126
bog‗liq.
Yadroviy portlashning ikkilamchi ta’sir omillari. Yadroviy aslahalar
shaharlar yoki xalq xo‗jaligi tarmoqlari joylashgan yerlarga yaqin joylarda
portlatilganda ikkilamchi ta‘sir omillari hosil bo‗ladiki, bunda portlash (modda
saqlanadigan idishlarning tabiiy gaz kommunikatsiyasi va jihozlarining buzilishi),
yong‗in (isitish
asboblari, yengil yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan jihoz hamda
trubalarning buzilishi), joylarni suv toshqini (GES platinalarining buzilishi), yashash
joylaridagi suv saqlagichlarining zararlanishi, zaharlanish (AES,
KTZM -kuchli
ta‘sir etuvchi zaharli moddalar saqlanadigan jihozlarni hamda texnologik
jarayonlarning buzilishi), inshoot konstruksiyalarini to‗lqin zarbasi yoki yerdagi
sesmoportlash to‗lqinlarining ta‘sirida izdan chiqishi
va hokazolar kuzatilishi
mumkin.
Ikkilamchi ta‘sir omillarining eng xavfli manbai katta yong‗in va yuqori
portlovchi moddalar qo‗llaniladigan korxonalar hisoblanadi. Maslan: gaz va neftni
qayta ishlovchi tarmoqlar. Bu tarmoqlarda
texnologik jihozlar, idishlar, trubalar,
ularga
molik inshootlar buzilsa, gaz holidagi yoki siqilgan uglevodorodlar chiqib,
havoda portlab yonishi mumkin.
Ikkilamchi omillarda yong‗in - kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoatlarda
o‗ziga xos ravishda kechadi. Shuning uchun bunday tarmoqlarda yong‗in oqibatini
kamaytirish uchun, yoqilg‗i saqlovchi idish atrofini 0,7-0,8
m balandlikda tuproq
bilan o‗raladi.