|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasiBog'liq Fuqaro muhofazasiO„tuvchi radiatsiya. O‗tuvchi radiatsiya - gamma nurlari va netronlar
oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda
ketadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil
bo‗ladi. Radiatsiya omilining ta‘sir vaqti 15-25 s. ni tashkil etadi. Bu omilni asosiy
shikastlantiruvchi ta‘siri - nurlanish dozasi (D) hisoblanadi.
Nurlanish dozasi bir birlik nurlanayotgan muhitni yutgan ionlovchi nurlari
energiyasi miqdoriga teng rentgen va greylarda o‗lchanadi.
Radiatsiya omilining ta‘siri ionlashtirish xususiyatiga ega bo‗lganligidan
nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.
Nurlanish kasalligiga uchragan odamlarda infeksiyaga qarshilik ko‗rsatish
(immunitet) keskin kamayib, to‗qimalarni kislorodga tuyinmaganligi hamda qonni
ivimasligi xususiyatlari paydo bo‗ladi.
Radiatsiya nurlaridan ishonchli saqlovchi vosita himoya inshootlari
hisoblanadi. Himoya inshootlari gamma nurlarini turli darajada susaytiradi, chunki
ular turli xil materiallardan qurilgan bo‗ladi. Eng ishochli himoya inshooti
qo‗rg‗oshindan, temir, temir-betonn va hokazo materiallardan qurilgan boshpanadir.
Radioaktiv ifloslanish. Yadro aslahaning bu ta‘sir omili boshqa shikastlovchi
omillar ichida alohida o‗rin tutib, uning ta‘sir doirasi nafaqat aslaha portlaydigan
rayon, balki o‗nlab, yuzlab uzoliqdagi joylarni o‗z ichiga oladi. Bu omil uzoq vatq
davomida katta hududni zararlab, insonlar va hayvonot dunyosiga qattiq shikast
yetkazadi.
Radioaktiv
zararlanishning
manbai
yadroviy
portlovchi
moddaning
parchalangan qismlari, parchalanmagan yadroviy zaryadlar, aktivlangan tosh,
tuproqlardan tashkil topgan bulut hisoblanadi. Bu atmosferaga ko‗tarilib eng yuqori
balandlikka yetgandan keyin turg‗unlashadi va meterologik sharoitlarga qarab, har
xil uzoqlikka tarqalib, yerga tushadi va o‗sha yerdagi hamma narsalarni zararlaydi.
Porlash bulutida 35 ta kimyoviy elementning 80 ga yaqin izotopi hosil bo‗lib,
yerga tushadi va ular ham o‗z navbatida parchalanib boradi.
|
| |