Dezaktivatsiya ikki xil: mexanik va fizik-
kimyoviy
usulda
amalga
oshiriladi.
Obyektlarning ustki qismidagi radiaktiv changni
surish, qoqish, suv oqimi bilan yuvish,
ho‗llangan latta bilan artish Dezaktivatsiya
qilishning mexanik usuli hisoblanadi. Fizik-
kimyoviy usul kuchli yuvish xususiyatiga ega
bo‗lgan Dezaktivatsiya qiluvchi eritmalardan
132
foydalanishga asoslangan. Shunday moddalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
juda maydalangan oq yoki to‗q sariq rangdagi (sulfanal tipidagi) SF-2 yoki ChF-2U
poroshogi, u suvda yaxshi eriydi. 0,15 va 0,3 li eritmasi ishlatiladi. Quyuq yopishqoq
suyuqlik yoki och jigar rang pasta xolidagi OP-7 yoki OP-10 yuvuvchi moddalar.
Ular suvda yaxshi eriydi, 0,3% li eritmasi ishlatiladi. Har xil yuvuvchi vositalar va
boshqa sovun-soda eritmalaridan foydalanish mumkin.
Zararlangan predmetlar uchiga cho‗tka o‗rnatilgan bradsbot purkagichlar
yordamida, gidropult, avtomaks, qo‗l purkagichi, maxsus mashinalar, cho‗tka bilan
yuviladi yoki shu eritmalar shimdirilgan latta bilan artib tozalanadi. Kiyim va boshqa
yengil narsalar qoqib, cho‗tka yoki chang surgich bilan tozalab, dezaktivatsiya
qilinadi.
Metall, yog‗och, shisha, rezina predmetlar suv bilan yoki Dezaktivatsiya
qiluvchi eritmalar yordamida yuvish yo‗li bilan Dezaktivatsiya qilinadi. Asfaltlangan
ko‗chalar, hovlilar mashinada va qo‗lda supurish so‗ngra suv sepuvchi mashinada va
shlang bilan yuvib dezaktivatsiyalanadi. Tuproqli yerlarni dezaktivatsiya qilish
yerning ustki qatlamini 5 -7 sm chuqurlikda buldozer, greydyer yoki belkurak bilan
yurish, chopiq qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Qishda qor (6-10 sm) qo‗lda yoki qor tozalovchi mashinada olib tashlanadi.
Binoning tashqi qismi shlangda suv bilan yuviladi yoki supuriladi, avtomobillar suv
bilang dezaktivatsiyalovchi eritma bilan yuviladi, yog‗li joylar benzin bilan artiladi.
RM bilan zararlangan oziq-ovqat va suv, agar ulardan foydalanish ko‗zda tutilsa, juda
yaxshilab dezaktivatsiya qilinadi. Agar oziq-ovqat germetik idishda saqlangan bo‗lsa,
idish suv bilan yoki dezaktivatsiyalovchi eritma bilan dezaktivatsiya qilinadi. Ustki
qismini (zararlangan qismini) olib tashlash yoki suv bilan yuvib tashlash orqali
dezaktivatsiya qilinadi. Suvni dezaktivatsiya qilish, tindirish yoki maxsus filtrlovchi
yordamida filtrlash orqali amalga oshiriladi. Dezaktivatsiya qilingandan so‗ng
radiaktiv moddalar yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajagacha yo‗qotilganiga ishonch
hosil qilish uchun, albatta dozimetrik nazorat o‗tkaziladi.
Degazatsiya. Turg‗un ZM (V-gazlar, zamon-zarin, iprit va boshqalar) bilan
zararlangan har xil obyektlar kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanik usullarda
degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usulda degazatsiya qilinganda zararlangan obyekt
degazatsiyalovchi modalar eritmasi bilan tozalanadi, bunda u zaharlovchi modda
bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ZM ximiyaviy neytrallanadi. Degazatsiyaning
fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish,
bug‗lantirish, faollashtirish ko‗mir bilan adsorbtsiya qilish (masalan, suvni filtrlash),
zararlangan yumshoq narsalarni 2 % li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat.
