• 5.1. Qutqarish va kechiktirib bo„lmaydigan ishlarning maqsadi, mazmuni va bu ishlarga jalb etiluvchi kuch va vositalar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi

    Nazorat va muhokama uchun savollar 
    1. Zamonaviy qirg‗in qurollarining tasnifi. 
    2. Kimyoviy qurol ta‘rif bering. 
    3. Biologik qurol nima? 
    4. Shikastlovchi omillari nima? 
    5. Yondiruvchi qurol-aslahalarning shikastlovchi tasiri. 
    6. Yadroviy qurol-aslahalarniig shikastlovchi tasiri nimalardan iborat? 
    7. Zamonaviy qirg‗in vositalaridan muhofazalanshi tadbirlari qanday olib 
    boriladi? 
    8. Dezaktivatsiya – nima?
    9. Degazatsiyaga ta‘rif va qanday o‗tkaziladi?
    10. Dizenfeksiya chora-tadbirlari nimalardan iborat? 
     
    Adabiyotlar 
    1. Ibadullayeva X.T, Hakimova F.T. Fuqaro muhofazasi atamalar lug‗ati. 
    O‗quv qo‗llanma. – T.: TDIU, 2012. -70 b.
    2. Yormatov Yo.G‗., Yuldoshev O.R., Hamrayeva A.I. Hayot faoliyati 
    xavfsizligi. – T., 2009. -346 b. 
    3. Tinglovchilar uchun fuqaro muhofazasi masalalari bo‗yicha o‗quv 
    qo‗llanma. – T.: FVV, FMI, 2008.-105 b.
    4. Hasanov O‗. Favqulodda vaziyatlarda tibbiy xizmat. Darslik. – T., 2006. -
    211 b. 
    5. Fuqaro muhofazasiga oid me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, 1-2-tom. – T.: FVV, 
    FMI, 2007-270 b. 
    6. Istomin A.A., Hakimova F.T. Fuqaro muhofazasi. O‗UM. – T.: TDIU, 2014. 
    -334 b. 
    7. Fuqaro muhofazasi asoslari (ma‘ruzalar to‗plami). – T.: TDIU, 2010. -190 
    b. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    138 
    5-bob. FAVQULODDA VAZIYATLARDA IQTISODIYOT 
    OBYEKTLARIDA QUTQARISH VA KECHIKTIRIB BO„LMAYDIGAN 
    ISHLARNI TASHKIL ETISH VA OLIB BORISH 
     
    5.1. Qutqarish va kechiktirib bo„lmaydigan ishlarning maqsadi, mazmuni
    va bu ishlarga jalb etiluvchi kuch va vositalar 
    Insoniyat XX asrga kelib, ona sayyorada tabiiy jarayonlar nihoyatda 
    keskinlashishiga guvoh bo‗lmoqda. Bu holatni nafaqat ahyon-ahyonda sodir 
    bo‗layotgan zilzilar, balki sel, ko‗chki va boshqa turdagi tabiiy ofatlarning ko‗payib 
    borayotgani bilan izohlash mumkin. Tabiiy jarayonlarning keskinlashuvi natijasida 
    ba‘zi odamlar kutilmagan xavf-xatarlarga duch kelmoqdalar. FVlarda ularning oldini 
    olish va harakat qilish davlat tizimining yaratilish mohiyati respublikamiz 
    hududlarida sodir bo‗lishi ehtimoli bo‗lgan tabiiy va texnogen xususiyatli FVlarning 
    sodir bo‗lish ehtimoli yuqori ekanligidadir. Har qancha oldini olinishiga qaramay, 
    FVlar sodir bo‗lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma‘lum kuch va vositalar 
    zarur bo‗ladi. FVlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‗lgan FVning turi, 
    xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda FVning 
    vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e‘tibor 
    berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi.
    O‗zbekiston Respublikasi FVlar vazirligi oldiga tabiiy ofatlar va boshqa 
    falokatlardan respublika aholisini va hududlarini muhofaza qilish borasida talay 
    vazifalar qo‗yilgan. Vazirlik tizimidagi barcha kuch va vositalar ana shu 
    vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‗lganda qutqarish va kechiktirib bo‗lmaydigan 
    tadbirlarni olib borish ishlariga yo‗naltirilgan. 
    Tez harakat qilish respublika ko‗p tarmoqli (THQRKTM) O‗zbekiston 
    Respublikasi FVlar vazirligining to‗g‗ridan-to‗g‗ri bo‗ysinuvchi tarkibiy tuzilmasi 
    hisoblanadi. 
    THQRKTM 1989-yilda tashkil etilgan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi qoshidagi FVlar komissiyasiga qarashli bo‗lgan. 1996-yil mart 
    oyidan FVlar vazirligining ajralmas bo‗g‗ini hisoblanib kelmoqda. 
    1996-yilda FVlar vazirligi tashkil etilgandan so‗ng, THQRKTM tarixida yangi 
    bosqich, yangi sahifalar ochildi. O‗sha kezlarda o‗z tarkibigi atigi 40 nafar 
    qutqaruvchini olgan markaz, hozirgi kunga kelib 100 dan ortiq malakali, ko‗p toifali 
    qutqaruvchilarni, o‗nlab zamonaviy, yuqori texnika saviyasiga ega bo‗lgan maxsus 
    avtotexnikalarni va zamonaviy o‗quv moddiy bazasini jipslashtirgan. 
    THQRKTMning asosiy vazifalari respublikamizning hududlarida yuzaga 
    kelgan avariyalar, talafot, tabiiy va texnogen tusdagi FVlar oqibatlarnini bartaraf 
    etishda kechiktirib bo‗lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularda avariya-
    qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini samarali va tezkorlik bilan olib borish, kuch va 
    vositalarni doimiy jangovor holatini ta‘minlash, FVlar yuzaga kelganda yoki bunday 
    xavf mavjud bo‗lganda vazirlik, idora, maxsus xizmatlar, yong‗in xavfsizligi, tez 
    tibbiy yordam xizmatlari bilan hamkorlikda xizmat qilishdan iborat. Bundan tashqari, 
    markaz faoliyati respublika hududidagi terroristik-qo‗poruvchilik xurujlari natijasida 
    o‗ta muhim va toifalangan, kimyoviy, yong‗in va portlash xavfi mavjud bo‗lgan 
    obyektlarda hamda jamoat maskanlarida, tog‗li sharoit hududlarida FVlarni bartaraf 


    139 
    etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishdan iborat. 
    Vazirlikning kinologiya xizmati ham mavjud bo‗lib, unda tabiiy turdagi FVlar 
    (asosan zilzila) oqibatida uyumlar ostida qolib ketganlarni qidirib topish ishlarini 
    yanada jonlantirish maqsadida maxsus xizmat itlari tayyorlanmoqda. 
    Bundan tashqari, ilg‗or xalqaro tajribani hayotga joriy eta borib, 
    Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti 
    hisobidan ―Qutqaruv xizmati‖ tashkil etildi. Bunday xizmatlar Toshkent viloyatining 
    Chirchiq va Angren shaharlarida ham faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. 
    FVlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar chet mamlakatlarda sodir bo‗layotgan 
    olamshumul tabiiy ofatlarda ham jabrlanganlarga o‗zlarining malakali yordamini 
    ko‗rsatib kelmoqda. Masalan, 1999-yilning 17-avgustida Turkiyada Izmir va 
    Adapazari viloyatlarida hamda 2001-yil Hindistonning Gujarat shtatida ro‗y bergan 
    kuchli yer silkinishlarida, 2001-yilda Ukrainaning Kapatorti tumanlarida kuchli jala 
    va yomg‗ir, keskin qor erishi natijasida yuz bergan toshqinda, shuningdek Tojikiston 
    Respublikasining Qayroqqum bekatida temir yo‗l falokati tufayli sodir bo‗lgan kuchli 
    avariyada jabrlanganlarni qutqarishda ishtirok etishib, o‗zlarining mahoratlarini 
    namoyish qildilar.
    2004-yil 22-mart kunidan boshlab, FVlar vazirligi tizimidagi Toshkent shahri 
    boshqarmasida qutqaruv xizmati tashkil topib, tabiiy ofatlarda, avariyalarda va turli 
    xil ko‗rinishdagi FVlarda jabrlanganlarga malakali yordam ko‗rsatib kelmoqda. 
    Qutqarish va boshka kechiktirib bo‗lmaydigan ishlar quyidagi maqsadlarda 
    o‗tkaziladi: 
    1. Odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‗rsatish. 
    2. Yong‗inlar, falokatlarning kengayishiga yo‗l qo‗ymaslik va kommunal 
    energetika hamda texnologiya tarmoqlaridagi buzilgan joylarni bartaraf etish. 
    3. Iqtisodiyot obyektlarda bundan keyingi bo‗ladigan tiklash ishlarini o‗tkazish 
    uchun sharoitlar yaratish. 
    Qutqarish ishlarining mazmuni: 
    - tuzilmalarning harakat yo‗nalishlari va ish uchastkalarini qidirish; 
    - tadbirlarni amalga oshirish uchastkalarida va ularga o‗tish yo‗llarida 
    yong‗inning kengayishini oldini olish va uni o‗chirish; 
    - buyumlar, qulagan va yonayotgan binolarda, gaz va tutun bosgan xonalardan 
    shikastlanganlarni qidirish va olib chiqish; 
    - buzilgan, shikastlangan, ustini uyumlar bosib qolgan inshootlarni ochish va 
    ulardagi odamlarni qutqarish; 
    - shakastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish, ularni davolash 
    muassasalariga olib borish;
    - odamlarni kuchli ta‘sir etuvchi zaharli modda (KTZM) bilan zararlangan 
    xavfli joylardan, suv bosadigan zonalardan xavfsiz joylarga olib chiqish. 
    FVlar oqibatlarini bekamiko‗st bartarf etish maqsadida hamda qutqarish 
    tadbirlarini mexanizatsiyalash uchun maxsus texnika, obyektlarda mavjud bo‗lgan 
    texnika, shuningdek, yong‗inga qarshi maxsus texnikalardan keng ko‗lamda 
    foydalaniladi.
     


    140 

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish