|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasiBog'liq Fuqaro muhofazasi- o„ldiruvchi - Vi-iks, zarin, zoman, iprit, azotliiprit, sinil kislotasi, xlortsian,
fozgen.
- qaltiratuvchi - xloratsetofenon, adamsit, Si-es, Si-er.
O‗ldiruvchi zaharli moddalar ta‘sir doirasining uzunligiga qarab turg‗un va
noturg‗un turlarga bo‗linadi. Ba‘zi turg‗un zaharlovchi moddalarning ta‘sir vaqti bir
necha kundan, haftalargacha cho‗zilishi mumkin. Mana shundaylar qatoriga Vi-iks,
zoman, iprit kiradi.
Turg‗un bo‗lmagan zaharli moddalar tezda parchalanib ketadi va ularning
ta‘sir etish vaqti ham qisqa bo‗ladi. Masalan, sinil kislotasi, xlortsian, fozgen.
Yana ximiyaviy qurollar organizmga ta‘sir etish vaqtiga qarab tez hamda sust
ta‘sir etuvchi xillarga bo‗linadi. Tez ta‘sir etuvchi moddalarga - zarin, zomin, sinil
kislotasi, xlortsian, Si-yer kirib, ularning ta‘siri bir necha daqiqa kuzatiladi. Sekin
ta‘sir etuvchi zaharli moddalarga Vi-iks, iprit, fozgen, Bi-zet kirb, ularning ta‘siri bir
necha vaqtdan keyin kuzatiladi.
Asabni fallajlovchi zaharli moddalar. Bu guruhga fosfor-organik zaharli
moddalar kiradi: zarin, zoman, Vi-iks. Ularning hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar
bo‗lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg‗unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Bu
xususiyatlar uning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo‗lishligidadir.
Lekin bu guruhga kiruvchi qurollarning hammasi bir umumiy ta‘siri xususiyatiga
ega. Ya‘ni ular organizmga kirganda fermentlarni o‗ldirib, hamma asab impulslarini
ingibirlaydi, ya‘ni sekinlatib to‗xtatiladi va natijada zaharlanish yuz berib, organizm
falajlaydi.
Zarin - uchuvchan, zaharli modda hisoblanib, zichligi 1,1 qaynash harorati
1580°C, muzlash harorati esa -560°C u suvda va organik erituvchilarda yaxshi
eriydi. Zarin kuchli zaharlovchi moddda bo‗lib, uning o‗rtacha o‗ldirish dozasi 0,10
mg/l (1 daqiqa ichida). Ko‗z qorachig‗ini tez kichiraytirib yuboradi.
Zarrindan zaharlanishning belgilari: nafas olishning og‗irlashuvi, ko‗krak
qafasining og‗rishi.
Vi-iks - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi
eriydigan, zaharli modda hisoblanadi. Uning zichligi 1,1 qaynash harorati esa 3000
0
S, muzlash harorati 500°C. Vi-iks tarqalgan joylarda turg‗unligi: yozda
- bir haftagacha, qishda esa bir oy va undan ko‗p. Uning kuchli ta‘siri
aerozololda kuzatiladi.
Vi-iks nafas yo‗llari, teri, kiyim-kechaklar orali am ta‘sir etib, odamlarni
kuchli zaharlaydi. Vi-iksning o‗ldirish dozasi 1 daqiqa 0,01 mg, teri orali ta‘sir
yetganda 7 mg/l ni tashkil etadi.
Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan Vi-iksni oralig‗ida o‗rinni egallab,
suvda yomon eriydigan zaharli modda. Zaharliligi zarindan 5 marta kuchli, lekin Vi-
iks kuchsiz hisoblanadi.
|
| |