Yozgi issiq kunlarda degazatsiya qilinishi kerak bo‗lgan har xil predmetlardagi
ZM shamolda ko‗tarilib ketishi va bug‗lanishi uchun ularni arqonlarga osish kerak.
Degazatsiyaning mexanik usuli tuproq, oziq-ovqat va yem-xashakning zararlangan
qismini olib tashlashdan iborat bo‗ladi.
Degazatsiyalovchi moddalar va eritmalar. 1-raqamli degazatsiyalovchi eritma
u geksaxlormelamning 5 %li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10 %li
eritmasi. Iprit va V-gazlar bilan zararlangan predmetlarni degazatsiya qilish uchun
ishlatiladi: Bu eritma odam uchun zaharli; odamning ichiga tushganida o‗lim bilan
tugaydigan zaharlanishiga olib keladi, teriga tushganida va uzoq muddat nafas
133
olinganida odamni zararlantiradi. Shuningdek, u metallarni zanglatadi.
2-raqamli degazatsiyalovchi eritma natriy ishqori (2%), monoetanolamin (5%)
va suvdagi ammiak (20 %) eritmalarining aralashmasi. Zamon-zarinni degazatsiya
qilish maqsadida va metall asboblar zanglashining oldini olish maqsadida №1
eritmadan keyin ishlatiladi. Shuningdek, 2-raqamli (ammiak-ishkorsiz) eritma ham
ishlatiladi.
DTS- GK (kalstiy gipoxlorit tuzi) xlor xidiga ega bo‗lgan oq kukun. V-gazlar
va iprit bilan zararlangan joylarni, predmetlarni degazatsiya qilish uchun suvdagi 1 -
1,5% li eritmasi yoki suspenziyasi ishlatiladi.
Xlorli oxak - yirik yog‗och va metall predmetlarni degazatsiya qilish uchun
suspenziya shaklida 1:10 (bir qism xlorli oxakka 10 kism suv) nisbatidagi eritma
holida ishlatiladi.
Xloramin-iprit va V-gazlar bilan zararlangan har xil obyektlarni degazatsiya
qilish uchun 1 %li suv-spirt eritmasi shaklida ishlatiladi.
Zararlangan obyektlarni degazatsiya qilish uchun gidropult, avtomakslar,
cho‗tka, latta va suv sepib yuvuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish kamdan-kam qo‗llanadi, chunki
yangi suv manbai (quduq, skvajina va boshqalar) qurish yengilroqdir. Quyida suvni
dezaktivatsiya qilish usullarining ba‘zilari bilan tanishamiz.
Ionlanish smolalari (kationit va anionit) orqali suvni filtrlash. Bular suvni hatto
erigan holatdagi moddalardan ham tozalaydi. Qatlami qalin va har qaysi ionit
qatlamining qalinligi 40-50 sm dan kam bo‗lmasligi kerak. Filtrlash qo‗l nasoslari
yordamida yoki mexanizatsiyalashtirish avto iltratsion stansiyalarda amalga
oshiriladi.
Suvdagi sho‗rni maxsus tozalaydigan apparatlardan (avtomashinalarda
joylashgan ko‗chma yoki statsionar) foydalanib suvni haydash. Suvni tindirish va
keyin tuzima ko‗mir filtrlar, bir qatlam qum va boshqa materiallar orqali filtrlash bu
usul unchalik foydali emas.
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilgandan keyin albatta undan namuna
olib, sanepidstansiya laboratoriyalariga ekspertiza uchun jo‗natiladi. Quduqlarni RM
va 3 m dan zararsizlantirish uchun avvalo uning atrofidagi hudud tozalanadi. Keyin
undan 5-10 m uzoqlikda suv yig‗adigan chuqurga quduq suvi oqiziladi va quduq
tagida zaharlangan tuproq olib tashlanadi. Quduqda yangidan yig‗ilgan suv va
dezaktivatsiya yoki degazatsiyalovchi eritmalar bilan quduq devorlari yaxshilab
yuviladi, suv yangidan oqiziladi, shundan keyin quduq suvini tekshirib ko‗rib,
iste‘mol qilishga ruxsat berish mumkin.
Oziq-ovqatni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish, ular saqlanadigan
idishlarning turiga bog‗liq. Agar oziq-ovqatning ozgina miqdori RM va ZM bilan
zaharlangan bo‗lsa, ularni chuqurga ko‗mib, ustidan xlorli ohak sepiladi. Ko‗p
miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari zaharlangan bo‗lsa, dezaktivatsiya qilingan
maxsus maydoncha tashkil etiladi, eng oldin u zararsizlantiriladi, keyin toza va iflos
qismlarga bo‗linadi. Shundan keyin oziq-ovqat uchga bo‗linadi: sinchiklab tozalash
yoki yo‗qotish kerak bo‗lgan yoki RMning o‗z-o‗zidan tarqalishi yoki ZMning
aynishi va bug‗lanishigacha konservatsiya qilish kerak bo‗lgan aniq va kuchli
zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlari, qoplarning tashqi qatlami, yashiklar,
134
sabzavotlar.
Agar oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda (konserva bankalari,
refrijitorlarda) saqlangan bo‗lsa, idishlarni o‗ziga xos eritma bilan dezaktivatsiya va
degazatsiya qilish kifoya.
Oziq-ovqat mahsulotlari dezaktivatsiya qilingandan keyin ham sanepidstansiya
laboratoriyalarida ekspertizadan o‗tkaziladi. Zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlarini
dezaktivatsiya va degazatsiya qilishning ba‘zi bir usullari quyidagi jadvalda
ko‗rsatilgan.
Qattiq yog‗lar va saryog‗
Zaharlangan qatlamni
1-2 sm chuqurlikda kesib
tashlash
Zaharlangan qatlamini 10-15 sm
chuqurlikda kesib tashlash va termik
ishlov berish
Suyuq o‗simlik yog‗lari
Butunlay yo‗qotish yoki
observatsiyalash
Termik ishlov berish, kuchli
zaharlanganda texnikada ishlatish
Non
Zaharlangan qatlamini kesib
tashlash
Zaharlangan qatlamini kesib tashlash,
quritish
Tirik mollar
Mollarni suv yoki SF 2
eritmasi bilan dezaktiva
qilish. Ichki organlarini
yo‗qotib, go‗shti
zaharlanmaganligini
tekshirish
Teri degazatsiyalov chi eritmalar bilan
ishlov berish. Mol so‗yilgandan keyin
ichki organlarini yo‗qotib tashlash
Dizenfeksiya mikroblarni zararsizlantirish, epidemik jarayonlarning ikkinchi
zvenosiga ta‘sir etishga qaratilagi. Bu tadbir tufayli mikrobning tashqi muhitda
tashqari yo‗llariga chek qo‗yiladi. Yuqumli kasalliklar tarqalishida rol o‗ynaydigan
bo‗g‗imoyoqlilar - pashsha, chivin, burga, kana va boshqalarni kirish tadbirlari
dizenfeksiya deyiladi. Ayrim yuqumli kasalliklarda kemiruvchilar sichqon, kalamush,
yumronqoziq va boshqalar infeksiya manbai hisoblanadi. Ularni qirish deratizatsiya
deyiladi.
Dizenfeksiyaning fizik va kimyoviy usullari bor: fizik usullar dizenfeksiyaning
oddiy va keng qo‗llaniladigan usullaridan hisoblanadi. Tabiiy sharoitda quyosh nuri,
ayniqsa, uning ultrabinafsha nurlari bilan dizenfeksiyalanadi. Axlat, chiqindi va
boshqalarni yoqib yuborish ham dizenfeksiyaning fizik usullaridan hisoblanadi.
Shuningdek, ichki kiyim-kechak, ko‗rpa-to‗shagi va laboratoriya asboblarini
dizenfeksiyalashda issiq havo kameralaridan ham foydalaniladi.
Qaynatish ham dizenfeksiyaning ishonchli va oddiy usullaridan biri
hisoblanadi. Ko‗pgina mikroblar 100°C da nobud bo‗ladi. Spora hosil qiladigan
mikroblar ana shu haroratda 10-15 daqiqada nobud bo‗ladi. Qaynagan suvga ishqoriy
tuzlar va sovun qo‗shilsa, uning dizenfeksiyalovchi ta‘siri kuchayadi.
|