modda 
tushgan joylar va protivogazning yuz qismi sinchiklab 
artib chiqiladi (odamning yuz qismi artilayotgan vaqtda 
ko‗zga suyuqlik tushmasligiga harakat qilish kerak) 
ishlov o‗tkazib bo‗lingandan so‗ng shisha flakon 
qopqog‗i yoki metall ballonlar qopqog‗i mahkam qilib 
yopiladi va protivogaz sumkasiga solinadi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish